К содержанию
РецензированоRU2025

ДЕТСКИЙ ДЕТСКИЙ ПАРАЛИЧ

BOLALAR SEREBRAL FALAJI · Akbaraliyeva Marhaboxon Akmaljon qizi (Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Bolalar serebral falaji – bu bosh miya harakatlantiruvchi zonalari va bosh miyadagi harakatni yo‘naltiruvchi yo‘llarini zararlanishi bilan kechadigan markaziy nerv sistemasi kasalligidir. Kalit so‘zlar: nerv, serebral, bola, shakllanish, qo‘l, oyoq, ichkari, nutqiy, aqliy, jismoniy. Odam organizmi tashqi muhit bilan doimo aloqada bo‘lib turadi. Bu bog‘lanishda tayanch-harakatlanish sistemasi muhim ahamiyatga ega. Harakatlanish tufayli odam ish bajaradi, atrofdagi odamlar bilan muloqotda bo‘ladi. Tayanch-harakatlanish sistemasi skelet va muskullar sistemasidan iborat. Odam skeletining funksiyasi–ko‘p qirrali. Eng muhimi u gavdada tayanch va himoya vazifasini bajaradi. Skeletning tayanch funksiyasi orqali odam gavdasini tik tutadi. Skelet ichki organlarni, qon tomirlari va nerv sistemasini himoya qilish funksiyasini ham bajaradi. Tayanch-harakat a’zolarining nonormal rivojlanishi natijasida turli potologik jarayonlar vujudga keladi. Masalan, harakat-tayanch a’zolari jarohatlanganda bolalar serebral falaji kelib chiqadi. Bolalar serebral falajida miyaning harakat va nutq sistemasida erta organik buzilishlar kuzatiladi. Bu buzilishlarning sabablari turlicha: infeksion kasalliklar, homiladorlik davridagi turli intoksikatsiya va jarohatlanishlar, surunkali kasalliklar, ona va homila qonining rezus faktor va guruhi bo‘yicha nomunosibligi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari homilaning erta yoki kech tug‘ilishi, genetik faktorlar ham asosiy shartlardan bo‘lishi mumkin. Bolalar serebral falaji ona homilasining faoliyatini buzilishi natijasida sodir bo‘ladigan akusherik jarohatlari, tug‘ruq paytida kindikni bo‘yin atrofida o‘ralib qolishi natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holatda bolaning markaziy nerv sistemasiga kislorod yetishmay qolib, bosh miya nerv hujayralarini zararlanishiga olib kelishi mumkin. Bolalar serebral falaji tug‘ruqdan keyin neyroinfeksiyalarning kechishi va bosh miyaning qattiq jarohatlanishidan ham kelib chiqishi mumkin. Bu bolalarda barcha harakat funksiyasini shakllanishida susayish va buzilishlar kuzatiladi. Boshni ushlash, o‘tirish, turish funksiyalari qiyinchilik bilan yoki kechikib shakllanadi. Bolalar serebral falajida harakatning buzilishi asosiy nuqso hisoblanib, u o‘ziga xos motor anamaliyani rivojlanishini ko‘rsatadi, bu esa o‘z navbatida bola asab-psixik funksiyasini rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Serebral falajlik rivojlanishining ilk bosqichlarida miyaning harakatlanishini nazorat qiluvchi qismlariga jarohat yetishi sababli kelib chiqadi. Ko‘p holatlarda bu jarohat homiladorlik davrida ro‘y beradi. Ba’zan tug‘ruq jarayonida va chaqaloqlik davridagi miya jarohatlari (kislorod yetishmovchiligi sababli bo‘g‘ilish–asfiksiya, meningit, bosh qismining lat yeyishi yoki chayqalishi)da ro‘y beradi. Har 1000 ta boladan 2 tasida serebral falajlik qayd etiladi. Serebral falaj bolalar quyidagi qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin: – Tananing qismlari yaki butunlay harakatlanmasligi; – Og‘zaki bo‘lmagan muloqot (yuz ifodasi har doim ham emotsiyalarni to‘g‘ri anglatmasligi mumkin ya’ni, bola kulayotgandek tuyilishi mumkin ammo aslida u juda hafa yoki g‘amgin bo‘lishi)dagi; – Muskullarda ixtiyorsiz harakatlar (spazmlar)dagi; – Ovqatlanishdagi muammolar; – Muskul bo‘shligi yoki tarangligidagi muammolar; – Muvozanat va mo‘ljaldagi muammolar; 665 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil – Holat (gavdani istalgan holatga qo‘yiish va shu holatda saqlash); Kasallikning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan harakat buzilishlari bola serebral falajida har xil namoyon bo‘ladi. Bosh miyadagi harakat markazlarining jarohatlanish darajasi, xususiyatlariga ko‘ra, bolalarda tayanch-harakat a’zolaridagi turli xildagi falajlanishlarni keltirib chiqaradi. Shunga ko‘ra, bu toifadagi bolalar quyidagicha klassifikatsiyalanadi: – Ikki yoqlama gemiplegiya; – Spastik dipligiya; – Giperkinestik shakli; – Gemiparetik shakli; – Atonik-astatik shakli; Ikki yoqlama gemiplegiya – bolalar serebral falajining eng og‘ir shaklidir. Bu bolalarda inson uchun eng muhim bo‘lgan funksiyalar: nutqiy, ruhiy va jismoniy holatlarda og‘ir buzilishlar mavjud bo‘ladi. Bunday shaklning tashqi ko‘rinishidagi asosiy belgilari: bola tanasining bir qismi falajlangan bo‘lib, asosan qo‘l bukilgan holatda, qo‘l ham oyoq ham ichkariga qaragan va bukilgan holatda bo‘ladi. Spastik dipligiya– bu eng ko‘p tarqalgan shakli bo‘lib, ma’kum bir og‘ir kasallik yokiu Littal sindromining ta’sirida kelib chiqadi. Spastik dipligiya shaklidagi bolalarda ikkilamchi nuqson sifatida ruhiy rivojlanishida sustlashishi kuzatiladi. 30-35% bu shakldagi bolalarda yengil darajadagi aqliy zaiflik, 70%ida esa nutq nuqsonlari kuzatiladi. Spastik dipligiya turidagi falaj bolalarning oyoqlari qo‘llariga nisbatan ko‘proq serebral falajlik ta’siri ostida bo‘lib, qo‘llar biroz beo‘xshov harakatlanadi. Oyoqlar bir-biriga yopishgan va ichkariga qaragan holatda bo‘lishi kuz

Доказательный фрагмент

«Bolalar serebral falaji – bu bosh miya harakatlantiruvchi zonalari va bosh miyadagi harakatni yo‘naltiruvchi yo‘llarini zararlanishi bilan kechadigan markaziy nerv sistemasi kasalligidir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bolalar serebral falaji – bu bosh miya harakatlantiruvchi zonalari va bosh miyadagi harakatni yo‘naltiruvchi yo‘llarini zararlanishi bilan kechadigan markaziy nerv sistemasi kasalligidir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
serebral, формирование, nerve, nerv, cerebral, рука, qo‘l, ребенок, hand, child, shakllanish, мозговой, formation, bola, нерв
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники