Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СИНДРОМ ДАУНА И ВОСПИТАНИЕ ДЕТЕЙ С СИНДРОМОМ ДАУНА
Talabasi Sodiqova Azizaxon
Универсал международный научный журнал · 2 · 2025
Аннотация
Berilgan maqolada daun sindromi haqida ma’lumotlar hamda uni oldini olish sabablari haqida yoritilgan. Daun sindromi bilan kasallangan bolalar parvarishi va tarbiyasi haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so’zlar: Daun sindromi, xromosoma, patologiya, mongolizm, korreksiya, sog’lik, kombinatsiya, sindrom, translokatsiya. Har bir mamlakatda amalga oshiriladigan ta’lim - tarbiya tizimi negizida muayyan maqsadlar yotadi. Davlat va jamiyat taraqqiyoti, uning istiqboli shu davlat, shu mamlakatda yashovchi fuqarolarning jismonan baquvvat va sog‘lom bo‘lishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham maxsus (korreksion) pedagogika umumiy pedagogikaning tarbiya qismi sifatida rivojlanishida u yoki bu muammolari bo‘lgan jamiyat a’zolarining ta’lim - tarbiyasi bilan shug‘ullanar ekan. Ularni sog‘lom jamiyat a’zolari qatorida ijtimoiy moslashuvni ta’minlashni asosiy vazifa qilib oladi. Prezidentimiz tomonidan “2008-2012-yillar mobaynida nogironlikning oldini olish uchun tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi to‘g‘risida”gi 16.06.2008-yil PQ-892-sonli Qarori qabul qilindi. Daun sindromi (21-xromosoma trisomiyasi) — genom patologiyalarning bir shakli bo’lib, unda kariotip ko’pincha normal 46 o’rniga 47 xromosoma bilan ifodalanadi, chunki 21-juft xromosomalar normal ikkita o’rniga uch nusxada bo’ladi. Mazkur sindromning yana ikkita shakli mavjud: 21-xromosomaning boshqa xromosomalarga translokatsiyasi (ko’pincha — 15, kamroq hollarda — 14, undan ham kamroq hollarda — 21, 22 va Y-xromosomaga) — 4%; sindromning mozaik varianti — 5%. Ushbu sindrom 1866-yilda uni birinchi marta tasvirlab bergan ingliz shifokori Jon Daun nomi bilan atalgan. Tug’ma sindromning kelib chiqishi va xromosomalar sonining o’zgarishi orasidagi bog’liqlik faqatgina 1959-yilga kelib fransuz genetigi Jerom Lejen tomonidan aniqlangan. Yoshlar slengida «Daun» deya shunchaki ahmoq odamlar kamsitiladi (ingl. Down — pastki). Ingliz doktori Jon Langdon Daun 1862-yilda ruhiy kasallikning bir shakli sifatida tavsiflangan va keyinchalik uning nomi bilan atalgan sindromni ta’riflab bergan birinchi odam edi. Ushbu tushuncha 1866-yilda mazkur mavzu bo’yicha chop etilgan hisobot e’lon qilinganidan keyin keng tarqaldi. Epikantus tufayli Daun mongoloidlar atamasini ishlatgan (sindrom esa «mongolizm» deb nomlangan). Daun sindromi tushunchasi 1970-yillarga qadar irqchilikka juda bog’liq edi. Bordo universitetidan Mete Rivolla Shalon-syur-Son’da cherkov yaqinidagi nekropolda taxmian 1500 yil muqaddam yashagan va Daun sindromi uchun xarakterli belgilari bo’lgan bola qoldiqlarini aniqladi, bu ushbu sindromning eng qadimiy aniqlangan holati edi. Mete ushbu bolaning dafn marosimi boshqalarnikidan farq qilmasligini, ya’ni ushbu sindromdan aziyat chekkan odamlar ijtimoiy tabaqalanmaganligini bildirgan. XX asrda Daun sindromi yetarlicha keng tarqalgan tashxisga aylandi. Daun sindromi bo’lgan odamlar ko’p qayd etilgan, ammo alomatlarning faqat bir qismini to’xtatish mumkin edi. Daun sindromi bilan kasallangan odamlarning ko’pchiligi chaqaloqlik yoki bolalik davrida vafot etgan. Yevgenik harakat boshlanganidan so’ng amerikaning 48 va 33 shtatlarida va boshqa bir qator davlatlarda Daun sindromi va shunga teng darajadagi nogironligi bo’lgan shaxslar ustidan majburiy sterilizatsiya dasturi boshlandi. Bu shuningdek fashistik Germaniyadagi T-4 o’ldirish dasturining bir qismi edi. Sud muammolari, ilmiy yutuqlar va ommaviy noroziliklar ikkinchi jahon urushidan keyin o’n yillar ichida bunday dasturlar bekor qilinishiga olib keldi. XX asrning o’rtalarigacha Daun sindromi sabablari noma’lumligicha qolardi, ammo ushbu sindrom va ona yoshi o’rtasidagi bog’liqlik va sindromga barcha irq vakillar teng ehtimollik bilan chalinishi mumkinligi fanga ma’lum edi. O’sha davrlarda sindrom genetik va nasliy omillarning kombinatsiyasi tufayli kelib 690 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil chiqadi degan nazariya hukm surardi. Boshqa nazariyalar esa sindrom tug’ruq vaqtida jarohatlanish tufayli rivojlanadi degan tushunchani ilgari surgan.1961-yilda, o’n sakkizta genetiklar «The Lancet» muharririgaMo’g’ulcha idiotizm «konnotatsiyani chalg’itishi» va bu «noqulay atama» va u o’zgartirilishi kerakligi bayon etilgan noma yuborishdi. «The Lancet» Daun sindromi nomini ma’qulladi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) mo’g’ul delegatlari murojaatidan keyin 1965-yilda rasman «mongolizm» nomini bekor qildi.1975-yilda AQSh Milliy sog’liqni saqlash instituti nomenklaturani standartlashtirish bo’yicha konferentsiya o’tkazdi. Ular noto’g’ri atalishni bekor qilishni tavsiya qildilar. Buning sababi sindromning kashfiyotchisi bu kasallikdan aziyat chekmaganligi edi. Shunga qaramay, Daun sindromi nomi hali ham barcha mamlakatlarda ishlatiladi. Daun sindromi kamdan-kam uchraydigan patologiya emas — u o’rtacha 700 ta tug’ilishdan bitta holatda kuzatiladi. Hozirgi vaqtda prenatal tashxis tufayli, Daun sindromi bo
Доказательный фрагмент
«Berilgan maqolada daun sindromi haqida ma’lumotlar hamda uni oldini olish sabablari haqida yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюBerilgan maqolada daun sindromi haqida ma’lumotlar hamda uni oldini olish sabablari haqida yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Down syndrome, chromosome, Daun sindromi, синдром Дауна, xromosoma, хромосома
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026