Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
УСТРАНЕНИЕ ДЕФЕКТОВ ЗВУКОПРОИЗНОШЕНИЯ ПРИ РИНОЛАЛИИ СПОСОБЫ ИЗГОТОВЛЕНИЯ
ETISH USULLARI · Mamatisayeva Surayyo (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
; Ushbu maqola rinolalik bolalar va ularni davolash usullari, kasallik turlari, burun boshlig’ini davolash, maxsus nutq mashqlari, shuningdek rinolaliya bilan bo’g’liq bo’lgan psixologik va sotsiologik jihatlar, ya’ni odamlarning o’ziga bo’lgan ishonchi va jamoatdagi ijtimoiy moslashuvini ham o’rganishiga imkon beradi. Kalit so’zlar: rinolaliya, nutq mashqlari, psixologik, sotsiologik omillar, nutqiy rivojlanish, nafas mashqlari, tasnif Rinolaliya (grekcha so'zdan olingan bo‘lib, rhinos - burun, lalia — nutq) nutq apparatining anatomik va fiziologik kamchiliklari sababli ovoz tembri va tovushlar talaffuzidagi buzilishdir. Lab va tanglay yoriqlari bilan izohlanadigan rinolaliya tibbiyot va logopediyaning turli tarmoqlari uchun xirurg-stomatologlar, ortodontlar, psixonevrologlar, logopedlar uchun muammo, ahamiyatga molik o‘rganish obyekti, predmeti hisoblangan. Rinolaliya bo'yicha dastlabki ilmiy ishlar shifokorlar tomonidan yozilgandir. Ularning harakatlari tanglay bo'rtmasini to‘liq tiklashga qaratilgan edi, qayta hosil qilingan tanglay pardasi yetarli darajada uzun va harakatchan bo'lishi va halqumning orqa devori uchun birika olishi lozim. Bu samaraga erishish nutqdagi manqalikni yo‘qotishga imkoniyat yaratadi yoki uni bartaraf qiladi N.I. Pirogov (1844), N.V. Voronsovskiy (1875), P. Subbotin (1895), M . I. Paykin (1996) o‘zlarining ishlarida operativ tadbirlar ta’sirida tanglay razmeri qay darajada o'zgarishi, tanglay razmerlarining qaysi ko‘rsatkichlari manqalanishdagi logoterapiyaga yaxshi ta’sir ko‘rsatishi kabi masalalarni muhokama qilganlar. A. A. Limbergning ko'rsatishicha, xirurg mavjud yorug‘likli deformatsiyani davolash va bartaraf etishdagi ishda o‘zining zimmasiga tushadigan vazifani aniq tasavvur qilish kerak bo‘ladi. Xirurgik davolashning vazifasi - mumkin qadar zararlangan organlarni, ular faoliyatini buzmasdan, shakl va kattaligini to’liq qayta tiklashdir. Rinolaliya hosil bo’lishiga ko'ra dislaliyadan farq qiladi, ya’ni rinolaliyada tovushlarni burun-dimog‘ bilan talaffuz qilish hollari kuzatiladi. Rinolaliyada tovushlar artikulatsiyasi, fonatsiya, tovush hosil bo‘lish mexanizmlari jiddiy ravishda normadan chetga chiqadi. Normal fonatsiya bo‘lganda kishida burun tovushlaridan tashqari nutqdagi hamma tovushlarni talaffuz qilish vaqtida burun-halqum va burun bo‘shlig‘ining bo‘g‘iz va og‘iz bo‘shlig‘idan ajralish ro‘y beradi. Nutq jarayonida yumshoq tanglay uzluksiz ravishda turli balandlikka ko‘tariladi va tushadi, bu holat tovushlar talaffuziga bog‘liqdir. Unli tovushlar talaffuzida tanglay-halqum undosh tovushlar talaffuziga nisbatan kamroq birlashadi. Tanglay-halqumning eng kuchsiz birlashishi "v" undosh tovush talaffuzida; eng kuchli birlashish "s” undosh tovush talaffuzida kuzatiladi. M, N burun tovushlarining normal talaffuzida havo oqimi burun bo‘shlig‘ida erkin harakatda bo‘ladi. Tanglay-halqum birlashish funksiyasining buzilish xarakteriga ko‘ra rilolaliya uch shaklga ajratiladi Yopiq rinolaliya. Yopiq rinolaliya nutq tovushlarini talaffuz qilish vaqtida fiziologik burun rezonansining pasayishi natijasida yuzaga keladi. M, N burun tovushlari talaffuzida eng kuchli rezonans bo‘ladi. Bu tovushlarning normal talaffuzida burun-halqum yo‘li ochiq bo‘ladi va havo oqimi to‘g‘ri burun bo‘shlig‘iga o‘tadi. Agar burun tovushlar talaffuzida burun rezonansi bo’lmasa, unda burun tovushlari b, d tovushlariga o'xshab talaffuz etiladi. Rinolaliyaning yopiq shaklining kelib chiqish sababi — burun bo‘shlig‘idagi organik o‘zgarishlar yoki tanglay-halqum birlashishining funksional buzilishidir. M. Zeeman yopiq 564 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil rinolaliyaning (rinofoniya) ikki turini ajratadi: oldingi yopiq rinolaliya — bunda burun bo‘shlig‘ida o‘tkazuvchanlik funksiyasi bo'lmaydi va orqa yopiq rinolaliya — bunda burun- halqum bo‘shlig‘ida o‘tkazuvchanlik kamayadi. Ochiq rinolaliya. Rinolaliyaning ochiq formasiga og’iz bo'shlig'ida hosil bo’luvchi tovushlar dimog’da talaffuz etiladi va unli tovushlarida tembr sezilarli darajada o'zgaradi, bu unli tovushlar artikulatsiyasida og'iz bo’shlig'iga hamma tovushlar artikulatsiyasiga ko‘ra toraygan bo’ladi. A unli tovushlar talaffuzida yuqoridagi holat kamroq uchraydi, chunki bu tovush talafíuzida og'iz bo‘shlig‘iga kengroq ochiladi. Undosh tovushlar talafíuzida tembr buzilishlari kuzatiladi. Shovqinli va qorishiq tovushlar talaffuzida xirillagan tovush qo'shilib keladi. Portlovchi p, b, i, k va g tovushlari noaniq talaffuz qilinadi, chunki og‘iz bo‘shlig‘ida yetarli darajada havo bosimi hosil bo‘lmaydi, natijada burun bo‘shlig’i to'liq bekilmaydi. Ochiq rinolaliyani aniqlash uchun funksional tekshirish usullari mavjud. Eng oddiy tekshiríshlardan biri Gutsman usulidir. Rinolaliya va rinofaniyada turli xil ovoz buzilishlari kuzatiladi. Butu n bir nutqni jarangdorligini, ohangini buzuvchi, ovoz tembridagi o‘zgarish!ar yetakchi hisoblanadi, bu hol burun va og‘i
Доказательный фрагмент
«; Ushbu maqola rinolalik bolalar va ularni davolash usullari, kasallik turlari, burun boshlig’ini davolash, maxsus nutq mashqlari, shuningdek rinolaliya bilan bo’g’liq bo’lgan psixologik va sotsiologik jihatlar, ya’ni…»
Образец извлечения
Демо-превью; Ushbu maqola rinolalik bolalar va ularni davolash usullari, kasallik turlari, burun boshlig’ini davolash, maxsus nutq mashqlari, shuningdek rinolaliya bilan bo’g’liq bo’lgan psixologik va sotsiologik jihatlar, ya’ni… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- speech exercises, nutq mashqlari, психологические, rhinolalia, psixologik, речевые упражнения, rinolaliya, ринолалия, psychological
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025