К содержанию
РецензированоRU2025

ПРОБЛЕМЫ И ПУТИ РЕШЕНИЯ В ОБРАЗОВАНИИ ДЕТЕЙ С ОСОБЫМИ ПОТРЕБНОСТЯМИ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УСЛОВИЯХ

Tursunova Sarvinoz Telman qizi

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim-tarbiyasini ta'minlash, jamiyatning inkluziv va adolatli rivojlanishiga hissa qo'shish haqida fikr-mulohazalar keltirilgan. Kalit so`zlar:inklyuziv, alohida yordamga muhtoj, klasteri, infrastrukturaviy, individual. Alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim-tarbiyasini ta'minlash, jamiyatning inkluziv va adolatli rivojlanishiga hissa qo'shish maqsadida hukumat va davlat tomonidan qabul qilingan qarorlar va normativ hujjatlar juda muhimdir. Bu borada O‘zbekiston Prezidentining qator qarorlari, shuningdek, Konstitutsiyadagi ayrim normativlar alohida yordamga muhtoj bolalar huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan. Ta’lim klasteri sharoitida alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim-tarbiyasiga doir muammolar va yechimlar juda muhim va jiddiy masala hisoblanadi. Ushbu masalada ta’lim tizimida mavjud bo‘lgan ayrim muammolar va ularni hal qilish yo‘llari quyidagicha tahlil qilinadi: Muammolar: 1.Infrastrukturaviy cheklovlar: Ko‘plab ta’lim muassasalarida alohida yordamga muhtoj bolalar uchun zarur infrastruktura yetarli emas. Masalan, maxsus jihozlar (auditiv, vizual va fizik jihatdan moslashgan vositalar) yetishmaydi. 2.Pedagogik malaka va tayyorgarlik: Ta’lim muassasalarida alohida yordamga muhtoj bolalarga ta’lim berish bo‘yicha o‘qituvchilarning malakasi past. Bu esa, ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga to‘sqinlik qiladi. 3.Darsliklar va o‘quv materiallarining mosligi: Aholining alohida yordamga muhtoj qismi uchun maxsus darsliklar, o‘quv materiallari va qo‘llanmalar yetishmasligi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir qiladi. 4.Individual yondashuvning yetishmasligi: Har bir bolaning xususiyatlari va ehtiyojlari turlicha bo‘lishi sababli, ta’lim jarayonida individual yondashuv zarur. Ammo bu amaliyot har doim ham ta’minlanmaydi. 5.Ijtimoiy stigma va tushunmovchiliklar: Alohida yordamga muhtoj bolalar ko‘pincha ijtimoiy stigma bilan duch kelishadi, bu esa ularning jamiyatda integratsiyasini qiyinlashtiradi. Bu masala ham ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir qiladi. Yechimlar: 1. Maxsus ta’lim infratuzilmasini yaratish: Ta’lim muassasalarida alohida yordamga muhtoj bolalar uchun zarur bo‘lgan infrastruktura (maxsus jihozlar, ergonomik mebel, akustik tizimlar) yaratish zarur. Bu bolalarning ta’lim jarayoniga faol ishtirok etishlarini ta’minlaydi. 2. O‘qituvchilarni malaka oshirish: O‘qituvchilarni maxsus ta’lim bo‘yicha malaka oshirish dasturlari bilan ta’minlash, ularni alohida yordamga muhtoj bolalarga individual yondashuvni amalga oshirishga o‘rgatish zarur. Bunda psixologlar, pedagoglar va maxsus o‘qituvchilarni jalb qilish kerak. 3. Darsliklar va o‘quv materiallarini moslashtirish: Maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun moslashtirilgan o‘quv materiallari va darsliklar ishlab chiqish. Bu materiallar bolalarning ehtiyojlariga mos bo‘lishi kerak: qiyinchiliklar bo‘lgan sohalarda yordamchi vositalar, osonlashtirilgan tushunchalar va qadam-baqadam ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olishi lozim. 605 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil 4. Individual ta’lim rejalari: Har bir bola uchun individual ta’lim rejalari ishlab chiqilishi, shuningdek, bola o‘rganayotgan sohada maxsus qo‘llab-quvvatlash xizmatlari (psixologik yordam, logopedlar, fizioterapevtlar) ta’minlanishi lozim. 5. Jamiyatda tushuncha va qo‘llab-quvvatlashni oshirish: Ijtimoiy stigma va stereotiplarni yengish uchun ommaviy tushuntirish ishlarini olib borish, alohida yordamga muhtoj bolalarga nisbatan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish zarur. Bu jamiyatda inkluzivlikni oshiradi. 6. Kooperatsiya va hamkorlik: Ta’lim muassasalarining, davlat organlarining, notijorat tashkilotlarining va ota-onalarning o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish. Alohida yordamga muhtoj bolalar uchun ko‘proq resurslar va imkoniyatlar yaratish uchun birgalikda ishlash muhimdir. Xulosa qiladigan bo`lsak, ta’lim klasteri sharoitida alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim-tarbiyasida mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun kompleks yondashuv zarur. Ta’lim tizimining infratuzilmasi, pedagogik tayyorgarlik, o‘quv materiallari va resurslar doirasida samarali yechimlar ishlab chiqilishi kerak. Bu orqali alohida yordamga muhtoj bolalar jamiyatda teng huquqli fuqarolar sifatida o‘z imkoniyatlarini to‘liq amalga oshira olishadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 1.Yusufovich, A. A. (2022). Bo ‘Lajak Pedagoglarda Kasbiy Kompetentlikni Shakllantirishning Dolzarb Maslalari. Ijodkor O'qituvchi, 2(23), 120-124. 2.Yusufovich, A. A. (2022). Bo’lajak Pedagoglarning Kreativ Kompetentligini Shakllantirishning Dolzarb Masalalari. Finland International Scientific Journal Of Education, Social Science & Humanities, 10(10), 224- 227. 3 O‘Zbekistonda Fanlararo Innovatsiyalar Va 16-Son Ilmiy Tadqiqotlar Jurnali 20.02.2023 3. Карпов А.А. Ассистивные Информационные Технологии На Основе Аудиовизуальных Речевых Интерфейсов //Труды Спииран. 2013. Вып. 4(27

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim-tarbiyasini ta'minlash, jamiyatning inkluziv va adolatli rivojlanishiga hissa qo'shish haqida fikr-mulohazalar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim-tarbiyasini ta'minlash, jamiyatning inkluziv va adolatli rivojlanishiga hissa qo'shish haqida fikr-mulohazalar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
inklyuziv, alohida yordamga muhtoj
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники