К содержанию
РецензированоRU2025

ДЕТИ С ПРОБЛЕМАМИ СЛУХА

Talabasi Ro‘ziboyeva Diyora Ilyosbekqizi (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarni sifatli o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va reabilitatsiya qilishning shartlaridan biri bu mutaxassislarning har birining eshitish funktsiyasi holatining xususiyatlarini to‘g‘ri tushunish va ularni barcha turdagi psixologik va ruhiy kasalliklar tizimida hisobga olishdir. Eshitish holatiga ko‘ra eshitish qobiliyati zaif (eshitadigan) va karlar farqlanadi. Eshitish qobiliyatining yo‘qolishi - bu doimiy eshitish qobiliyatining yo‘qolishi. Kalit so‘zlar: daktil nutq, tafakkur, anomaliya, anomal bolalar, sezgi, vizual idrok, teri sezgisi, surdapedagogika, psixologik. Bola nutqining o‘sib borishi tovushlar talaffuzi, fiziologik va fonematik eshitishning kamol topib borish darajasi bilangina xarakterlanib qolmay, balki eng muhimi — o‘z nutqi va atrofdagilar nutqidagi so‘zlarning tuzilishini, tovush tarkibini farqlay olish qobiliyati bilan ham harakterlanadi. So‘z tarkibini anglab olishdan iborat bu qobiliyat gramatik va leksik komponentlarning rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega. Eshitishning ahamiyati shundan iboratki, odam hayotdagi ba'zi voqealarni ko‘rgandagiga nisbatan, ularning mazmunini eshitganida to‘liqroq tushuncha oladi. Masalan, odam biror namoyishni televizordan ovozsiz tomosha qilganda olgan tushunchasiga nisbatan shu namoyishning mazmunini radio orqali eshitganida to‘liqroq tushunchaga ega bo‘ladi. Binobarin, eshitish organining faoliyati normal bo‘lishi, avvalo, har bir odamda bolaligidan boshlab nutq paydo bo‘lishi va rivojlanishiga imkon beradi. Bolaning keyingi hayoti davrida eshitish va nutqning birgalikda rivojlanishi uning tarbiyalanishida, bilim olishi, hunar o‘rganishi, musiqa san'atini tushunishi va barcha ruhiy faoliyatining shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Bu kabi ishlarni amalga oshirilishida eshitish a’zosining benuqson ishlashi katta ahamiyatga ega. Eshitish organi bo‘lgan quloq bosh suyagining chakka qismida joylashgan. U uch qismdan: tashqi, o‘rta va ichki quloqdan iborat. Kar bolalarning 25—30 foizida eshitish nuqsonlari tug‘ma bo‘ladi. Bunga sabab: onaning xomiladorlik davrida turli kasalliklar, masalan, gripp bilan kasallanishi, ota-onalarning ichkilik ichib turishi, onaning xomiladorlik davrida bilar-bilmas dori-darmonlarni iste’mol qilishi (ayniqsa, streptomitsin, xinin, singari dorilarni), xomilaning shikastlanishi; irsiyat, genetik faktorlar (quloq tuzilishidagi patologik o‘zgarishlar bo‘lishi, masalan, eshitish yo‘li atreziyasi bituvi). Eshitishdagi orttirilgan nuqsonlar quloq yoki eshitish analizatorining tuzilishidagi kamchiliklardan kelib chiqishi mumkin. Bunga oliy nerv markazi, o‘tkazuvchi yo‘llar yoki quloqning o‘zidagi o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Bolaning ilk yoshida otit, parotit (tepki) meningit, meningoensefalit, qizamiq, qizilcha, gripp kasalliklari bilan kasallanishi ba’zi hollarda karlik yoki turli darajalardagi zaif eshitishga olib kelishi mumkin. Zaif eshituvchi bolalar o‘z navbatida eshitish qobiliyatining nechog‘lik buzilganiga qarab yengil, o‘rta va og‘ir darajali kamchiligi bor bolalarga bo‘linadi. Yengil darajadagi zaif eshituvchi bolalar ovoz bilan gapirilgan nutqni 6—8 m masofadan ovoz chiqarmay, shivirlab gapirilgan gapni quloq suprasidan 3—6 m masofada eshitadi. O‘rta darajadagi qulog‘i og‘ir bolalar ovoz chiqarib gapirilgan gapni 4—6 m, ovozsiz pichirlab gapirilganini 1—3 m masofadan eshitadi. Og‘ir darajali qulog‘i zaif eshituvchi bola o‘rta me’yorda ovoz bilan gapirilgan gapni quloq suprasidan 2 m, shivirlashni esa 0,5 m masofadan eshitadi, xolos. . Yengil darajadagi zaif eshituvchi bolalar sog‘lom tengdoshlari qatorida ommaviy bog‘cha va maktabda tarbiyalanishi mumkin. Biroq ularga aloxida munosabatda bo‘lish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish talab etiladi. Eshitish qobiliyati zaiflashgan bolalar bilan 684 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil ishlashda surdopedagoglar katta yutuqlarga erishmoqdalar. Ushbu toifadagi anomal bolalar maxsus kechki maktablarda ta’lim olganlaridan keyin oliy o‘quv yurtlarini ham muvaffaqiyatli bitirib chiqmoqdalar, mamlakatimizning turli korxonalarida hamma bilan barabar mehnat qilmoqdalar. ESHITUV A’ZOSI RIVOJLANISHINING BUZILISHI Bunda eshituv a’zosining noto‘g‘ri rivojlanganligi kuzatiladi, ya’ni a’zoning shakli, tuzilishi o‘zgaradi. Bu uch xil turda bo‘ladi. 1. Og‘ir turida – tashqi quloqning tog‘ay qismi pastga va ko‘proq old tomonga yo‘nalgan bo‘ladi, bundan tashqari tashqi quloqning suyak qismi, nog‘ora bo‘shlig‘i, undagi suyakchalar va eshituv nayi butunlay bo‘lmasligi mumkin. 2. O‘rtacha turida – tashqi eshituv yo‘li old tomonda joylashgan bo‘lib, uning suyak qismi yo‘q bo‘lishi mumkin. Nog‘ora bo‘shlig‘i kichik bolg‘acha, sandoncha suyakchalar yaxshi rivojlanmay, bir-biri bilan yopishgan holda bo‘ladi. 3. Yengil turida –tashqi eshituv yo‘lining suyak qismi juda tor, quloq parda kichik, xira ko‘rinadi. Ichki quloqda ham turli xil tug‘ma nuqsonlar bo‘lishi

Доказательный фрагмент

«Eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarni sifatli o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va reabilitatsiya qilishning shartlaridan biri bu mutaxassislarning har birining eshitish funktsiyasi holatining xususiyatlarini to…»

Образец извлечения

Демо-превью

Eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarni sifatli o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va reabilitatsiya qilishning shartlaridan biri bu mutaxassislarning har birining eshitish funktsiyasi holatining xususiyatlarini to… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tafakkur, : dactyl speech, thinking, : daktil nutq, anomaly, anomaliya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники