К содержанию
РецензированоRU2025

ЗНАЧЕНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ КЛАСТЕРОВ В ПОДГОТОВКЕ КОНКУРЕНТОСПОСОБНЫХ КАДРОВ

KLASTERLARNING AHAMIYATI · Komilova Fotima Maxmudovna

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda pedagogik klasterlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Pedagogik klasterlar ta'lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasida uzviy hamkorlikni ta’minlab, zamonaviy talabga javob beradigan malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada klaster tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ham bayon etiladi. Kalit so‘zlar:pedagogik klaster, raqobatbardoshlik, kadrlar tayyorlash, hamkorlik, innovatsion ta'lim, malakali mutaxassis, tizimli yondashuv Globallashuv sharoitida taʼlim va tarbiya shaxsni har tomonlama voyaga yetkazish, unda komillik va malakali mutaxassisga xos sifatlarni shakllantirishda muhim oʼrin tutadi. Zamonaviy sharoitda taʼlim jarayonining barcha imkoniyatlariga koʼra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yoʼnaltirilishi talab qilinmoqda. Ta’lim to‘g’risidagi Qonunning 8-moddasida Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi. [1] Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi-yangi bog’chalar, maktablar, oliy o‘quv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, madaniyat va sport inshoatlari, «Temurbeklar maktabi», «Prezident maktablari», «Liderlar maktablari», «Ijod maktablari», deb nom olgan mutlaqo yangi na’munadagi ta’lim maskanlari, bugungi sharoitida raqobatga qodir bo‘lgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda” [2]. Ta’lim klasterlari orqali bugungi globallashuv va transformatsiya jarayonlarida talabalar o‘rtasida raqobatbardoshlikni kichaytirish o‘ziga ishonch munosabatni yanada mustahkamlash, ta’limdagi zamonaviy, innovatsion muhit sharoitini kasbiy faoliyatiga tadbiq eta olishi o‘ziga xos dolzarblik kasb etmoqda. Ayniqsa ta’lim jarayonini klaster orqali amalga oshirishda “O‘zbekiston respublikasida kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari” to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 287-son qarori ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. Kadrlarni tayyorlashda kasbiy faoliyatni rivojlaantirish omillari, tarbiyachi pedagog mahorati, qanday kompetensiyalarni egallashi borasida fikrlar bayon etilgan. Bu esa maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutaxasislari uchun ham aahamiyatlidir. Milliy malakalar ramkasi jadval ko‘rinishidagi konstruksiya bo‘lib, unda har bir malaka darajasi bo‘yicha kasb faoliyatini amalga oshirish uchun talab qilinadigan bilimlar, mahorat va ko‘nikma, shaxsiy va kasbiy kompetensiyalar, shuningdek, tegishli malaka darajasini egallash yo‘llari belgilanadi, aynan: 1) bilimlar - kasbiy faoliyatning quyidagi xususiyatlarini aks ettiradi: - foydalanilayotgan axborotning hajmi va murakkabligi; - bilimlarning innovatsiyaviyligi; 571 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil -nazariy va amaliy bilimlar nisbati. 2) mahorat va ko‘nikmalar - quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi: - kasb vazifalarini bajarishning variantliligi, vazifalarni hal qilish variantlarini tanlash zarurati va uning yo‘llarini ishlab chiqish; - ish holatining noaniqligi va uning rivojlanishini oldindan aniqlash imkoni yo‘qligi; 3) kompetensiyalar quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi: - rahbarlik ostidagi faoliyat, mustaqil ijro intizomi, rahbarlik faoliyati; - faoliyat ko‘lami - vakolat va mas’uliyatning kengligi. [3]. Bo‘lajak pedagoglarni tayyorlash mazmuniga zamonaviy virtual ta’lim imkoniyatlarini singdirish, raqamli transformatsiya sharoitida boʻlajak tarbiyachi pedagoglarni virtual ijtimoylashuvini ta’minlashga maqsadli tayyorlashning pedagogik mexanizmini takomillashtirilmoqda. Virtual borliqqa mas’uliyatli munosabatni rivojlantirishning yana bir pedagogik xususiyati virtual moderatorlik va tashkilotchilik qobiliyati hisoblanadi. Bu pedagogik jihatdan o’qituvchining virtual sinfni boshqarish, ta’lim oluvchilarning faoliyatini muvozanatda boshqarish, yangi faoliyat turlarini tashkil etish kabilarni o’z ichiga oladi.[4]. Mul’timediya texnologiyalari turli xil axborot turlaridan: matn, grafika, ovoz, animatsiyadan integratsiyalashgan holda foydalanish imkonini beradi bu esa kompyutersiz o‘qitishda ta’minlash mumkin bo‘lmagan yangi materialni bayon etish uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi. Bu ayniqsa yosh va psixik jarayonlarning beixtiyoriyli

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda pedagogik klasterlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda pedagogik klasterlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pedagogik klaster, competitiveness, конкурентоспособность, педагогический кластер, raqobatbardoshlik, pedagogical cluster
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники