Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ СУТЬ МЕТОДОВ ОБУЧЕНИЯ
Tirkasheva Sevinch Jumanazar qizi (Andijon Davlat Pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada taʼlim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati, ularning o‘quvchi shaxsini shakllantirishdagi o‘rni, metodlarning tasnifi, interfaol metodlarning afzalliklari va ularni amaliyotda qo‘llash yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, metodlarning taʼlim samaradorligiga bevosita ta’siri va ularni tanlashda e’tiborga olinadigan didaktik mezonlar tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: taʼlim metodlari, pedagogik jarayon, interfaol metodlar, kompetensiyaviy yondashuv, o‘quvchi faolligi, metodlar tasnifi, dars samaradorligi. Zamonaviy taʼlim tizimining asosiy maqsadi – o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, hayotiy muammolarni hal etish, o‘z fikrini erkin ifoda etish va jamiyatda faol ishtirok etish kompetensiyalarini shakllantirishdir. Bu esa, bevosita, taʼlim jarayonida qo‘llaniladigan metodlarga bog‘liqdir. Taʼlim metodlari pedagogik faoliyatning vositasi bo‘lib, o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni tashkil qiladi. Shu boisdan ham, taʼlim metodlarining mohiyatini anglash va ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash zamonaviy pedagogik faoliyatning muhim talablaridan biridir. 1.Taʼlim metodlarining pedagogik mohiyati. Pedagogik metodlar deganda o‘qituvchining taʼlim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish, ularni ma’lum faoliyatga jalb etish, bilim berish va tarbiyalashga qaratilgan usul va vositalar tushuniladi. Bu metodlar orqali o‘qituvchi taʼlim mazmunini o‘quvchilarga yetkazadi, ularning bilish faoliyatini faollashtiradi, mustaqil fikrlashga undaydi. Pedagogik metodlarning mohiyati ularning quyidagi funksiyalarida yaqqol namoyon bo‘ladi: ·O’quv faoliyatini tashkil etish; ·Bilimlarni o’zgartirishni yo’lga qo’yish; ·O’quvchilarda amaliy ko’nikmalarni shakllantirish; ·Tarbiya berish va ijtimoiylashuvga yo’naltirish; ·Ijodkorlikni rivojlantirish; 2.Taʼlim metodlarining tasnifi Metodlarning bir nechta tasniflari mavjud. Ular maqsad, shakl, mazmun, o‘quvchining ishtirok darajasi va boshqa mezonlarga ko‘ra ajratiladi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan tasnif quyidagicha: 1. Axborot beruvchi metodlar: Ma’ruza, Tushuntirish, Suhbat 2. Ko‘rgazmali metodlar: Namoyish qilish, Illyustratsiya, Ko‘rgazmalar 3. Amaliy metodlar: Mashqlar, Tajribalar, Laboratoriya ishlari 4. Muammoli va interfaol metodlar: Muammoli vaziyat yaratish, Aql hujumi, Klaster usuli, Rol o‘ynash, debat, loyihaviy usul 3. Interfaol metodlarning afzalliklari Interfaol metodlar o‘quvchilarni passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiradi. Bu metodlar quyidagi afzalliklarga ega: - O‘quvchilarda yuqori motivatsiyani shakllantiradi; - Darsni jonlantiradi, interfaol muhit yaratadi; - O‘z fikrini erkin bildirish imkonini beradi; - Tanqidiy va ijodiy tafakkurni rivojlantirad;i - Jamoaviy ishlash, tinglash va bahs-munozaralarga tayyorlaydi; 692 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil 4. Metodlarni tanlashda e’tiborga olinadigan omillar Metod tanlashda quyidagi omillar inobatga olinishi zarur: - O‘quvchilarning yoshi va psixologik xususiyatlari; - Taʼlim maqsadi va mavzuning mazmuni; - O‘quvchilarning bilim darajasi; - Vaqt va moddiy texnik baza imkoniyatlari; - Fan xususiyatlari (masalan, tabiiy fanlarda ko‘rgazmali metodlar ustun bo‘ladi); 5. Amaliyotda metodlardan foydalanish misollari Pedagogik tajriba shuni ko‘rsatadiki, har bir metodni o‘z o‘rnida qo‘llash dars samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Masalan, ona tili fanida “muammoli savollar” orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish mumkin. Tarix darslarida esa “rol o‘ynash” orqali tarixiy shaxslar nuqtai nazaridan voqealarni tahlil qilishga o‘rgatiladi. Taʼlim metodlari nafaqat bilim berish vositasi, balki o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim pedagogik vositadir. Ularning to‘g‘ri tanlanishi va samarali qo‘llanilishi taʼlim sifatini oshirish, o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va ularning hayotiy tayyorgarligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Har bir o‘qituvchi o‘z pedagogik mahoratini oshirib, zamonaviy yondashuvlarga asoslangan metodlarni tanlay bilishi zamonaviy taʼlim talabidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Turaev A. M., “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, Toshkent: O‘qituvchi, 2020. 2. Yo‘ldoshev Q., “Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish”, Pedagogika jurnali, 2021, №2. 3. Nishonov M. va boshqalar, “Didaktika asoslari”, Toshkent: Fan, 2019. 4. Hasanboyeva O., “Pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar”, Toshkent: Iqtisodiyot, 2022. 5. Shodmonqulov R. A., “Zamonaviy dars va innovatsion metodlar”, Samarqand, 2023. 6. Dewey J., “Experience and Education”, New York: Macmillan, 1938. 7. Vygotsky L. S., “Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes”, Harvard University Press, 1978. 693
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada taʼlim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati, ularning o‘quvchi shaxsini shakllantirishdagi o‘rni, metodlarning tasnifi, interfaol metodlarning afzalliklari va ularni amaliyotda qo‘llash yo‘llari…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada taʼlim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati, ularning o‘quvchi shaxsini shakllantirishdagi o‘rni, metodlarning tasnifi, interfaol metodlarning afzalliklari va ularni amaliyotda qo‘llash yo‘llari… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- интерактивные методы, педагогический процесс, методы обучения, taʼlim metodlari, interfaol metodlar, pedagogik jarayon
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014