Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
НАПРАВЛЕНИЕ СТУДЕНЧЕСКОГО КЛАСТЕРНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ПЕДАГОГИЧЕСКОМ ОБРАЗОВАНИИ МЕТОДЫ ПРОВЕДЕНИЯ ОРГАНИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ
Oxunov Ilhomjon Abdunabiyevich (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada pedagogik ta’limning klaster yo’nalishida talabalarga uzviy ta’limolib borish texnikalari haqida bahs yuritiladi. Pedagogik ta’lim klasterining ta’lim tizimida muhimligi haqida bir nechta fikrlar yuritilib, tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: pedagogik ta’lim klasteri, uzviy ta’lim, zamonaviy metodlar, samaralilik, o’qitish tizimi. Taʼlim oʻz ildizlarini ilm-fan va ishlab chiqarish, ijtimoiy turmush, bir soʻz bilan aytganda, hayot bilan bogʻlay olgan, ichki va turdosh tarmoqlar bilan har tomonlama integratsiyaga kirishgan taqdirdagina oʻz oldiga qoʻygan natijalarga erisha oladi, fan, taʼlim-tarbiya va iqtisodiyotning oʻzaro chuqur, har tomonlama uzluksiz aloqasini taʼminlay olgan va jamiyat hayotining barcha sohalariga tatbiq eta olgan davlat esa taraqqiyotga erishadi. Bu borada mamlakatimiz taʼlim sohasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligi hech kimga sir emas. Taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli yoʻnalishlarini aniqlash, ayniqsa, pedagog kadrlarning kasbiy malakalari va bilim saviyasini uzluksiz yuksaltirish eng dolzarb masalalardandir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil uchun moʻljallangan eng muhim ustuvor vazifalar toʻgʻrisidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham dolzarb masalalar qatorida ilm-fan va taʼlim, taʼlim va ijtimoiy-iqtisodiy hayot munosabatlariga alohida urgʻu berilganligi bejiz emas. Modomiki, taʼlim tizimining markazida inson kapitali, uni toʻgʻri taqsimlash, undan samarali foydalanish va maqsadli yoʻnaltirish turar ekan, bunda maktabgacha, umumiy oʻrta va oliy taʼlim tizimini jamiyatning barcha manfaatdor tomonlari, taʼlim jarayonining barcha subyektlari bilan yaxlit bir butunlikda bugungi kun talablari asosida tashkil etish hamda taʼlimning toʻliq uzluksizligiga erishish oldimizda turgan muhim vazifalardandir. Oliy ta’limda ham talabalarga bilim berish, ularni mustaqil fikrlovchi shaxslarga aylantirishda ham pedagogik ta’lim klasterining ahamiyati nihoyatda o’rinlidir. Bu o„rinda pedagog kadrlarning yaxshi ta’lim olishlari va kelajakda o’z sohalarining mutaxassislari bo’lib yetishishda pedagogik ta’lim klasterining qo’llanilishi zaruriy omildir. Mamlakatimizda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadiga qaratilgan uzluksiz ta’limga shunday ta„rif beriladi: “Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Taʼlim tizimini zamonaviylashtirish jarayonlarini hisobga olgan holda uning asosiy tamoyillari, gʼoyalari, uslubiy yondashuvlari va koʼrsatmalari boʼyicha bir qator oʼzbek olimlar, jumladan, U.Sh.Begimqulov, O.Musurmonova, M.S.Mustafaeva, B.R.Аdizov, R.Sh.Аxliddinov, Yu.N.Аbdullaev, M.X.Mahmudov, R.Ishmuhammedov, L.V.Golish kabi tadqiqotchilar oʼz ilmiy izlanishlarida biz koʼtarib chiqayotgan taʼlim sifatini takomillashtirishdagi muammolar, usul va vositalarni ilmiy va amaliy jihatdan asoslab, taʼlimni ijodiy tashkil etish, umumiy oʼrta taʼlimni takomillashtirish, taʼlimni demokratlashtirish va boshqa xususiyatlar boʼyicha izlanishlar olib borgan. Oʼzbekiston taʼlim tizimida klasterlashtirish modelini tatbiq qilish esa soʼnggi yillarda koʼzga tashlanmoqda, ayniqsa, G.I.Muxamedov, Sh.Q.Mardonov, U.N.Xodjamqulov, R.Eshchanov, B.Eshchanov, J.Usarov, A.Shafqorov, S.А.Toshtemirova kabi oʼzbek tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarida pedagogik taʼlim innovatsion klasteri asosida mintaqaviy taʼlim turlari oʼrtasidagi uzviylikni taʼminlash, sifat samaradorligini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash boʼyicha innovatsion gʼoyalar joriy qilishning ilmiy-nazariy asoslarini yaratish va ularning amaliy tatbigʼi borasida samarali tajriba tahlillari bayon qilingan. “Uzluksizlik” – to’xtovsiz, muntazam davom etuvchi jarayon adpi.uz universaljurnal.uz 31 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil tushunchasini anglatadi. “Uzluksiz ta’lim”, tushunchasi yuqoridagi fikrga monand – komil shaxs ta„lim – tarbiyasini uzluksiz yo’lga qo‟yishni anglatadi. Faqat uzluksiz davom etuvchi pedagogik jarayonlardagina barkamol shaxs shakllanishi mumkin. Shaxsni shakllantirmasdan, rivojlantirmasdan turib, davlatni ham, jamiyatni ham, rivojlantirish mumkin emas. Uzluksiz ta’lim shaxs kamoloti jarayoniga jadal ta’sir ko’rsatuvchi eng muhim omildir. So’rovlar shuni ko’rsatdiki, o’quvchilar “klaster” atamasi haqida ta’limda faoliyat yuritadigan tizimning bir turi sifatida tasavvurga ega bo’lishdi, shu bilan birga o’qituvchilar klaster tushunchasini vakolatlarni bosqichma-bosqich rivojlantirish bilan cheklashadi yoki ularning paydo bo’lishi haqida umuman bilishmaydi. Ta’lim bilan bog„liq mazkur atama ayni paytda, klaster yondashuv Petrozavodsk davlat universitetining to„rtta yo„nalish bo„yicha o„quv klasterlarini yaratishni o’z ichiga olgan strategi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada pedagogik ta’limning klaster yo’nalishida talabalarga uzviy ta’limolib borish texnikalari haqida bahs yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada pedagogik ta’limning klaster yo’nalishida talabalarga uzviy ta’limolib borish texnikalari haqida bahs yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- система образования., modern methods, pedagogical educational cluster, education system., интегрированное образование, uzviy ta’lim, педагогический образовательный кластер, samaralilik, современные методы, integrated education, o’qitish tizimi., zamonaviy metodlar, efficiency, эффективность, pedagogik ta’lim klasteri
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026