К содержанию
РецензированоRU2025

МЕТОДЫ И СРЕДСТВА ФОРМИРОВАНИЯ РЕЧЕВОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА

Dilafruz Yuladasheva (Ферганский государственный университет) · Shoxidaxon To’ychiyeva (Ферганский государственный университет)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Maqolada bolalarda nutqiy kompetensiyani shakllantirishning ahamiyati va metodlari, nutqning bolalar uchun eng muhim aloqa vositasi ekanligi va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun nutqiy kompetensiyani shakllantirishdagi metod va vositalar haqida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: nutqiy kompetensiya, bolalar, metod, vosita, texnologiyalar, o‘yin, nutqni rivojlantirish, muloqot ko‘nikmalari. Kirish. Bolalarda nutqiy kompetensiyani shakllantirish ta’lim va tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu davrda nafaqat kelajakdagi ta’limiy yutuqlar, balki shaxsni rivojlantirish uchun ham asoslar qo‘yiladi. Nutq — aloqa vositasi sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning rivojlanishi bolaning psixik va ijtimoiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Lug‘atni mustahkamlash va faollashtirish metodlari bu o‘yinchoqlar, rasmlarni, ko‘zdan kechirish, didaktik o‘yinlar, so‘zli mashqlar va boshq. Lug‘at ishining metod va usullari Bolalarning lug‘ati ularga atrofdagi olamni tanishtirish bilan bir vaqtda o‘sib boradi. Lug‘atni shakllantirish jarayonida tarbiyachi bolalarning psixologik jarayonlarini, ularning aqliy qobiliyatlarini: sezgi, diqqat-e’tibor, xotira, fikrlash, (kuzatish) kuzatuvchanligini rivojlantiradi. K.D.Ushinskiy o‘zining “Ona tili so‘zlari” maqolasida bolani ona tili, ona tilidagi so‘zlar orqali tarbiyalash masalasini qo‘ydi. Chunki xalqchillik dastlab ona tilida o‘z ifodasini topadi. Bolaning shaxsiyati, bilimi, malakasi, ma’naviy qiyofasi ana shu til ta’sirida shakllanadi. Maktabgacha yosh — kognitiv va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, nutq modellari bilan tanishishning faol davri hisoblanadi. Bolaning kelajakdagi ta’limidagi muvaffaqiyati ko‘p jihatdan shu davrda nutqning samarali rivojlanishiga bog‘liq. Nutq ko‘nikmalari xotira, diqqat va tasavvurning rivojlanishiga ham ta’sir qiladi. Bugungi kunda texnologiyalarning tez rivojlanib borayotganligi, ta’limda yangiliklarni joriy etish va bolalarni tarbiyalash jarayonida milliy qadriyatlarni saqlagan holda ularni birlashtirishda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Zamonaviy texnologiyalar bolalarning madaniy o‘zligini shakllantirishdagi va turli ilova va texnologiyalaryordamida ta’limni yanada samarali qilishda katta rol o‘ynaydi. So‘nggi yillarda multimediya va raqamli ta’lim vositalarini ta’limda keng qo‘llanib kelinayotgani va u rivojlanib borayotganini ko‘rishimiz mumkin. Hozirgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ta’limda multimediya texnologiyalaridan foydalanish nutq ko‘nikmalarining yaxshilanishiga yordam beradi. Z.ShAbdurahmonova (2015) tadqiqotlariga ko‘ra, multimediya texnologiyalaridan foydalanish bolalarning til va nutqni o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini sezilarli darajada oshiradi. Dialogik muloqot – metodi nutqni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu metod bolalar va kattalar o‘rtasidagi faol o‘zaro aloqaga asoslanadi. Bilamizki bolalar taqlidchan bo‘ladilar va ular har jabhada shu qatorda talafuzda ham kattalarga va o‘z atrofidagilarga taqlid qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachining nutqiga ayniqsa katta talab qo‘yiladi. Tarbiyachining nutqi tushunarliligi, aniqligi, jonliligi, ishonarliligi, to‘g‘riligi va hokazolar bilan ajralib turishi kerak, agar unda hammadan qolgan, bir qolipdagi fikrlar ko‘p bo‘lsa bu nutq natija bermaydi. Nutqning ta’sirchan bo‘lishi, uning bolalarga ta’sir etishida intonatsiya muhim ahamiyatga ega. 575 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Pedagog va olimlar bolalarda nutqni shakllantirish uchun turli metodlarni ishlab chiqargan va ularni amalga oshirishda muvaffaqiyatga erishgan. O‘yin metodlari, muloqot va ijodiy yondashuvlar bolalarni ushbu jarayonga faol jalb qilish orqali nutqni samarali rivojlantirishga qaratilgan. Nutqiy kompetensiyani shakllantirishning yetakchi metodlaridan biri — o‘yin metodi. O‘yin bolalarga nafaqat nutqni rivojlantirish, balki yangi so‘zlar, ifodalar va grammatika konstruktsiyalarini qiziqarli va o‘z hohishlari bilan o‘rganish imkonini beradi. Pedagog o‘yin metodlarini qo‘llaganda turli vaziyatlar yaratish orqali bolalarga yangi so‘zlar, iboralar o‘rgatishi, ularni qiziqarli mavzularda muloqotga jalb qilishi mumkin bo‘ladi. D.M.Muxamedova (2016) tadqiqotlariga ko‘ra, o‘yin texnologiyalaridan foydalanish nutq rivojlanishini nafaqat til bilimlarini, balki ijtimoiy ko‘nikmalarni ham shakllantiradi. Maktabgacha taʼlimda bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi maxsus, xususiy vazifalar amalga oshiriladi: - Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o‘stirish, lugʼatini boyitish. Bolalarni tevarak- atrofdagi buyumlar, hodisalar, o‘simliklar, hayvonot dunyosi, kattalar mehnati va hokazolar bilan tanishtirish jarayonida ularning nomlarini, sifatlarini, xususiyatlarini, xarakterlarini so‘zlar bilan aytamiz. - Nutqning grammatik tomonini shakllantirish. Lugʼat tilning qurilish materiali hisoblanadi. - Nutqning tovush madaniyatini tarbiyal

Доказательный фрагмент

«Maqolada bolalarda nutqiy kompetensiyani shakllantirishning ahamiyati va metodlari, nutqning bolalar uchun eng muhim aloqa vositasi ekanligi va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun nutqiy kompetensiyani shakllantirishda…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada bolalarda nutqiy kompetensiyani shakllantirishning ahamiyati va metodlari, nutqning bolalar uchun eng muhim aloqa vositasi ekanligi va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun nutqiy kompetensiyani shakllantirishda… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nutqiy kompetensiya, children, bolalar, speech competence
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники