К содержанию
РецензированоRU2025

ПРИЧИНЫ НАРУШЕНИЯ СЛУХА

ESHITISHNING BUZILISH SABABLARI · Umaraliyeva Nilufar (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada eshitish qobiliyatining buzilishiga olib keluvchi asosiy ommillar tahlil qilindi. Jumladan, tug‘ma va orttirilgan eshitish muammolari, genetik omillar, infeksion kasalliklar, jarohatlar, shovqin ta’siri va yoshga bog‘liq o‘zgarishlar haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, eshitish buzilishining oldini olish va davolash usullari ham yoritiladi. Maqola tibbiyot mutaxassislari, eshitish bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan insonlar va profilaktika bilan shug‘ullanuvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Kalit so‘zlar: eshitish buzilishi, eshitish qobiliyati, eshitish yo‘qolishi, tug‘ma eshitish muammolari, orttirilgan eshitish buzilishi, shovqin ta’siri, infeksion kasalliklar, eshitish nervi, audiologiya,otolitlar, eshitish qobig;i, genetik omillar, davolash usullari. Bola tug‘ilgandan boshlab uning barcha sezgi organlari rivojlana boshlaydi. Sezgi organlari orqali bola tashqi muhitda bo‘layotgan voqea-hodisalarni anglaydi va tushuna boshlaydi, shu orqali bolada ko‘nikma paydo bo‘ladi. Tashqi muhitdan informatsiya ola boshlaydi. Inson tashqi muhitdagi informatsiyani ko‘rish orqali oladi. Ko‘rish bu insonning birinchi o‘rinda turuvchi sezgi organi. Bola tug‘ilganidan boshlab 10-11 kunligidan dunyoni oq, qora fonda ko‘ra boshlaydi. 40 kun o‘tgandan so‘ng boshqa ranglarni ham anglay boshlaydi. Ikkinchi o‘rinda eshitish organi turadi. Eshitish orqali bolada tushuncha paydo bo‘ladi. Bolalar 1 yoshga to‘lar- to‘lmas dada, aya, xola kabi ochiq bo‘g‘inli so‘zlarni eshitib taqlid orqali ayta boshlaydi. Bolaning nutqini rivojlantirish uchun to‘liq eshitish juda muhimdir. Kichkina bola eshitish yordamida tilning eng murakkab tizimini egallaydi, talaffuz qobiliyatlarini egallaydi, juda ko‘p sonli so‘zlarning tovush tarkibini, ulardan foydalanishni o‘rganadi,so‘zlarning grammatik o‘zgarishlarida va jumlalarni qurishda mavjud bo‘lgan ma’noni tushunishni o‘rganadi. Nutq- murakkab ruhiy faoliyatdir. U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning ummuman barkamol bo‘lib o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan bo‘lib, atrofdagilarga taqlid etish yo‘li bilan rivojlanib boradi. Og‘zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori, nutqnin harakatga keltiruvchi analizator ishtirok etadi. Nutqni harakatga keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan mahkam bog‘langan halda ishlaydi, eshituv analizatorining rivojlanish darajasi esa ko‘p jihatdan talaffuzga bog;liq. Bola nutqning o‘sib borish tovushlar talaffuzi, fiziologik va fonematik eshitishning kamol topib borish darajasi bilangina harakterlanib qolmay, balki eng muhimi-o‘z nutqi va atrofdagilar nutqidagi so‘zlarning tuzilishini, tovush tarkibini farqlay olish qobiliyati bilan ham xarakterlanadi. So‘z tarkibini anglab olishdan iborat bu qobiliyat grammatik va leksik komponentlarning rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega. Logopedlar asosan bolada nutqni shakllantirishga harakat qiladi. Eshitishda nuqsoni bor bolalar ham kar va qisman karlarga bo‘linadi. N.Neyman eshitish chastotalarini maydoni yordamiga qabul qilishiga ko‘ra 4 ga bo‘linadi: 1.125-250 Gs-bu bolalar tovushlarni birontasini ham ajrata olmaydi, faqat quloq yaqinida baqirilgan tovush, zambarakning ovozini chirillagan holda eshitadi. 2.125-500 Gs-bu bolalar faqat eshitishgina qolmay, “ o”, “i” unlilarini ajratadilar. Yaqin masofada atrof-muhitdagi tovushni eshitadilar. 3.125-1000 Gs- bu guruh bolalari quloq oldida so‘zlashuv balandligidagi ovozlarga e’tibor beradilar, 3-4 ta unlilarni anglaydilar, ularning ko‘pchiligi ba’zi tanish so‘zlarni anglashadi. 4.125-2000 Gc-bu guhurdagi ko‘pchilik bolalr quloq oldida va uzoq bo‘lmagan masofadagi gaplarni eshitadilar. Tanish gaplar va so‘zlarni, unli va undoshlarni ajratadilar. 702 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Eshitish buzilishlari bolalarda turli infeksion kasalliklar oqibatida yuzaga keladi. Meningit, skarlatina, otit, gripp kasalliklarini infeksion yuqumli kasalliklar qatoriga kiritishi mumkin. Eshitish buzilishlari ichki, tashqi, o‘rta quloqlarning shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Ichki quloq nervi shikastlangan bo‘lsa, ko‘p holatalarda karlik, agar o‘rta quloq shikastlangan bo‘lsa eshitish pasayishi kuzatiladi. Maktab davrida ovoz taassurotlarining yuqori chastotasi ham, eshitishning yuqori chastotasi ham eshitish qobiliyati pasayishiga olib kelishi mumkin. Bolada eshitish nuqsoni yuzaga kelishiga homiladorlikning noqulay davom etishi, onaning virusli kasalliklari ham muhim rol o‘ynaydi(qizamiq, gripp). Eshitish buzilish sabalari eshitish sezgilarini tug‘ma deformatsiyasi, eshitish nervining atrofi, ximik zaharlanishi, tug‘ish davridagi travmalar, mexanik travmalar, kuchli ovoz ta’sirlarining akustik ta’siri bo‘lishi mumkin. Eshitishning buzilishi o‘rta quloqning o‘tkir shamollashi oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Eshitishning qat’iy buzilishi burun va halqum(adenoid, xronik shamol

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada eshitish qobiliyatining buzilishiga olib keluvchi asosiy ommillar tahlil qilindi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada eshitish qobiliyatining buzilishiga olib keluvchi asosiy ommillar tahlil qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
слуховая способность, потеря слуха, eshitish buzilishi, eshitish qobiliyati, нарушение слуха, eshitish yo‘qolishi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники