Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ФАКТОРЫ И КРИТЕРИИ ОЦЕНКИ ФОРМИРОВАНИЯ ГНОСИСТИЧЕСКОЙ АКТИВНОСТИ СТУДЕНТОВ.
Xolmirzayeva Dilafruz Fattayevna
Универсал международный научный журнал · 2 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada epistemologik faoliyatning mohiyati va uning ta'lim jarayonidagi o'rni ko'rib chiqilgan. Bu faoliyat talabalarning nafaqat ma'lumotlarni o'rganish, balki ularni chuqur anglash, sinovdan o'tkazish va amaliyotda qo'llashga yo'naltirilgan. Maqola, epistemologik faoliyatni rivojlantirishda tanqidiy fikrlash, yaratuvchanlik, va o'z-o'zini baholash kabi ko'nikmalarni muhim omillar sifatida ta'kidlaydi. Shuningdek, bu faoliyatning ta'limdagi samaradorlikka ijobiy ta'sirini va talabalarning shaxsiy va akademik rivojlanishiga yordam berishini ta'kidlangan. Kalit so’zlar: Epistemologik, faoliyat, bilim olish, tushunish, tahlil qilish, sinovdan o'tkazish, yangi bilimlarni yaratish, tanqidiy fikrlash, yaratuvchanlik, akademik rivojlanish. Epistemologik faoliyat — bu bilish, tushunish, tahlil qilish va o'rganish jarayonlari bilan bog'liq faoliyatdir. Ushbu faoliyatning asosi kognitiv jarayonlarni o'z ichiga oladi, ya'ni, insonning bilim olish, tushunchalarni shakllantirish va ulardan amaliyotda foydalanish kabi aqliy faoliyatlari kiradi. Epistemologik faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari shundaki, u faqat bilimlarni yodlash yoki o'rganish bilan cheklanmaydi, balki bu bilimlarni tahlil qilish, sinovdan o'tkazish, baholash va yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayonlarini ham o'z ichiga oladi. Epistemologik faoliyatni rivojlantirishda tanqidiy fikrlash, yaratuvchanlik, muammolarni hal qilish va o'z-o'zini baholash kabi ko'nikmalar muhim rol o'ynaydi. Epistemologik faoliyatning asosiy jihatlaridan biri bilim olishdir, yani yangi ma'lumotlarni qabul qilish va o'rganish. Undan tashqari tushunish va tahlil qilish, olingan bilimlarni chuqurroq anglash hamda sinovdan o'tkazish, jumladan bilimlarni amaliyotda qo'llash va ularni tekshirish. Shuningdek yangi bilimlarni yaratish, yangi kontekstlarga tatbiq etish va yangiliklar ishlab chiqish kabi ko’plab jixatlari mavjud. Talabalarning ta'lim jarayonida bilimlarni o'zlashtirishdan ko'ra, ularni tushunish, tahlil qilish va amaliyotga tatbiq qilishga yo'naltirilgan bu jarayon talabalar uchun nafaqat o'qish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi, balki ularning shaxsiy va akademik rivojlanishiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, epistemologik faoliyat, ya'ni bilish va tushunish jarayoni, talabalarning ta'limdagi muvaffaqiyatlarini belgilovchi muhim omildir. Ta'lim jarayonida talabalar faqat ma'lumotlarni yodlash bilan cheklanmay, balki ularni chuqurroq anglash, tahlil qilish va amalda qo'llashni o'rganishlari kerak. Shunday qilib, talabalarning epistemologik faoliyatini shakllantirish, nafaqat ularning kognitiv ko'nikmalarini rivojlantirish, balki ular uchun ta'limda yuqori samaradorlikni ta'minlashga ham xizmat qiladi. Ushbu maqolada, talabalar epistimistik faolligini shakllantirish omillari va uning baholash mezonlari tahlil qilinadi. Epistemologik faoliyatning to'liq shakllanishi, talabaning mustaqil fikrlash, tanqidiy yondashuv, va yaratish ko'nikmalarini rivojlantiradi. Talabalar epistemologik faolligini shakllantirish uchun bir nechta omillar mavjud: O'qituvchining yondashuvi va metodlari: O'qituvchining o'qitish metodikasi va darslarga yondashuvi talabalarning epistemologik faolligiga bevosita ta'sir qiladi. O'qituvchi talabalarga tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun savollar berishi, muammoli vaziyatlar yaratishi va bahs- 599 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil munozaralar tashkil qilishi lozim. O'qituvchining qo'llaniladigan didaktik usullari va yondashuvlar talabalar uchun qiziqarli va interaktiv ta'lim muhitini yaratadi, bu esa o'z navbatida epistemologik faoliyatni rivojlantiradi. Talabaning motivatsiyasi va qiziqishi: Talabaning o'quv jarayoniga bo'lgan motivatsiyasi va qiziqishi uning epistemologik faolligiga bevosita ta'sir qiladi. Jumadan, o'quvchilar ta'limni faqat ma'lumotlarni olish emas, balki o'z bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish uchun qiziqarli va foydali deb bilishlari kerak. Motivatsiyasi yuqori bo'lgan talabalar yangi bilimlarni o'rganish uchun intilishadi va bu ularning epistemologik faoliyatini kuchaytiradi. Ta'limning interaktivligi: Ta'lim jarayonining interaktiv bo'lishi, talabalarning o'zaro fikr almashishi, guruhli ishlari, va amaliy mashg'ulotlar orqali bilishni chuqurlashtirishga yordam beradi. Interaktiv ta'lim shakllari, talabalar o'rtasida kommunikatsiyani rivojlantirib, ularni fikrini to'liq va aniq ifodalashga, yangi g'oyalar yaratishga va tushunchalarni sinovdan o'tkazishga undaydi. Texnologiyalarni qo'llash: Zamonaviy ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish talabalar epistemologik faolligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Internet-resurslar, onlayn platformalar, va interaktiv dasturlar yordamida talabalar o'z bilimlarini yangi ma'lumotlar bilan to'ldirishi, bilimlarni baholashda yangi usullarni sinovdan o'tkazishlari mumkin. Shaxsiy tajriba va o'z-o'zini o'rganish: Talabalar o
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada epistemologik faoliyatning mohiyati va uning ta'lim jarayonidagi o'rni ko'rib chiqilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada epistemologik faoliyatning mohiyati va uning ta'lim jarayonidagi o'rni ko'rib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bilim olish, Epistemological, activity, faoliyat, Epistemologik, knowledge acquisition
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026