К содержанию
РецензированоRU2025

АКТИВНОСТЬ СТУДЕНТОВ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ МЕТОДА КЛАСТЕРОВ В КОНКУРЕНТНОМ ФОРМИРОВАНИИ

Matupayeva Shohsanam Zaripboyovna

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada tarbiyaviy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning faolligini rag‘batlantirish orqali shakllantirishda klaster usulidan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. Klaster usuli o‘quvchilar fikrini faollashtirish, mustaqil fikrlashga undash, ijtimoiy-psixologik faollikni kuchaytirishda muhim vosita sifatida talqin etiladi. Shuningdek, tarbiyaviy mashg‘ulotlar jarayonida rag‘batlantirish vositalarini to‘g‘ri qo‘llash orqali o‘quvchilarda ijobiy motivatsiya hosil qilish, ularni faol ishtirok etishga undashning samarali yondashuvlari tahlil etilgan. Maqolada klaster usulini qo‘llashning amaliy natijalari va tavsiyalari ham keltirilgan. Kalit so‘zlar: tarbiyaviy mashg‘ulot, rag‘batlantirish, o‘quvchi faolligi, klaster usuli, motivatsiya, pedagogik metodlar. Tarbiyaviy jarayon ta’lim-tarbiya tizimining ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. Ayniqsa, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy kamolotini ta’minlashda samarali usul va vositalardan foydalanish muhim hisoblanadi. Shular jumlasidan biri — o‘quvchilarni faol ishtirok etishga undaydigan rag‘batlantirish usullari va klaster usulidir. Bu yondashuv bolalarning mustaqil fikrlashini, o‘z fikrini bildirishga bo‘lgan qiziqishini va ishtiyoqini kuchaytiradi. Tarbiyaviy jarayon ta’lim-tarbiya tizimining ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. Ayniqsa, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy kamolotini ta’minlashda samarali usul va vositalardan foydalanish muhimdir. Bugungi kunda pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan tarbiyaviy mashg‘ulotlar o‘quvchilar shaxsini har tomonlama rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Tarbiyaviy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning ijtimoiylashuvi, shaxsiy mas’uliyat hissining shakllanishi, ijobiy qarashlar va hayotiy pozitsiyalarning qaror topishida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu jarayonni samarali tashkil qilishda zamonaviy yondashuvlar, xususan, rag‘batlantirish usullari va interfaol metodlardan oqilona foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, o‘quvchining darsdagi faolligini oshirish, uni jarayonga jalb etish, o‘z fikrini bemalol ifodalashi uchun rag‘bat muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Klaster usuli esa ana shunday samarali metodlardan biridir. Ushbu usul nafaqat o‘quvchilarning tafakkurini faollashtiradi, balki ularni guruhda ishlashga, fikrlashni tarmoqlashga va yangi g‘oyalarni ilgari surishga ham undaydi. Shu boisdan, ushbu maqolada aynan tarbiyaviy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning faolligini rag‘bat orqali oshirishda klaster usulining roli, ahamiyati va amaliy tatbiqi tahlil etiladi. Rag‘batlantirish — bu o‘quvchi shaxsini rivojlantirishda, uning ichki motivatsiyasini kuchaytirishda muhim vositadir. Rag‘bat orqali berilgan har qanday baho, maqtov, esdalik sovg‘asi yoki ijtimoiy e’tirof bola ongida ijobiy ruhda iz qoldiradi va uning kelgusi faoliyatiga turtki bo‘ladi. Klaster usuli esa zamonaviy pedagogik texnologiyalar sirasiga kiradi. Bu usul orqali o‘quvchilar muayyan mavzuga oid fikrlarini klaster (ya’ni guldasta yoki to‘plam) shaklida bayon qiladilar. Ushbu usul: -o‘quvchilarda erkin fikrlashni shakllantiradi, -o‘z fikrini aniq va lo‘nda ifoda etishga o‘rgatadi, -guruhlarda ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi, 562 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil -faollik va ijodkorlikni oshiradi. Misol tariqasida, “Vatanga sadoqat” mavzusida o‘tkazilgan tarbiyaviy mashg‘ulotda o‘quvchilardan klaster tuzish so‘raladi. Ular asosiy tushuncha (Vatanga sadoqat) atrofida o‘z fikr va assotsiatsiyalarini bayon etadilar: “fidoyilik”, “ona zamin”, “xalq xizmatida bo‘lish”, “halollik”, “jasorat”, “ajdodlarga sadoqat” va boshqalar. Har bir fikr uchun ijobiy baho, qarsak, stiker yoki rag‘batlantiruvchi ifodalar yordamida rag‘bat beriladi. Tarbiyaviy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning faolligini oshirish nafaqat ularning shaxsiy rivoji, balki jamiyatga moslashuvchan, ongli fuqaroni tarbiyalashda ham muhim omildir. Bunday mashg‘ulotlarda rag‘batlantirish elementlarining joriy etilishi o‘quvchilarda darsga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi, ishtirok motivini shakllantiradi va ijobiy raqobat muhitini yaratadi. Pedagogik nuqtayi nazardan qaralganda, rag‘batlantirish – bu shaxsda ijobiy motivatsiyani shakllantirish, o‘zini namoyon etish, o‘z fikrini erkin ifoda etish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash vositasidir. Shunday ekan, rag‘bat faqatgina natijaga emas, balki harakatga, jarayonga nisbatan ham qo‘llanilishi lozim. Tarbiyaviy mashg‘ulotlarda o‘quvchilar tomonidan bildirilgan har qanday ijobiy fikr, tashabbus, hamkorlik rag‘batga loyiqdir. Shu o‘rinda, zamonaviy o‘qituvchidan interfaol, shaxsga yo‘naltirilgan metodlardan oqilona foydalanish talab qilinadi. Klaster usuli ana shunday metodlardan biri bo‘lib, u o‘quvchilarning faol fikrlashini rag‘batlantirishda, darsning interaktivligini oshirishda va o‘zaro muloqotni kuchaytirishda samarali vositadir. Bu usul vizual vositalarga asoslanib, mavzuga oid tushunchalarni tarmoqlab, ularni ma’lum tartibda umumlashtirishga yordam beradi.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tarbiyaviy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning faolligini rag‘batlantirish orqali shakllantirishda klaster usulidan foydalanishning samaradorligi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tarbiyaviy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning faolligini rag‘batlantirish orqali shakllantirishda klaster usulidan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
student activity, motivation, educational activity, rag‘batlantirish, tarbiyaviy mashg‘ulot, активность студентов, мотивация, o‘quvchi faolligi, образовательная деятельность
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники