Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЙ КЛАСТЕР В ФОРМИРОВАНИИ ИНКЛЮЗИВНОЙ КУЛЬТУРЫ РОЛЬ СУБЪЕКТОВ
SUB’YEKTLARINING O’RNI · Umidjon Negmatovich Xo‘jamqulov
Универсал международный научный журнал · 8 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada ta’lim klasteri subyektlarining inklyuziv madaniyatini shakllantirish, inklyuziv madaniyatini amalga oshirishda klaster yondashuvining asosiy mexanizmi, inklyuziv madaniyatning rivojlanishi inklyuziv siyosat masalasi, inklyuziv madaniyat tushunchasi mohiyati ochib berilgan. Kalit so’z va iboralar: inklyuziv ta’lim, inklyuziv madaniyat, inklyuziv siyosat, bola, ta’lim jarayoni, muvaffaqiyat, samara. Inklyuziv ta’limni joriy qilish davomida ko‘pgina ijtimoiy muammolar ham yuzaga keladi. Asosiy muammolardan biri hamjamiyat ishtirokchilarining nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalarni umumta’limga olib kirishga bo‘lgan munosabatdir. Inklyuziya jarayoniga ta’lim tizimini tayyorlashda eng muhim bosqich ta’lim jarayoni ishtirokchilarining tushuncha va qadriyatlarini o‘zgartirish sanaladi. A.V.Zaxarova va M.S.Staroverova fikrlaricha, belgilangan me’yorlarni o’zgartirish davrida ta’lim muassasalarida pedagog va ota-onalar o’rtasida inklyuzivlikning ahamiyati to’g’risida tortishuvlar davom etib borishi sababli inklyuziv jarayon yetakchisi yoki rahbari tomonidan inklyuziya mafkurasini qabul qilish hamda bu borada real harakatlar tadbirlarini amalga oshirish muhim. T.But va M.Eynskou inklyuziv ta’limning samarali joriylanishi va muvaffaqiyatiga muassasada o‘rnatilgan inklyuziv madaniyat asos bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlaydilar. Ularning fikriga ko’ra maktab inklyuzivligini baholashda jamoaning inklyuziv qadriyatlari (turfalik va hamkorlikka ijobiy munosabat, yuzaga keluvchi to’siqlar, jarayonga halal beruvchi hurofot (stereotip)larni yengish) bilan bir qatorda inklyuziv jamoaning mavjudligini inobatga olish kerak. Shu bois inklyuziv ta’limni joriy qilish avvalida muassasa jamoasi, ta’lim ishtirokchilari tomonidan bu masalaga turli munosabatlarning yuzaga kelishi, bu boradagi muammolarni bartaraf etish borasida ham fikr yuritish lozim. Inklyuziv madaniyatni shakllantirish deganda har bir bolaga nisbatan do‘stona, teng munosabat o‘rnatilgan muhitni barpo etishni tushunish lozim. Bunday muhitda inklyuziya mafkurasi ta’lim jarayoni ishtirokchilari tomonidan birdek qabul qilinadi. O‘qituvchilar jamoasi o‘quv-tarbiya jarayonida yuzaga keluvchi to‘siqlarni bartaraf etishda faol ishtirok etishlari orqali o‘quvchilarning maktab hayotining barcha jabhasida to’liq ishtiroki ta’minlanadi. Inklyuziv madaniyatning rivojlanishi inklyuziv siyosat (barcha jarayonda turli toifaga mansub bolalarni ta’limga olib kirishning qo‘llab-quvvatlanishi, huquqlarning tan olinishi) hamda inklyuziv amaliyot va texnologiyalar (o‘quv jarayonida har bir bolaning imkoniyatlariga mos uslub va yondashuvlardan foydalanish) samarasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, umumiy inklyuziv qadriyatlar va hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish boshqa jihatlardagi o’zgarishlarga olib kelishi muqarrar. «Inklyuziv madaniyat» tushunchasining talqinini bir necha yo’nalishlarda ko‘rish muhim: inklyuziya jarayoni ishtirokchilari tomonidan o‘zaro qabul qilingan va taqsimlangan qadriyat, tushuncha va bilimlardan iborat alohida ta’limot (falsafa); inklyuziya jarayonining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi inklyuziv qadriyatlarni ta’minlashga yo’naltirilgan umumiy madaniyatning qismi; ta’lim ishtirokchilarining har birini jiddiy stress, psixologik talofatlardan asraydigan, sub’ektlarning o‘zaro aloqadorlikdagi faoliyatlarining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi o’ziga xos ishonch mikroiqlimi; sub’ektlar, jarayon ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasida o‘zaro qarama-qarshiliklarning yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan. Inklyuziv madaniyatni shakllantirishda tashkilot rahbari va uning atrofida jipslashgan jamoa, shuningdek, ota-onalar va hamkorlar bilan o‘rnatilgan sherikchilik munosabatlari, yaratilgan to’siqsiz muhit muhim o’rin egallaydi. S.V.Alexina, o‘qituvchilarning inklyuziv ta’limda ishlashga kasbiy tayyorgarligi masalasini o’rganar ekan, 580 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil inklyuziv ta’limni amalga oshirish g’oyalariga zid bo’lgan me’yor va qadriyatlarni, ya’ni ularning alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi jarayoniga munosabati va tibbiy modelga asoslangan yondashuv (stereotip)larini o’zgartirish muhim deb hisoblaydi. A.De Boer, S.J.Pijl, A.Minnaert olib borgan tadqiqotlarida diqqatlarini inklyuziv ta’lim jarayonida o’qituvchilarning o’quvchilar bilan o’zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishishlarida ahamiyatli sanalgan mazkur ta’lim turiga munosabatlarini o’rganishga qaratadilar. Olimlar aksariyat o’qituvchilarning yetarli darajada hayrihoh emasligini aniqlab, ish avvalida samaradorlikka ta’sir etuvchi o’zaro hamkorlik, qayta tayyorlash kurslari va mazkur toifa bolalarini o’qitish amaliy ish tajribasi bilan tanishtirish zaruratini asoslaydilar. E.A.Gafari alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitishda umumta’lim maktabi o’q
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada ta’lim klasteri subyektlarining inklyuziv madaniyatini shakllantirish, inklyuziv madaniyatini amalga oshirishda klaster yondashuvining asosiy mexanizmi, inklyuziv madaniyatning rivojlanishi inklyuziv s…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada ta’lim klasteri subyektlarining inklyuziv madaniyatini shakllantirish, inklyuziv madaniyatini amalga oshirishda klaster yondashuvining asosiy mexanizmi, inklyuziv madaniyatning rivojlanishi inklyuziv s… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- inklyuziv madaniyat, inklyuziv ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025