Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОРГАНИЗАЦИЯ ВНЕКЛАССНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПО МАТЕМАТИКЕ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ.
MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH. · Xakimova Nargiza Bahodirovna (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Bu maqolada zamonaviy matematikaning oʻrni va ahamiyati ochib berilgan boʻlib boshlangʻich sinf oʻquvchilaring matematika fanini oʻqitishda yuzaga keladigan yutuqlarga asoslangan. Dars jarayonini qiziqarli oʻtkazish va bolalarni darsga boʻlgan qiziqishini oshirish yangidan yangi natijalarga erishishga asosidir. Kalit so‘zlar: yangi pedagogik texnologiyalar, zamonaviy taʼlim, metodlar, innovatsiya, integratsiya, muammoli metod. .Ta’limning darsdan tashqari yordamchi shakllari (to‘garak, matematika kechasi va boshqa turlari); o‘zlashtirmaydigan o‘quvchilar bilan ishlash; o‘quvchilar uy vazifalari, uni tashkil qilishga qo‘yilgan talablar; xatolar ustida ishlash, o‘quvchilar bilimini tekshirish metodlari; Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematika darslarida y Ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish. Mantiqiy tushunchalar. “Shakli bir xil”, “shakli har xil” tushunchalari. “Barchasi”, “ayrimlari”, “ ...dan tashqari barchasi”, “har qanday”, “ixtiyoriy”, “...lardan biri”, “barchasidan biri” va ularning ma’nolari. Matematik xossalar. Ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish. Matematikaga ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash. Matematikani chuqurlashtirib o‘qitish xususiyatlari. Oz komplektli maktablarda matematika o‘qitishni tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. O‘zbekistonda oz komplektli maktablarning mavjudlik holati. Mustaqil ishni to‘g‘ri tashkil etishda o‘quv topshiriqlarining mufassal ishlanmalarini eslatmalar yordamida beradi. Mustaqil ishlash usullari bilan bolalarni o‘qituvchi maktabdagi birinchi darslaridan boshlab tanishtira boshlaydi. Dastlab bu topshiriqlar kichik hajmli va ergashish xarakterida bo‘ladi. Masalan, “Sen ham shunday qil” o‘yini. Bu fikrlash uquvini shakllantiradi, matematik nutqni rivojlantiradi, kuchsiz o‘quvchilarning materialni yaxshiroq tushunib olish va hamma qatori o‘z muvaffaqiyatlaridan quvonishlariga imkon yaratadi. O`zbekistonda Respublikasida tog`li va cho`l joylarda kichik – kichik va uzoq aholi yashaydigan punktlar mavjud bo`lib, bu joylarda bir sinfga belgilangan me'yordan ancha kam bo`lgan 6-7 yoshli bolalar bo`lganda oz kompletli maktablar ochiladi. Oz komplektli maktab shunday maktabki, unda bir o`qituvchi bir vaqtda bir necha sinf bilan ishlaydi. Bu sinfda o`quvchilar soni 3 tadan 30 tagacha bo`lishi mumkin. Bir o`qituvchi hamma (I-IV) sinflar bilan bir vaqtda ishlaydigan maktab bir komplektli maktab deyiladi. Ikkita o`qituvchi 4 ta sinf bilan ishlaydigan maktab ikki komplektli maktabdeyiladi. Ikki komplektli maktabda 4 ta sinfni birlashtirishning quyidagi variantlarini amalga oshirish mumkin: 1) I va II sinflar: III-IV sinflar. 2) I-III va II-IV sinflar. Ikki komplektli maktabda bir o`qituvchi ikkita sinf bilan ishlaydi. Demak, o`quvchilar soni, tayyorligi, o`quv imkoniyatlarini hisobga olib birlashtirish ham mumkin. Hozirgi paytda respublikamizda asosan bir komplektli maktablar ko`pchilikni tashkil qiladi. Oz komplektli maktabda ishlash o`qituvchi va o`quvchilar uchun bir qator qiyinchiliklar va to`siqlar bilan bog`liq. adpi.uz universaljurnal.uz 314 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil 1. O`qituvchi har kuni darsga tayyorlanishi va turli fanlardan eng kamida 8 soat dars o`tishi kerak. Oz komplektli maktabda reja tuzish ancha murakab, har kuni 8-16 ta reja ustida ishlash qiyin va ko`p vaqt talab qilishi bilan, pedagogik samara beradigan bir butun qilib birlashtirish zarurligi bilan farq qiladi. Bularning hammasi o`qituvchidan tegishli bilimlarni bilishdan tashqari, maksimal darajada kuch-g`ayrat, uyushqoqlik, sabr va qat'iylik talab qiladi. 2. O`qituvchining bir necha sinfga diqqat e'tiborini taqsimlashi qiyin. 3. O`qituvchi butun sinf bilan darsning yarmi yoki qismi davomida shug`ullanishga, qolgan vaqtda o`quvchilar bilan mustaqil ishlashni tashkil qilishga to`g`ri keladi. 4. O`quvchilar mustaqil ish bajarishayotganda, darhol o`qituvchidan yordam olish imkoniyati yo`q, chunki bu vaqtda o`qituvchi boshqa sinf bilan band bo`ladi. 5. O`quvchilar, boshqa sinf o`quvchilariga xalaqit berishlariga qaramasdan, mustaqil ishlaverishi kerak. Bu qiyinchiliklar bilan bir qatorda oz komplektli maktab o`quvchilari uchun bir qator afzalliklar ham mavjud: 1. Sinf o`quvchilari sonining kamligi (3-5). Bu o`qituvchiga tez – tez so`rab turish, o`quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash va tuzatish imkoniyatlarini beradi. 2. Oz komplektli maktab o`qituvchisi daftar tekshirishga oz vaqt sarflaydi. 3. O`quvchilar darsning taxminan 1/4 qismida mustaqil ishlaydi. Buning o`quv maqsadlaridan tashqari, katta tarbiyaviy ahamiyati ham bor: iroda mustahkamlanadi, uyushqoqlik, ishchanlik, qiyinchiliklarni mustaqil bartaraf qilish malakasi tarbiyalanadi, o`z – o`zini tekshirish malakalari tarbiyalanadi. 4. Katta sinf o`quvchilari kichik sinf o`quvchilariga yordam berishlari mumkin,
Доказательный фрагмент
«Bu maqolada zamonaviy matematikaning oʻrni va ahamiyati ochib berilgan boʻlib boshlangʻich sinf oʻquvchilaring matematika fanini oʻqitishda yuzaga keladigan yutuqlarga asoslangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюBu maqolada zamonaviy matematikaning oʻrni va ahamiyati ochib berilgan boʻlib boshlangʻich sinf oʻquvchilaring matematika fanini oʻqitishda yuzaga keladigan yutuqlarga asoslangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yangi pedagogik texnologiyalar, new pedagogical technologies, zamonaviy taʼlim, modern education
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025