Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ ОБЪЕДИНЕНИЙ КЛАСТЕРА ПО ИНТЕГРАЦИИ СЛЕПЫХ ДЕТЕЙ В ОБЩЕСТВЕННУЮ ЖИЗНЬ
KLASTER SUBYEKTLARINING HAMKORLIGI · Xusnuddinova Zulayho Xamidullayevna
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada ko‘zi ojiz bolalarni ijtimoiy hayotga integratsiyalashda klister subyektlarining hamkorligi yoritilgan. Muallif ijtimoiy tashkilotlar, xususan, mahalla, oila, tibbiyot birlashmalari, xayriya jamg‘armalari va ta’lim muassasalarining o‘zaro hamkorligini tahlil qilgan. Har bir subyektning alohida vazifalari ko‘rsatilgan holda, ularning ko‘zi ojiz bolalar uchun moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratishdagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, tiflotexnik vositalar, metodik yordam, psixologik qo‘llab-quvvatlash hamda malaka oshirish kurslarining tashkil etilishi orqali inklyuziv ta’lim samaradorligi oshirilishi ta’kidlangan. Maqolada ijtimoiy tashkilotlarning birgalikdagi harakati natijasida ko‘zi ojiz bolalarning jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyalashiga erishilishi mumkinligi asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: Ko‘zi ojiz bolalar, Inklyuziv ta’lim ijtimoiy tashkilotlar, integratsiya, tiflotexnika, psixologik yordam, oila, mahalla, ta’lim muassasalari, pedagogik yondashuv, Brayl alifbosi. Inklyuziv ta’lim – barcha bolalar, jumladan alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun teng sharoitlar yaratishga qaratilgan ta’lim tizimi hisoblanadi. Bu ta’lim tizimning ajralmas qismi ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni sog‘lom ko‘ruvchi tengdoshlariga qo‘shish. Shu bilan birga umumta’lim muassasalarida ularga qulay va mos sharoitlarni yaratishdir. Bu yo‘nalishda jamoat tashkilotlarining roli muhim. Ular nafaqat bolalarga, balki ularning ota-onalariga, o‘qituvchilariga va ta’lim muassasalariga ham uslubiy, moddiy va psixologik yordam ko‘rsatishadi[3]. Inklyuziv ta’lim bugungi kunda tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan ta’lim tizimlaridan biridir. Ushbu tizimni o‘qituvchilarga, ota-onalarga va keng jamoatchilikka tanishtirish hozirgi kunda bizning muhim vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Bu jarayonni samarali amalga oshirish uchun ijtimoiy tashkilotlarning hamkorligini yaratish zarur. ijtimoiy tashkilotlarning hamkorligida har bir subyektnig roli va bajarishi kerak bo‘lgan vazifalarni aniq bilib olish talab etiladi. Quyida ko‘zi ojiz bolalarni inklyuziv ta’limga integratsiyalashda ijtimoiy tashkilotlarning hamkorligi tuzilmasini taqdim etamiz. - Ta’lim tashkilotlari - Mahalla va oila - Hayriya jamg‘armasi - Respublika tashxis markazi - Tibbiyot birlashmasi Mahalla jamiyati – aholi ijtimoiy hayotining shakllanish markazi bo‘lib, aynan shu muhitda ko‘zi ojiz bolalar aniqlanib, ularning ta’limga bo‘lgan ehtiyojlari chuqur o‘rganiladi. Shu asosda, bunday bolalarni erta aniqlash va oilalariga dastlabki yordam ko‘rsatish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki mahalla darajasida inklyuziv ta’lim bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, ijtimoiy yordam, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash choralari amalga oshiriladi. Shuningdek, mahalladagi faollar va ijtimoiy ishchilar orqali psixologik yordam tashkil etilib, bolalarning jamiyatga integratsiyasi mustahkamlanadi. Oila har bir bolaning ilk ta’lim muhitini shakllantiruvchi poydevor sifatida ahamiyatga ega bo‘lib, ko‘zi ojiz bolalar uchun ota-onaning qo‘llab-quvvatlashi bebaho hisoblanadi. Shu bois, ta’limga tayyorlash jarayonida maxsus pedagogik yondashuvlarni qo‘llash, ota-onalarni 556 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil pedagogik va psixologik jihatdan doimiy qo‘llab-quvvatlash zarurati paydo bo‘ladi, bu esa uy sharoitida moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish orqali bolaning o‘zlashtirish darajasini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi. Tibbiyot birlashmalari esa ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning salomatligini muntazam nazorat qilib, oilalarga kerakli yordam ko‘rsatadi. Har bir ta’lim muassasasida ko‘zi ojiz bolalar yiliga ikki marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, shuningdek, nogironlikning oldini olishga qaratilgan ma’ruzalar va suhbatlar orqali erta turmush qurish va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish tizimining samarali ishlashini ta’kidlaydi. Umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, inklyuziv ta’lim laboratoriyasi tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlar ishlab chiqilib, o‘qituvchilarga yo‘riqnoma va tavsiyalar yetkaziladi. Shu bilan birga, inklyuziv ta’limga oid huquqiy hujjatlar mazmuni tushuntirilib, maxsus o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilishi jarayonida ta’lim tizimining sifatini oshirish ko‘zda tutiladi [6]. Respublika tashxis markazi tomonidan inklyuziv va boshlang‘ich tayanch korreksion sinf o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilib, oliy ta’lim muassasalari ham ushbu jarayonga jalb etilib, bo‘lajak o‘qituvchilarga eng so‘nggi yondashuvlar o‘rgatiladi. Natijada, ular zamon bilan hamnafas holda ta’lim jarayoniga faol hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladi [2]. Xayriya jamg‘armalari va ijtimoiy tashkilotlarning faol ishtiroki inklyuziv ta’lim rivojiga katta turtki berib,
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada ko‘zi ojiz bolalarni ijtimoiy hayotga integratsiyalashda klister subyektlarining hamkorligi yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada ko‘zi ojiz bolalarni ijtimoiy hayotga integratsiyalashda klister subyektlarining hamkorligi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ko‘zi ojiz bolalar, Inklyuziv ta’lim ijtimoiy tashkilotlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024