К содержанию
РецензированоRU2025

МЕСТО ТИФЛОПЕДАГОГИКИ В ИНКЛЮЗИВНОМ ОБРАЗОВАНИИ И ЗНАЧЕНИЕ

Shoxsanam Azizova (Кокандский государственный педагогический институт)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Biz ushbu maqolada zaif ko‘ruvchi va ko‘ruvchi va ko‘zi ojiz bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish usullari va qoidalarini o‘rganamiz. Kalit so‘zlar: zaif ko‘ruvchi, ko‘zi ojiz, inklyuziv ta’lim, defektologiya, tiflopedagogika, maktab, ta’lim, o‘quvchilar. “Tiflos” so‘zi grekcha tildan olingan bo‘lib “ko‘r” yoki “ko‘zi ojiz” degan ma’noni anglatadi. Ko‘zi ojizlar uchun dastlabki maktablar dastlab Fransiyada so‘ngra Germaniya, Avstriya, Angliya, Amerika kabi davlatlarda faoliyat boshlagan. Rossiyada ko‘zi ojizlar uchun moslashtirilgan maktab Peterburg shahrida 1807 yili tashkil qilingan bo‘sa, O‘zbekistonda esa 1922 yili Toshkent shahrida tashkil etildi. Bundan ham ko‘rinib turibdiki bu soha bizda oldindan bor edi. Sohani shakllantirish va unga qonuniy tus berish esa 2020 yil amalga oshirildi. Hozirda ham bu sohada samarali ishlar olib borilmoqda. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar hayotini yaxshilash va uzluksiz ta’lim olishlarini ta’minlash uchun juda ko‘p olimlar izlanishlar olib boorish yapti. Bu sohani rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda.Yurtimizdagi shunday olimlardan biri O‘zbekiston Respublikasida, O‘rta Osiyoda yagona Nizomiy nomidagi TDPU Defektalogiya fakultetida faoliyat yuritayotgan professor tarbiyachilar, shuningdek G. Bendi, K. Mamedov, R. Oxunov, o‘qituvchi N. A. Grigoryanslar tiflopedagogika sohasida salmoqli izlanishlar olib bormoqdalar. Chet davlatlarda ham bu sohada ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar juda ko‘p. Ulardan biri Rossiyalik olim L.S.Pontregin. U matematikaning yangi sohasi topologic algebraga asos soldi. Rus olimlari orasida tiflapedagogika sohasida ish olib borgan olimlar A. V. Birilevva B. I.Kovalenko. Birgina B. I. Kovalenkoning o‘zi ko‘zi ojiz bolalar uchun uzluksiz ta’limni tashkil qilish rejalarini ishlab chiqdi. Bir qancha darslarga metodik qo‘llanmalar tayyorladi. Uning metodik qo‘llanmalari minglab ko‘zi ojiz bolalarning tarbiyachilari uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda. Mamlakatimizda ham bu sohada ishlar juda ko‘p olib borilmoqda. Inklyiziv ta‘limga ham jalb qilish yo‘lga qo‘yildi. Ko‘rishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilarni har tomonlama o‘rganish, ko‘rish qobiliyati va ikkilamchi buzilishlar bilan kuchayadigan individual rivojlanish xususiyatlarini aniqlash, shuningdek bolaning rivojlanishi, o‘qishi va ijtimoiylashuvidagi boshqa muammolarni ham o‘z ishiga oladi. Tiflopedagog ishining diagnostik yo‘nalishini sentabr oyining dastlabki ikki haftasida ( 1 sentabrdan 15- sentabrgacha) va o‘quv yilining so‘nggi ikki haftasida(15-maydan 31 maygacha) amalga oshiriladi. Uning natijalari maktab yig‘ilishida muhokama qilinadi. Tuzatish pedagogik ish jarayonidagi ishlarni individual yo‘naltirilgan dasturini tuzatishga va bola rivojlanishining doimiy muammolariga e‘tiborni qaratishga imkon beradigan oraliq imtihon taqdim etiladi. Yakuniy tashxis- bu ikkilamchi rivojlanish buzilishlarining barcha ko‘rinishlarini o‘rganishni qamrab oladigan shuningdek universal ta‘lim harakatlarining barcha turlari shakllantirishni ochib beradigan chuqur kompleks tekshiruvni talab qiladi. Shundan ham bilsek bo‘ladiki biz ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga har tomonlama e‘tibor berishimiz kerak. Bu orqali biz ularni jamiyat hayotiga tayyorlaymiz. Muloqot ko‘nikmalarini shakllantiramiz. Bolalar tengqurlari bilan muloqot jarayonida ham o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi. Kelajakda katta hayotga tayyorlov jarayoni ham aynan maktab katta ro‘l o‘ynaydi. Inklyuziv ta‘limda tiflapedagogika juda kerak. Ko‘zida nuqsoni bor bolalar jamiyatga qiyin moslashadi, muloqot shakli ham oson kechmaydi. Bu kabi muammolarni bartaraf etish uchun ham inklyuziv ta‘lim kerak. Chunki bu ta‘lim tizimi bolalarni maxsus maktablardan olib oddiy 559 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil maktablarga beradi. Oddiy maktabda bu turdagi bolalar eng avvalo uyidan qatnedi. Ota-onasi bag‘rida bo‘ladi ularning mehridan doim bahramand bo‘ladi. Ko‘cha hayotini ko‘radi atrof muhit bilan tanishadi. Oddiy maktab ular uchun har tomonlama yaxshi natijalar beradi. Shuning uchun ham inklyuziv ta‘lim har joyda hamma maktabda joriy qilinishi kerak. Uning samarasi ham yaxshi bo‘ladi. Tiflapedagogika sohasi ham rivojlanib bormoqda bu sohada ham ko‘p ishlar qilinmoqda. Har bir qilingan ish o‘z samarasini beradi. Shuning uchun ham bu turdagi ta‘limni qo‘llab quvvatlashimiz zarur. Bugungi kunda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun maktabgacha ta‘lim tizimi shakllantirilmadi. Kelgusida shu yo‘nalish ochilishini va unda bolalar ta‘lim olishini kutib qolamiz. Tiflopedagogokaning eng muhim vazifasi bolalarda saklanib qolgan koʻrish imkoniyatlaridan oʻqish jarayonida toʻgʻri foydalanish va uni rivojlantirish, koʻrish imkoniyatlarini saqlash uchun sharoit vujudga keltirish, taʼlimning texnika vositalarini qoʻllashdan iborat. Tiflopedagogikaning umumiy va maxsus pedagogika., psixologiya, fiziologik optika, oftalmologiya, pediatriya, mak

Доказательный фрагмент

«Biz ushbu maqolada zaif ko‘ruvchi va ko‘ruvchi va ko‘zi ojiz bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish usullari va qoidalarini o‘rganamiz.»

Образец извлечения

Демо-превью

Biz ushbu maqolada zaif ko‘ruvchi va ko‘ruvchi va ko‘zi ojiz bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish usullari va qoidalarini o‘rganamiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ko‘zi ojiz, zaif ko‘ruvchi, inklyuziv, inclusive, слабовидящий, visually impaired, инклюзивный, blind, слепой
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники