К содержанию
РецензированоRU2025

ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КОМПЕТЕНТНОСТЬ БУДУЩИХ ПЕДАГОГОВ СООБРАЖЕНИЯ С ТОЧКИ ЗРЕНИЯ ФОРМИРОВАНИЯ

SHAKLLANTIRISH YUZASIDAN MULOHAZALAR · Valijon Qodirov (Andijon davlat instituti,)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Maqolada maktabgacha ta’lim bo‘g‘inida faoliyat olib boradigan tarbiyachilarning kasbiy kompetentligiga xos bo‘lgan asosiy belgilar, kasbiy kompetensiyaning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari to‘g‘risida fikr yuritilgan. Shuningdek, MTT tarbiyachilari o‘zlarida mujassamlashtirishlari nazarda tutilgan kompetensiyalar mazmuni bayon qilingan. Kalit so‘zlar: kasbiy kompetentlik, MTT tarbiyachilari, talablar, pedagogik imkoniyatlar, innovatsion g‘oyalar, kasbiy mahorat. Kompetentlik mehnat bozorida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishni istagan mutaxassis uchun raqobatbardoshlik asosi sanaladi. Ayni paytda maorif sohasi, jumladan, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlaridan kasbiy kompetentlik ma’naviy mukammallik bilan uyg‘unlashgan holda bo‘lishi talab qilinadi [1]. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan shug‘ullanuvchi tarbiyachining kasbiy kompetentligi ijodiy intellektining ortib borishi, o‘z sohasidagi innovatsiyalarni o‘zlashtirishga moyilligi, o‘zgaruvchan pedagogik vaziyatlarga moslashuvchanligi bilan ham belgilanadi. Tarbiyachining kasbiy kompetentlilik darajasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi [2:23]. Maktabgacha ta’lim bo‘g‘inida faoliyat olib boradigan tarbiyachilarning kasbiy kompetentligiga xos bo‘lgan asosiy belgilarni boshqa soha mutaxassislariga qo‘yiladigan talablarga tayanilgan holda quyidagicha sanab ko‘rsatish mumkin: 1. Har xil yoshdagi (yosh toifasi turlicha) bolalar bilan ularning yoshi va intellektual imkoniyatlariga tayanib ishlay olish. 2. O‘z sohasi bo‘yicha tarbiyalanuvchilarning yosh psixologiyasi, pedagogik imkoniyatlarini anglagan holda tadqiqot ishlarini olib borish. 3. Amaliy faoliyatida innovatsion g‘oyalardan foydalanish, yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish. 4. Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik qo‘llab-quvvatlashning har xil shakllaridan foydalana bilish. 5. Tarbiyachilar faoliyati bilan bog‘liq tashkil etilgan har xil tanlov, festival va musobaqalarda ishtirok etish. 6. Har qanday pedagogik shart-sharoitlarda o‘zining pedagogik mahoratini namoyish eta bilish. 7. Mamlakat davriy matbuotida hamkasblari bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashish va boshqalar [3:135]. Bu sifatlarning hech biri tarbiyachida o‘z-o‘zidan shakllanib qolmaydi. Buning uchun u kasbiy mahoratini oshirishga ehtiyoj sezishi, bunga intilishi lozim. MTT tarbiyachisi kasbiy kompetensiyasining shakllanishi va rivojlanishi bosqichlarini quyidagicha ajratib ko‘rsatish mumkin: ·kasbiy mahoratini oshirishning tarbiyachi tomonidan tahlil qilinishi va anglanishi; ·o‘z-o‘zini rivojlantirish (maqsad, vazifa va hal etish yo‘llarini)ning rejalashtirilishi; ·o‘z-o‘zini namoyish qila bilish, faoliyatini tahlil va tahrir qila olishi. MTT tarbiyachisining kasbiy kompetentligining shakllanishi va rivojlanishi uzoq hamda uzluksiz tarzda amalga oshadigan jarayondir. Ya’ni tarbiyachi pedagogik faoliyatda tinimsiz ravishda o‘z ustida ishlashi, soha yangiliklaridan xabardor bo‘lishi, mashg‘ulotdan mashg‘ulotga o‘zida yangi sifatlarni shakllantira borishi lozim. 568 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil MTT tarbiyachisining kasbiy kompetentligi mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishinigina emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini ham nazarda tutadi. Shuningdek, kasbiy kompetensiya muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni ham taqozo etadi. O‘z kasbiy kompetentligiga intilgan MTT tarbiyachisi: ·bilimlarini izchil ravishda boyitib boradi; ·sohasi bo‘yicha yangi axborotlarni o‘zlashtiradi; ·davr talablarini chuqur anglaydi; ·yangi bilimlarni qayta ishlaydi va amaliy faoliyatida samarali qo‘llaydi; ·murakkab jarayonlarda, noaniq vaziyatlarda bir-biriga zid ma’lumotlardan oqilona foydalanadi; ·kutilmagan vaziyatlarda ham harakat rejasiga ega bo‘la oladi. N. Muslimov va boshqalar tomonidan ta’kidlangan kompetentlikka ijodiy yondashgan holda MTT tarbiyachilari o‘zlarida mujassamlashtirishlari nazarda tutilgan kompetensiyani quyidagicha aks ettirish mumkin: ·Psixologik kompetentlik – pedagogik amaliyotida sog‘lom muhit yarata olish, tarbiyalanuvchilar bilan ijobiy muloqotni yo‘lga qo‘ya bilish, turli ziddiyatli holatlarni vaqtida payqash va ularni bartaraf eta bilish; ·Metodik kompetentlik – maktabgacha ta’lim jarayonini metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish, ta’limiy yoki tarbiyaviy faoliyat uchun zarur metod va vositalarni maqsadga muvofiq tarzda tanlay olish; ·Informatsion kompetentlik – minglab axborotlar oqimi orasidan sohasi uchun zarur, muhim va samarali ma’lumotlarni topib saralab olish, ularni qayta ishlab, ta’lim amaliyotida oqilona foydalana bilish; ·Kreativ kompetentlik – o‘z tarbiyachilik amaliyotiga tanqidiy va ijodiy yondosha bilish, ish faoliyatida ijodkorlik malakalariga egaligini

Доказательный фрагмент

«Maqolada maktabgacha ta’lim bo‘g‘inida faoliyat olib boradigan tarbiyachilarning kasbiy kompetentligiga xos bo‘lgan asosiy belgilar, kasbiy kompetensiyaning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari to‘g‘risida fikr yu…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada maktabgacha ta’lim bo‘g‘inida faoliyat olib boradigan tarbiyachilarning kasbiy kompetentligiga xos bo‘lgan asosiy belgilar, kasbiy kompetensiyaning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari to‘g‘risida fikr yu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
MTT educators, kasbiy kompetentlik, professional competence, MTT tarbiyachilari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники