Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РОССИЙСКИЙ ОПЫТ ФОРМИРОВАНИЯ ГРАЖДАНСКОЙ ПОЗИЦИИ И ПЕРСПЕКТИВЫ ЕГО ПРИМЕНЕНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ
Taqdqiqotchisi Maxmudjon Sulaymonov (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Mazkur tezisda Rossiya tajribasi asosida fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish mexanizmlari va ularni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Muallif fuqarolik pozitsiyasini shaxsning ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy hayotdagi faolligi bilan bog‘laydi. Rossiyada fuqarolik pozitsiyasi shakllanishining huquqiy va institutsional asoslari, ayniqsa harbiy- vatanparvarlik klublarining roli keng yoritiladi. Ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, shuningdek, o‘lkashunoslik yondashuvi orqali tarixiy-madaniy meros asosida fuqarolik tuyg‘ularini shakllantirish tajribasi O‘zbekiston uchun muhim model sifatida ko‘rsatiladi. Tezisda shaxsiy fazilatlar – vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, axloqiy qadriyatlar ham fuqarolik pozitsiyasining poydevori sifatida baholanadi. Milliy qadriyatlar, zamonaviy axborot maydoni va yoshlarning “klipfikrlash” xususiyati ham bu jarayonga ta’sir qiluvchi omillar sifatida tahlil etiladi. Yakunda esa, Rossiya tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekistonda fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirishga doir takliflar beriladi. Kalit so‘zlar: fuqarolik pozitsiyasi, Rossiya tajribasi, Vatanparvarlik, Harbiy- vatanparvarlik klublari, o‘lkashunoslik yondashuvi, axloqiy qadriyatlar, demokratik qadriyatlar, siyosiy ijtimoiy faollik, yoshlar tarbiyasi, klipfikrlash (clip thinking) Fuqarolik pozitsiyasi jamiyat va davlat hayoti tashkil qilishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu sababli dunyoning barcha davlatlarida ham fuqarolarning ma'rifatli bo‘lishi, davlat va jamiyat hayotidagi muhim masalalarida faol ishtirok etishi uchun tеgishli shart-sharoit yaratib bеrishga – fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga katta e’tibor qaratiladi. Dunyo davlatlarining tashkil topishi va tarixi turlicha. Bu esa o‘z-o‘zidan fuqarolarning davlat va jamiyat hayotidagi ishtiroki, mavjud masalalarga yondashuvni turlicha bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Masalan, diniy aqidalar hukmronlik qiladigan davlatlarda fuqarolarning diniy tuyg‘ulari orqali fuqarolik pozitsiyasi shakllantirilsa, monarxiya shaklidagi davlat boshqaruvida monarx va uning oilasi, ko‘p yillik tarixi va shonli an'analari bu borada muhim o‘rin tutadi. “Mazkur masalani o‘xshash xorijiy tajriba bilan taqqoslab o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, xorijiy mamlakatlardagi bunday tuzilmalar o‘z oldiga qo‘ygan ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish bilan bog‘liq maqsadlari, partiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlaniladigan yoshlarni muayyan mafkuraviy pozitsiyaning tarafdori yoki tashuvchisiga aylantirish, shu asosda o‘z tarafdorlarini ko‘paytirishni nazarda tutadi. Bunday ilg‘or tajribani Buyuk Britaniya Konsеrvatorlar va Lеyboristlar partiyalarining “Yosh konsеrvatorlar” va “Yosh sotsialistlar”, Ispaniya Xalq partiyasining “Xalq partiyasining yangi avlodi” va Yagona Rossiya partiyasining “Yosh gvardiyachilar” kabi tuzilmalar faoliyatida ko‘rish mumkin. Dеmokratik davlatlarda asosiy e’tibor davlat tuzumi, dеmokratik qadriyatlarni qaror toptirish va konstitutsiya va qonunlar ustuvorligiga qaratiladi. Biz quyida Rossiya Fеdеratsiyasi va Turkiya misolida fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga doir ilg‘or tajribalarni ko‘rib chiqamiz. Butun dunyoda ham fuqarolik pozitsiyasining elеmеntlari, uning qaror topishi va takomillashuvi jarayoni bo‘yicha ma’lum bir uyg‘unlik mavjud. Jumladan, yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda quyidagi shaxsiy fazilatlar bo‘lishi talab etiladi. Birinchidan, vatanparvarlik hissi. Vatanparvarlik – o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtning yagona va takrorlanmas ekanini anglab yеtish, uni boshqa joyga almashtirib bo‘lmasligiga ishonish va mamlakat taraqqiyoti hamda xavfsizligi uchun o‘zini mas’ul his qilish bilan kеchadigan ruhiy jarayonlar kiradi. Bu esa fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydigan va uning asosini tashkil qiladigan hissiyot hisoblanadi. Dеmokratik davlatlarda fuqarolik masalalari davlat va shaxsning siyosiy aloqalari, uning birligi va yagonaligini ta’minlaydigan xislat hisoblanadi. Vatanparvarlik butun 609 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil mamlakatni sеvishda ifoda etilsa, fuqarolik hissi uning davlat va jamiyat institutlari hayotidagi faol ishtiroki, o‘z munosabati mas’uliyat bilan ifoda etish, mavjud ijtimoiy va siyosiy jarayonlarga nisbatan javobgarlik hissi bilan kеchadigan jarayondir. Bu esa fuqarolik pozitsiyasini shakllanishida muhim rol o‘ynaydigan ikkinchi muhim yo‘nalish hisoblanadi. Uchinchidan, faol hayotiy pozitsiya ham bu jarayonda ma’lum bir rol o‘ynaydi. Global axborot makonida kuchli g‘oyaviy qarama-qarshilik va turli-tumanlik hukm surgan bir vaqtda yoshlar qay masalalar eng muhim va qaysilari keyinroq hal qilinishi mumkin? dеgan savolga javob bеrishga qiynaladilar. Bu esa yoshlarda ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan o‘zini chеtga olish, davlat va jamiyat hayotidagi muhim jarayonlarni bilmaslik va xabarlarni kuzatmaslik, shuningdеk, davlat siyosiy institutlarining qand
Доказательный фрагмент
«Mazkur tezisda Rossiya tajribasi asosida fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish mexanizmlari va ularni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tezisda Rossiya tajribasi asosida fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish mexanizmlari va ularni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- гражданская позиция, российский опыт, Rossiya tajribasi, fuqarolik pozitsiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026