Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
АКАДЕМИЧЕСКАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ СТУДЕНТОВ ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЙ ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ СУТЬ РАЗВИТИЯ
RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MOHIYATI · Iminova Dilnoza Nasirovna (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 3 · 16-18 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada bugungi kunda oliy ta’lim talabalarini o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, akademik faolliklarini rivojlantirish muhim masalardan biri ekanligi yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: akademik faollik, pedagog, motivatsiya, oliy ta’lim, o‘qish, o‘qitish, talaba. Dunyoda ta’lim tizimini oldida turli dolzarb muammolar va vazifalar mavjud boʻlib, ulardan biri- pedagogik oliy ta’limda talabalarning akademik faolligini oshirishdir. Oʻquv jarayoni samaradorligini ta’minlash uchun nafaqat zamonaviy ta’lim usullarini qoʻllash, balki pedagoglarni ushbu jarayonga tayyorlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. An’anaviy oʻqitish usullari ba’zan talabalarning darsga boʻlgan qiziqishini kamaytirishi mumkin. Shu sababli, boʻlajak pedagoglarni akademik faolligini shakllantirish va mustahkamlash metodikalari boʻyicha tayyorlash zarurati ortib bormoqda. Talabalarning oʻqishga boʻlgan faolligi koʻp jihatdan oʻqituvchining pedagogik mahoratiga bogʻliq. Tajribali oʻqituvchi talabalarning qiziqishlarini aniqlay oladi, ularni ragʻbatlantirish usullarini biladi va ta’lim jarayonini samarali tashkil etadi. Shuning uchun pedagogika ta’lim yoʻnalishi talabalari ushbu kompetensiyani oʻzlashtirishi muhim. Mamlakatimizda pedagogika ta’lim yoʻnalishi talabalarining akademik faolligini rivojlantirish masalasiga ilmiy-nazariy asosda e’tibor kuchayib bormoqda, xususan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda bir qator oliy ta’lim muassasalari tomonidan ta’lim jarayonini isloh qilish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’lim sifatini yaxshilash yoʻnalishida maqsadli ishlar olib borilmoqda. Pedagogika ta’lim yo‘nalishidagi talabalarni motivatsion yondashuv asosida ulardagi akademik faolligini rivojlantirish, ta’lim tizimining samarali ishlashini ta’minlash va bo‘lajak pedagoglarning muvaffaqiyatli faoliyatini yaratish uchun juda muhimdir. Talabalar o‘z qiziqishlariga mos o‘quv materiallari, innovatsion metodlar va amaliy faoliyat orqali akademik faolligini oshirishlari mumkin. Shu bilan birga, o‘qituvchining roli, rag‘batlantirish tizimi va talabalar bilan samarali muloqot orqali o‘qish faolligini kuchaytirish orqali bu jarayon, nafaqat talabalar uchun, balki butun ta’lim tizimi uchun muhim natijalarga olib kelishga yo‘naltirilganligi bilan tavsiflanadi. Hozirgi kunda belgilangan qarorlarda pedagogik ta’lim sifati va talabalar malakasini oshirish, shu jumladan talabalarda oʻzlashtirish motivatsiyasini shakllantirish ustida ishlay oladigan boʻlajak mutaxassislar tayyorlash ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etilgan. Oliy ta’limda ilgʻor xalqaro tajribalarni lokal muhitga moslashtirish, oʻquv-metodik adabiyotlar, dasturlar va oʻquv qoʻllanmalarni yangi nazariy yondashuvlar bilan boyitish boʻyicha bir necha ilmiy markazlar va institutlar tomonidan tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, oʻqituvchilar uchun qayta tayyorlash kurslarida talabalarni individual yondashuv, fikrlash psixologiyasi, motivatsiya nazariyalari bilan yaqindan tanishtirish masalasi yoʻlga qoʻyilgan. Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida pedagogika ta’lim yoʻnalishi talabalarining akademik faolligini rivojlantirishda zamonaviy va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish masalasi yetakchi o‘rinni egallaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 28-yanvardagi PF-60-sonli “2022-2026-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”, 2008-yil 5-sentabrdagi PF- 5538-sonli “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida”, 2009-yil 24-apreldagi PF-5712-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”, 2019-yil 8- 618 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil oktyabrdagi PF-5847-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Oʻqitish jarayonida akademik faolligi tushunchasi talabaning ta’limiy faoliyatga boʻlgan munosabati, oʻqitish maqsadlarini anglash darajasini va shaxsiy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga intilishini ifoda etadi. Pedagogik nuqtai nazardan akademik faollik ta’lim jarayonini idora qilish, munosabatlar tizimini muvofiqlashtirish va talabalarda shijoatli munosabat shakllantirishda eng muhim jarayon sifatida e’tirof etiladi. Talabalarning oliy ta’lim muassasalaridagi akademik faolligi ko‘plab omillar ta’sir qiladi: moliyaviy ahvol, sog‘lig‘i, yoshi, oilaviy ahvoli, oliy ta’limga qadar tayyorgarlik darajasi, o‘z- o‘zini tashkil etish ko‘nikmalari
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bugungi kunda oliy ta’lim talabalarini o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, akademik faolliklarini rivojlantirish muhim masalardan biri ekanligi yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bugungi kunda oliy ta’lim talabalarini o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, akademik faolliklarini rivojlantirish muhim masalardan biri ekanligi yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- академическая деятельность, pedagog, akademik faollik, motivatsiya, педагогика, мотивация, academic activity, pedagogy, motivation
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024