Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ГНОСИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ ВОСПИТАТЕЛЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ К ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
Satimboyeva Xurshidaxon Anvarjon qizi
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada bo’lajak tarbiyachilarga faoliyati davomida epistemologik tahlildan foydalanish haqida tavsiyalar berilgan. Hamda o’qituvchichilarga ko’plab tavsiyalar berilgan. Kalit so’zlar: Epistemologiya, uzluksiz ta’lim, tarbiya, tarbiyachi, innovatsiya, muammoli tahlil, metod. Mamalakatimizda uzluksiz ta’lim sohasida olib borilayotgan keng islohotlar har bir yo‘nalishni, ha bir mutaxassislikni chetlab o‘tmayotganligiga bugun guvoh bo‘lmoqdamizki, biz faoliyat olib borayotgan maktabgacha ta’lim yo‘nalishiga yangi innovatsiyalarni joriy etilishi fikrimizning yorqin dalilidir. Biz bugun bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda yangi innovatsiyalarni amaliyotga tadbiq qilish usullarini aynan epistemologik yondashuvdan foydalangan holatda o‘rgatmoqlikni maqsad qilib oldik. Yangi innovatsiyalarni talabalarga o‘rgatishdan maqsad, mutaxassisligining fundamental asoslarini yetarli darajada o‘qitish, bu nazariy bilimlarni pedagogik, psixologik, falsafiy jarayonlarining innovatsion faoliyat ko‘rinishida ifodalanadigan pedagogik modellarini o‘rganish, tahlil qilishdir. Ayni vaqtda bu talabalarni mantiqiy fikrlashga, to‘g’ri xulosa chiqarishga, pedagogik madaniyatni oshirishga xizmat qiladi. Talabalarni mantiqiy fikrlashga, nazariy bilimlarni amaliyotga bevosita tadbiq qilish, to‘g’ri xulosa chiqarish va qaror qabul qilishga o‘rgatish, hamda ko‘nikma va malakalarni berishdan iborat. Maqsadimizdan kelib chiqqan holda quyidagi muhim vazifani oldimizga qo‘ydik, yangi innovatsiyalarning zamonaviy metodlari va asosiy prinsiplarini talabalar ongiga singdirish. Fan va ta’limda, tarbiya jarayonida, umuman pedagogik faoliayning barcha tarmoqlarida uchraydigan muhim amaliy muammolarni hal etishda epistemologik jihatdan tahlil qilish mexanizimini o‘rgatishdan iborat. Ta’lim innovatsiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish bir necha bosqichlarda kechadi. Ular quyidagilardir: 1. Muammoni tahlil asosida aniqlash. 2. Mo‘ljallanayotgan ta’lim tizimini loyihalash. 3. O‘zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish. 4. O‘zgarishlarni amalga oshirish. Shuningdek, o‘qitish tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini ta’lim mazmunida, O‘qitish metodlarida, dars shakli, O‘qitish turlari, O‘qitish vositalarida ko‘rishmiz mumkin. - ta'lim mazmuniga innovatsiya an'anaviy, noan'anaviy va masofaviy O‘qitish turlarining kirib kelishi bilan izohlanadi: O‘qitish metodlariga innovatsiya aktiv, passiv va interaktiv metodlarining kirib kelishi misolida ko‘ramiz. Aktiv metodni qo‘llash talabalarni dars jarayonidagi faolligini oshirishga xizmat qilsa, passiv metod talabalarni bir tomonlama tushuncha berilishi bilan izoxlanadi. Interaktiv metod esa birgalikda faol harakat qilishi (tarbiyachi bilan talaba, talaba bilan talaba) tushuniladi; ·dars shakliga innovatsiyani kirib kelishini standart, nostandart hamda vertual dars shakllari misolida ko‘rishimz mumkin; ·O‘qitish turlaridagi innovatsiyani muammoli ta’lim, evristik ta’lim, darajalangan ta’lim, integrasiyalangan ta’lim, interfaol ta’lim, informal ta’lim, rasmiy ta’lim, norasmiy ta'lim turlari bilan izoxlanadi; 625 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil · O‘qitish vositalariga innovatsiyani kirib kelishini dars jarayonida multimedia, elektron doskalar va boshqa vositalar bilan izohlaymiz; Zero, O‘qitish metodlaridagi innovatsiyani quyidagi metodlarda ko‘rishimiz mumkin; 1. Aktiv metod. Bu metod talaba-yoshlarni dars jarayonida faollashuviga, ma’lum bir holat va voqelikga nisbatan fikrlashga-mulohaza yuritishga undaydi. 2. Passiv metod. Bu metod dars jarayonida talabalarda o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha bir tomonlama tushuncha hosil bo‘lishiga olib keladi. 3. Interaktiv metod. Bu metodni maqsadi dars jarayonida o‘qtuvchi va talabalarni birgalikdagi faol hatti-harakatlariga asoslanadi. - Dars shaklida innovatsiya quyidagi shakilda ko‘rishimiz mumkin; a) Standart dars -dars ichidagi struktura o‘zgarmaydi b) Nostandart dars -dars ichidagi struktura o‘zgaradi. v) Vertual dars - yani masofadan o‘qitish. Biz talabalarga mutaxassisligi yuzasida o‘rganayotgan bilimlarini amaliy texnologiyalarini epistemologik yondashuv asosiga qurishga quyidagi usulimizni na’muna sifatida keltirishimiz mumkinki, bunda talaba, bilimlarini mustahkamlash va darslarni qiziqarli qilish uchun samarali vosita sifatida tanlay oladi. “Baliq ovi” o‘yini Talabalar oldindan tayyorlab olingan dengizdagi baliqlardan birini tanlab, orqa qismiga yozilgan savollarga javob beradi. Agar javob to‘g‘ri bo‘lsa, baliq akvariumga qo‘yiladi; noto‘g‘ri javob berilgan taqdirda, baliq dengizga qaytariladi. Mazkur metoddan quyidagi holatlarda foydalaniladi ➖ Savol-javob faoliyatida: talabalarga mavzu bo‘yicha savollar berilib, to‘g‘ri javoblar akvariumga baliq sifatida qo‘yiladi. Bu usul talabalarning bilimlarini mustahkamlash va mavzuni yaxshiroq o‘zlashtirishga yordam beradi. ➖ Mavzularni takrorlashda: talabalarning oldingi darslarda O‘rgangan b
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bo’lajak tarbiyachilarga faoliyati davomida epistemologik tahlildan foydalanish haqida tavsiyalar berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bo’lajak tarbiyachilarga faoliyati davomida epistemologik tahlildan foydalanish haqida tavsiyalar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, method., Epistemologiya, continuing education, innovatsiya, muammoli tahlil, education, innovation, metod., problem analysis, uzluksiz ta’lim, tarbiyachi, educator, Epistemology
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025