К содержанию
РецензированоRU2025

ВОСПИТАНИЕ ДЕТЕЙ С МАЛЕНЬКОГО ВОЗРАСТА В НАЦИОНАЛЬНОМ ДУХЕ РАЗВИТИЕ РЕЧЕВОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ У РЕБЕНКА В ПРОЦЕССЕ

Yuldasheva Dilafro‘z Mahamadaliyevna · Abdumajidova Muattarxon Akramjon qizi

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqola kichik yoshdagi bolalarni milliy ruhda tarbiyalash jarayonida nutqiy kompetensiyaning o‘rni haqida. Maqolada, nutqning bolalar tarbiyasidagi ahamiyati, milliy kimlikni shakllantirishda va milliy qadriyatlarni o‘rgatishda qanday muhim rol o‘ynashi haqida so‘z yuritiladi. Nutq orqali bolalar o‘z millatini anglash, madaniy qadriyatlarni o‘rganish, tarixiy voqealar va milliy qahramonlarni tushunish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Nutqiy kompetensiyaning rivojlanishi, bolalarga milliy ruhni ifodalash, fikrlarini aniq va izchil tarzda bildirish, va jamiyatda faol ishtirok etishga yordam beradi. Maqola, nutq orqali bolalarga vatanseverlik, axloqiy qadriyatlar va milliy tarixni o‘rgatishning muhimligini ta’kidlaydi. Nutqning bu jarayondagi roli bolalar ruhiy va ijtimoiy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: Kichik yoshdagi bolalar, milliy ruh, nutqiy kompetensiya, tarbiya, milliy o‘zlik, madaniy qadriyatlar, vatanseverlik, axloqiy qadriyatlar, tarixiy voqealar, milliy qadriyatlarni o‘rgatish, fikrni ifodalash, ruhiy rivojlanish, ijtimoiy kompetensiya, milliy tarbiya O‘zbekiston “Milliy tiklanishdan –milliy yuksalish sari” tamoyili asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Yangi davr shiddati ta’lim-tarbiya tizimiga ham o‘zining aniq, qat’iy talablarini qo‘ymoqda. Ushbu talablar doirasida davlatimizda ta’lim sohasida pedagoglarning moddiy-ma’naviy sharoiti tubdan yaxshilanib, ta’lim sifatini oshirishning zamonaviy texnologiyalari joriy qilinmoqda. Kichik yoshdagi bolalar jamiyatning kelajagini belgilovchi, o‘zligini anglaydigan va milliy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtiradigan avloddir. Milliy ruhda tarbiyalash, o‘g‘il-qizlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirish, madaniy qadriyatlarni o‘rgatish, tarixiy an’analarga hurmat bilan qarashni o‘rgatish jarayonida nutqiy kompetensiya katta rol o‘ynaydi. Nutq, insonning o‘z fikrlarini boshqalarga etkazish, jamiyatda o‘z o‘rnini topish va o‘zligini his qilish vositasidir. Shu bois, bolalarni milliy ruhda tarbiyalashda nutqning o‘rni beqiyosdir. Milliy o‘zlikni shakllantirishda nutqning ahmiyati. Milliy ruhning shakllanishida tilning alohida o‘rni bor. Nutq orqali bolalar o‘z millatining tarixini, madaniyatini va an’analari haqida bilimlarga ega bo‘ladilar. Til, milliy o‘zlikni yaratishda, bolalarga o‘z xalqining qadriyatlarini, tarixini, madaniyatini o‘rganishda yordam beradi. Milliy tilni bilish bolaga o‘z tarixini anglash imkonini beradi va uni o‘z millatining bir qismi sifatida his qiladi. Nutqiy kompetensiya orqali milliy qadriyatlarni o‘rgatish.Bolalarga milliy ruhni o‘rgatishda nutqiy kompetensiya ularning madaniy va axloqiy qadriyatlarini o‘rganishga yordam beradi. Milliy qadriyatlarni bolalarga tushuntirishda tilning o‘rni beqiyosdir. Nutq, o‘z fikrini to‘g‘ri va aniq ifodalash, milliy qadriyatlar haqida tushuntirish va ularga milliy tarixni o‘rgatishda samarali vosita bo‘ladi. Nutq orqali bolalar milliy qahramonlarni, ularning hayotini, xalqining tarixini o‘rganadilar. Bu esa ularda milliy o‘zlikni, vatanseverlikni va madaniy qadriyatlarni mustahkamlashga yordam beradi. Ijtimoiy rivojlanish va nutqiy kompetensiya. Milliy ruhda tarbiyalashda nutqiy kompetensiya bolalarning ijtimoiy rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. Nutq, bolalarga ijtimoiy muhitda to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi, o‘z fikrlarini boshqalarga aniq va tushunarli tarzda ifodalashni o‘rgatadi. Nutq orqali bolalar o‘z fikrlarini bildiradilar, fikrlarida adolat, hurmat, va o‘zaro tushunishni o‘rganadilar. Bu ularning ijtimoiy faolligini oshiradi va jamiyatga bo‘lgan mas’uliyatlarini anglatadi. Milliy tarixni nutq orqali tushuntirish. Milliy tarixni o‘rganish, bolalar uchun juda muhimdir. Tarix, millatning o‘zligini anglashda, xalqning madaniy qadriyatlari, an’analari, urf-odatlari haqida ma’lumot berish orqali 650 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil milliy ruhni shakllantiradi. Nutq orqali bolalarga milliy tarixni tushuntirish, ularning vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga yordam beradi. Tarixiy qahramonlarning hayoti, ularning yurt mustaqilligi yo‘lidagi kurashlari bolalarda milliy g‘urur va faxr hissini uyg‘otadi.Nutq bolalarni nafaqat madaniy, balki ruhiy va axloqiy jihatdan ham tarbiyalaydi. Nutq, bolalarga o‘z fikrlarini o‘zgalar bilan tushunarli tarzda aytishni o‘rgatadi va bu ularning ijtimoiy munosabatlarda hurmat, to‘g‘rilik, va hamjihatlikni ta’minlaydi. Milliy qadriyatlar, bolalarga axloqiy me’yorlarni o‘rgatishda ham muhim vosita bo‘ladi. Milliy ruhda tarbiyalangan bola, o‘zining axloqiy mas’uliyatini anglab, o‘zini jamiyatda yaxshi va faollik bilan namoyon qiladi. Kichik yoshdagi bolalarni milliy ruhda tarbiyalash jarayonida nutqning o‘rni juda muhimdir. Nutq, bolalarning fikrlarini, his-tuyg‘ularini ifodalashda yordam beradi va ularni milliy qadriyatlar asosida rivojlantiradi. Milliy ruhni tarbiyalashda nutq bolalarga o‘z xa

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola kichik yoshdagi bolalarni milliy ruhda tarbiyalash jarayonida nutqiy kompetensiyaning o‘rni haqida.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola kichik yoshdagi bolalarni milliy ruhda tarbiyalash jarayonida nutqiy kompetensiyaning o‘rni haqida. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Young children, Kichik yoshdagi bolalar, national spirit, milliy ruh
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники