Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПЕДАГОГИКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ ВОЗДЕЙСТВИЕ МУЗЫКИ НА ОБРАЗОВАНИЕ СТУДЕНТОВ ЗНАЧЕНИЕ
M Adhamjonova (Андижанская городская общеобразовательная школа № 20)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida musiqa fanining ahamiyati, o‘quvchi tarbiyasidagi roli, musiqaning pedagogic-psixologik ahamiyati yoritib berilgan. Kalit so‘zlar:musiqa, o‘quvchi, tarbiya, xalq musiqasi, kasbiy musiqasi. O‘zbek musiqa madaniyati qadimiy va boy merosga ega. Uning mazmunida xalqimizning milliy ruxiyati, oliy insoniy fazilatlari, badiiy ma’naviyati, istiqlol va mustaqillik uchun kurashi hamda orzu-umidlari yorqin ifodasini topadi. Shuningdek o’zbek musiqasi ta’lim-tarbiyasi uslubiyotiga doir mukammal maktablar shakllangan. Milliy an’anaviy musiqa pedagogikasida quyidagi musiqa ta’lim-tarbiyasi uslubiyotlari mavjud: 1. Ommaviy xalq musiqa pedagogikasi. Bu xalqning kundalik hayotida, oilaviy marosim, mexnat jarayoni va boshqalarda o’z ifodasini topib, tabiiy ravishda va beixtiyor amalga oshirilib boriladi. To’y-hashamlarda, ta’ziyalarda musiqaning ommaviy janrlari yakka va jamoaviy tarzda ijro etiladi. Shu jarayonda yangi kuy hamda qo’shiqlar vujudga keladi. Bu esa xalqning badiiy musiqiy rivojida, musiqa merosimizni boyitishda, ayniqsa yosh avlodni axloqiy-badiiy tarbiyalashda bebaho omil hisoblanadi. 2. Kasbiy musiqa ta’limi uslubiyoti mukammal maktabga ega. Uning amaliyotida ta’limning ilmiyligi, davomiyligi va izchilligi mantiqan bog’langan. Ta’lim mazmuni kasb fazilati va nafosati hamda sharqona axloqiy tarbiya tufayli boydir. Bunda ustoz-shogird amaliyotida ustozni tajribada ega ekanligi ayniqsa, mohir ijrochiligi va ma’naviy boyligi muhim rol o’ynaydi. Yosh san’atkorlar yillar davomida musiqani nazariy va amaliy mukammal o’rgangandan so’nggina xalq xizmatiga bel bog’lashga, ustozlar oq fotihasini olganlar. Kasbiy musiqa ustozligida mohir ijrochilar- cholg’uchilar-xalfalar, dostonxonlar va maqomchilar uetishib chiqadi. Ayni holda ularning ko’pchiligi bastakorlik ilmidan ham saboq olib, musiqa merosimizni boyitib kelmoqdalar.Xalq va kasbiy musiqa pedagogikasi amaliy o’zaro bog’liq bo’lib, bir-birini boyituvchidir. 3. Milliy musulmon maktablari va madrasalarida musiqa falsafa ilohiyot va adabiyot ta’limi bilan uygun tarzda bog’lanib o’qitiladi. Bu ko’proq savod chiqarish va Qur’oni Karim suralarini qiroat qilish jarayonida yakka, guruhli va jamoaviy talaffuz ifodaliligi va musiqiy ohangdorligi ( aniq- burroligi, mantiqiyligi, tovush hosil qilish va ovoz maromlari, nafas tartiblari v.b.) ustida muayyan usullarni qo’llab ish olib boriladi. Adabiyot fanini o’qitilishi ham san’at sifatida azaldan musiqa bilan uzviy bog’langan. Bunda she’riyat va musiqa vaznlari aruz o’lchovlari asosida mushtarak o’rganilgan. Shu bois ko’pchilik adiblar va olimlar musiqa ilmining rivojiga salmoqli ulush qo’shganlar. Madrasalardagi o’ziga xos badiiy ta’lim musiqa merosimizning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Bu ko’proq so’fiylar ta’limoti ta’sirida maqomlar hamda darvishlar, zikrchilar va qalandarchilikning musiqiy-badiiy mazmunida falsafiy g’oyalarning rivojlanishi uchun muhim rol o’ynagan. Sho’ro davrida O’zbekiston maktablarida musiqa san’ati fan sifatida o’qitilganligi, ijobiy hol bo’lgan, albatta. Bunda muayyan tajribalarga, maxsus kadrlar tayyorlashga erishildi. Ammo bu tadbirlar yosh avlodning musiqa madaniyatini tarkib toptirishiga uetarli darajada qodir bo’lolmadi. Bunda quyidagi muammolar sabab bo’ldi: ·musiqa o’qitish nazariyoti va amaliyoti mazmuni va uslubiyoti tor kommunistik g’oyaviylik qolipidagi Rusiya maktablari dasturlari va o’qitish uslubiyotiga asoslanganligi, milliy musiqa pedagogikasi bilan uzviy bog’lanmaganligi; ·musiqa predmetiga ikkinchi darajali fan sifatida qaralib, unga oz o’quv soati ajratilganligi, zaruriy shart-sharoitlar yaratilmaganligi hamda uslubiy va moddiy ta’minotning zaifligi; 657 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil · musiqadan iqtisodli va iqtisodiy cheklangan bolalarning bir qolip, bir sharoitda o’qitilishi, qobiliyatli bolalar va o’quvchilar iqtidorini rivojlantirish uchun bog’cha va maktablarda zaruriy shart-sharoitlar yaratilmaganligi, qobiliyatli bolalar uchun turli tipdagi maxsus musiqa va san’at maktablarining kamligi; ·bolalar musiqa folklori deyarli tadqiq etilmaganligi, to’planmaganligi hamda nashr etilmaganligi, milliy bolalar cholg’u asboblari yaratilmaganligi; ·kompozitor va bastakorlarimiz asosan bolalar qo’shiqlari yaratish bilan kifoyalanib, kichik va syujetli cholg’u hamda musiqa sahna asarlari esa deyarli yaratilmaganligi; ·musiqadan kam va sifatsiz o’qituvchi kadrlar tayyorlanganligi, ularning umumiy hamda milliy musiqadan nazariy va amaliy bilim-malakalarining sayozligi kabilar sabab bo’ldi. Yuqoridagilarning har biri bugungi kunda dolzarb muammoga aylandi. Bu inqirozli ahvoldan chiqishning yagona va to’g’ri yo’li musiqa ta’lim-tarbiyasini milliy-madaniy an’analar asosida qayta qurishdan, maktablarning moddiy uslubiy ta’minotini yaxshilashdan va ixtisosli kadrlar bilan ta’minlashdan iboratdir. Toki musiqa ta’lim-tarbiyasi “millatni oliy maqs
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida musiqa fanining ahamiyati, o‘quvchi tarbiyasidagi roli, musiqaning pedagogic-psixologik ahamiyati yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada umumta’lim maktablarida musiqa fanining ahamiyati, o‘quvchi tarbiyasidagi roli, musiqaning pedagogic-psixologik ahamiyati yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, music, o‘quvchi, education, musiqa, student
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026