Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РОЛЬ ИНТЕГРАТИВНОГО ПОДХОДА В РАЗВИТИИ КРИТИЧЕСКОГО И ТВОРЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ БУДУЩИХ ПЕДАГОГОВ
Xolmirzayeva Gulbahor (Andijon davlat pedagoika instituti o‘qituvchisi)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada bugungi kunda bo‘lajak tarbiyachilarda tanqidiy va ijodiy tafakkurni rivojlantirishda integrative yndashuv va uning ahamiyati yoritib berilgan. Kalit so‘zlar:tanqidiy tafakkur, ijodiy tafakkur, integrativ yondashuv. Zamonaviy pedagogikada tanqidiy ва ijodiy tafakkur tushunchalari shaxsning tafakkuriy salohiyatini to‘liq shakllantirishga yo‘naltirilgan integrativ jarayon sifatida qaraladi. Bu ikki tafakkur turi o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy tayyorgarligida asosiy kognitiv va reflektiv kompetensiyalar sirasiga kiradi. Tanqidiy tafakkur – bu shaxsning axborotga asoslangan holda mantiqiy, tahliliy va dalillarga tayangan holda fikr yurita olish qobiliyatidir. U mavjud bilim va tajribalarni qayta baholash, sabab- oqibat munosabatlarini aniqlash, muammolarga ko‘p qirrali yondashuvni anglatadi. Tanqidiy fikrlash shaxsdan faqat axborotni qabul qilish emas, balki uni baholash, tahlil qilish va asosli xulosa chiqarishni talab qiladi. Ijodiy tafakkur esa shaxsning yangi, noodatiy, original g‘oyalarni yaratish, mavjud muammoni yangicha hal qilish qobiliyatidir. Bu tafakkur turi mustaqil fikrlash, erkin mulohaza yuritish, alternativ yechimlar topishga asoslanadi. Ijodiy tafakkur insonning kognitiv faoliyati bilan bir qatorda estetik va emotsional-intellektual salohiyatini ҳам қамраб олади. Pedagogik nuqtai nazardan, ushbu ikki tafakkur turi integratsiyalashgan holda bo’lajak tarbiyachilarning kasbiy-pedagogik tafakkurini shakllantirish uchun poydevor vazifasini o’taydi. Masalan, tanqidiy tafakkur orqali tarbiyachi tarbiyaviy muammolarni chuqur tahlil qiladi, ijodiy tafakkur orqali esa ularga noodatiy, samarali yechimlar topadi. Bu fikr A.V. Kxutorskoy tomonidan ilgari surilgan «shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim» konsepsiyasida ham asoslab berilgan — bunda har bir tarbiyalanuvchining tafakkur shakllanishiga individual yondashuv muhim o‘rin tutadi. Sharq allomalari ham bu borada muhim fikrlar bildirgan. Jumladan, Al-Farobiy “Aql va tafakkur inson komilligining asosi” deya ta’kidlagan bo‘lsa, Ibn Sino ijodiy tafakkurni “fikr erkinligi” bilan bog‘laydi. Bu qarashlar zamonaviy pedagogik tafakkur konsepsiyalari bilan uyg‘unlashadi. Shunday qilib, tanqidiy va ijodiy tafakkur tushunchalari zamonaviy pedagogikada nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham bo‘lajak tarbiyachilar shaxsiy va kasbiy rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Integrativ yondashuv — bu ta’lim jarayonida fanlar, uslublar va metodlarni o’zaro bog’liq holda, yaxlit tizim sifatida qo’llashga asoslangan pedagogik yondashuvdir. Uning asosiy maqsadi bilimlarni alohida fanlar doirasida emas, balki bir -biri bilan bog’langan holda, hayotiy muammolarni hal qlishga qodir shaxsni shakllantirishdir. Bu yondashuv orqali ta’lim real hayot bilan bog’lanadi, talabalarning tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyati rivojlanadi, ularning fanlararo bog’lanishlarni anglash imkoniyatlari kengayadi. Fanlar integratsiyasi ta’lim mazmunini yaxlitlashtirishga xizmat qiladi. Masalan, atrof- muhitni muhofaza qilish mavzusini o’rganishda biologiya, geografiya va kimyo fanlarini o’zaro bog’liq holda o’rgatish orqali bolalarda murakkab muammolarni ko’pqirrali tahlil qilish qobiliyati shakllanadi. Bunday fanlararo yondashuv oʼquv jarayonini mantiqiy va mazmunan boy qiladi, bilimlarning chuqur va mustahkam oʼzlashtirilishiga zamin yaratadi. Uslublar integratsiyasi esa taʼlim jarayonida qoʼllanadigan oʼqitish va oʼrganish usullarini uygʼunlashtirishni nazarda tutadi. Masalan, lektsiya va muhokama (diskussiya), keys-stadi, klaster yoki proektli oʼqitish kabi uslublarni birgalikda qoʼllash orqali taʼlim jarayoni faol va interaktiv 634 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil tusga kiradi. Bu usullar oʼquvchining bilim olish jarayonidagi faolligini oshiradi, mustaqil fikrlash, tahlil qilish va yechim topish koʼnikmalarini shakllantiradi. Metodlar integratsiyasi esa oʼqitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadida turli metodlarni moslashtirib qoʼllashni anglatadi. Masalan, ijodiy fikrlashni shakllantirishda muammoli vazifalar yechish, rolьli oʼyinlar tashkil etish, tajriba asosida bilim berish kabi turli metodlardan birgalikda foydalanish taʼlim jarayonini samaraliroq qiladi. Bu orqali nazariy bilim amaliy koʼnikmalar bilan uygʼunlashadi, oʼquvchi bilimlarni faqat passiv qabul qiluvchi emas, balki faol ijodkorga aylanadi. Xulosa qilib aytganda, tanqidiy va ijodiy fikrlash mezonlari va indikatorlaridan foydalanish boʼlajak tarbiyachilarning kasbiy rivojlanishi, ularning muammolarni yechish va yangicha yondashuvlar ishlab chiqish qobiliyatini aniqlash va rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Bu esa oʼquv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi 2022-2026- yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” gi PF
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bugungi kunda bo‘lajak tarbiyachilarda tanqidiy va ijodiy tafakkurni rivojlantirishda integrative yndashuv va uning ahamiyati yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bugungi kunda bo‘lajak tarbiyachilarda tanqidiy va ijodiy tafakkurni rivojlantirishda integrative yndashuv va uning ahamiyati yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- creative thinking, творческое мышление, ijodiy tafakkur, tanqidiy tafakkur, критическое мышление, critical thinking
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026