К содержанию
РецензированоRU2025

ДЕТИ С СИНДРОМОМ АУТИЗМА

AUTIZM SINDROMLI BOLALAR

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqola har bir Ushbu maqolada autizm sindromiga chalingan bolalar, autism belgilari, autizm sindromiga chalingan bolalar rivojlanish xususiyatlari, autizm sindromili bolalarda kognitiv jarayonlar buzilishlarining psixologik omillari hamda uning amaliy jihatlari keltiriladi. Kalit so‘zlar: Autizm, kognitiv, shizofreniya, emotsional qiyinchilik, autistic. Autizm (grek tilida autos –o’zi) –bu atama 40 yil oldin kirib kelgan, munozarali, lekin ba’zilarning bahslashib kelishicha, shaxsga (odatda bolaga) “autistlik” deb tashxis qo‘yish mumkin. Bu hastalikning asosiy belgilari –bolaning muloqot qilishdagi qiyinchiligi, boshqa odamlar bilan aloqa qilishdan o’zini tortib, go‘yo o‘zining olamida yashayotgandek tuyuladi. Autizm miya faoliyatining buzilishi bo’lib, atrofdagilar bilan bo’ladigan muloqot chog’ida ularda turli muammolar kelib chiqadi. Ushbu kasallikka erta tashxis qo’yilishi bemorlarga jamoa orasida o’z o’rnini topishga yordam beradi. Millat, elat, madaniyat, din va ijtimoiy tabaqa tanlamaydigan bu sindrom ayollarga nisbatan erkaklarda ko’proq uchraydi. Shunday fikrlar ham ilgari surilganki, bolalarga qilinadigan vaksinalar autizmga sabab bo’lishi mumkin. Biroq bu fikr haqiqatdan ancha yiroq bo’lganligi bois o’z tasdig’ini topmagan. Autizm asab sistemasining kasalliklaridan biridir. Ushbu nuqson bolalarda turlich namoyon bo’ladi. Ayrim olimlar fikricha, autizm ruhiy kasalliklarning belgilaridan biri bo’lib, bunda bola tevarak – atrofga nisbatan befarq, beparvo bo’ladi. Natijada atrofdagilar bilan aloqada bo’lmaydi muloqot qilmaydi. Bola o’z–o’zi bilan bo’lib, o’zich hayajonlanib kuyinib, nimalardandir tashvishlanib o’z ichki dunyosida yashaydi. Ba’zi bolalarda emotsional qiyinchiliklar mavjud bo’ladi. Autizm bolada har xil darajada namoyon bo’lishi mumkin. Maktabg yangi kelgan bolalarda autizmga o’xshash belgilar paydo bo’lishi mumkin, chunki bola yangi muhit, yangi sharoitga yangi odamlarga hali o’rganmagan bo’ladi. Og’ir darajadagi autizmda aqli zaiflik belgilari kuzatilishi mumkin. Autizmning yengil holatida esa tarbiyachi bolaning kun tartibini to’g’ri tashkil etishi kerak. Bolaningfaoliyatini uyg’unlashtirish guruhdagi bolalar bilan munosabatini yaxshilash psixoteropeftik tushuntirish ishlarini izchillik bilan olib borishi maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi ota –onalar bilan tez –tez tushuntirish ishlarini o’tkazishi zarur. Bolaga haddan tashqari ko’p etibor bermaslik lozim. Bola oilada o’zini hamma qatori his etishi kerak. Bolaga qo’lidan keladigan ishlarni buyurish va bajargan ishini maqtab qo’yish, bolani qo’llab –quvvatlash. Maktabgacha ta’lim tashkiloti hodimlari bola uchun qulay sharoit yaratib berib, unga yaxshi muomilada bo’lgan holda uning ijtimoiy moslashuvini amalga oshirishga yordam berishlari lozim. Autizmning og’ir holatlarida bola shifokor nazoratida dori –darmonlar bilan davolanishi maqsadga muvofiqdir. Autizmli buzilishlarning ifodalanish darajasi turli xil toifadagi bolalarda o’zgaruvchandir. O.N.Nikolskaya va boshqalarning (1997) klassifikatsiyaga binoan, autizmli bolalarni 4 toifaga ajratib o’rganishgan.Hozirgi kunda yordamga muhtoj bolalar va yosh o’smirlarning ta’limiy uslubiy yordam olishlari uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida davlatimiz tomonidan turli shart –sharoitlar, chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Autizm kasalligi yoshga qarab quyidagilarga bo’linadi:Erta bolalik autizmi 2 yoshgacha; Bolalik autizmi 2-11 yoshgacha; O’smirlik autizmi 11-18 yoshlargacha. O’smirlik autizmida belgilarga autistning gormonal o’zgarishlari ham qo’shiladi. Diagnozni faqatgina belgilarga asoslanib, psixiatr shifokor qo’yadi. Ko’pchilik autist bolalar adabiyotlarda keltirilgan autizm belgilariga mos 697 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil kelmasligi mumkin. Ba’zi hollarda autist bolalar insonlar bilan muloqotga ham kirishishlari mumkin, bu esa diagnoz qo’yishda qiyinchiliklar tug’diradi. Murakkabliklar Ijtimoiy aloqalar, muloqot va xatti-harakatlar bilan bog'liq muammolar quyidagilarga olib kelishi mumkin: Maktabda va muvaffaqiyatli o'qish bilan bog'liq muammolar Ish bilan bog'liq muammolar Mustaqil yashay olmaslik Ijtimoiy izolyatsiya Oila ichidagi stress Qurbonlik va zo'ravonlik Xavf omillari Autizm spektrining buzilishi tashxisi qo'yilgan bolalar soni ortib bormoqda. Bu aniqroq aniqlash va hisobot berish yoki holatlar sonining haqiqiy o'sishi yoki ikkalasi bilan bog'liqmi, aniq emas. Autizm spektrining buzilishi barcha irq va millatdagi bolalarga ta'sir qiladi, ammo ba'zi omillar bolaning xavfini oshiradi. Bularga quyidagilar kiradi: Farzandingizning jinsi. O'g'il bolalarda autizm spektrining buzilishi qizlarga qaraganda taxminan to'rt baravar ko'p. Oila tarixi. Autizm spektrining buzilishi bo'lgan bitta bolasi bo'lgan oilalarda ushbu kasallikka chalingan boshqa bola tug'ilish xavfi ortadi. Shuningdek, autizm spektrining buzilishi bo'lgan bolaning ota-onalari yoki qarindoshlari ijtimo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola har bir Ushbu maqolada autizm sindromiga chalingan bolalar, autism belgilari, autizm sindromiga chalingan bolalar rivojlanish xususiyatlari, autizm sindromili bolalarda kognitiv jarayonlar buzilishlarinin…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola har bir Ushbu maqolada autizm sindromiga chalingan bolalar, autism belgilari, autizm sindromiga chalingan bolalar rivojlanish xususiyatlari, autizm sindromili bolalarda kognitiv jarayonlar buzilishlarinin… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Autism, Autizm, schizophrenia, kognitiv, shizofreniya, cognitive
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники