Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
АРТ-ТЕРАПИЯ — ИГРОВОЕ ЛЕЧЕНИЕ ДЛЯ ДЕТЕЙ ФОРМИРОВАНИЕ СОЦИАЛЬНОЙ ЭТИКИ.
IJTIMOIY ODOBNI SHAKLLANTIRISH. · Mamirova Maxzunaxon Azamjon qizi (Andijon Davlat Pedagogika Instituti)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Mazkur tezisda maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning ijtimoiy odobini shakllantirishda o‘yin terapiyasidan foydalanishning afzalliklari haqida ma’lumot beriladi. O‘yin terapiyasi yordamida bolalarda jamoa bo’lib ishlash, o‘zaro ishonch, bir birini hurmat qilish kabi ma’naviy fazilatlar shakllanadi. Kalit so‘zlar: Ijtimoiy odob, jamoa bo‘lib ishlash, o‘yin terapiyasi, o‘zaro hurmat, hissiy intellekt, mas’uliyat, muammolarni hal qilish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida 2017-yil 16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yildi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik xujjat ‘‘O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-sentabrdagi Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risidagi PF 5198-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi PQ 3305-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilinadi. “Art terapiya” art – san’at, theorapy –davolash, san’at yordamida davolash degan ma’noni anglatadi. Uning bir necha asosiy turlari mavjud. Shu jumladan, o‘yin turining bolalar ijtimoiy odobini rivojlanishi uchun ahamiyati katta. O‘yin terapiyasi tarixiga nazar solsak, Aflotun (miloddan avvalgi 429-377) darvridan buyon o‘yin muhim deb tan olingan va “odam haqida bir yillik suhbat davomda emas, bir soatlik o‘yin davomida ko‘proq narsani bilib olish mumkin” deb ta’kidlagan. XVIII asrda Russo (1712-1778), o‘z kitobida o‘yinni bolalar haqida bilish va tushunish vositasi sifatida kuzatishni muhimligi haqida yozgan. Fridrix Frobel, Inson tarbiyasi (1903) kitobida o‘yinda ramziylikning muhimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra “ o‘yin bolalikdagi eng yuksak taraqqiyotdir, chunki bu faqat bolaning qalbida mavjud bo‘lgan narsalarni erkin ifoda etishdir”. 1930-yilarda o‘yin pisixoterapiyasida yangi yondashuvlar paydo bo‘ldi, ularning kelib chiqishi, pisixoanalizda yotadi. 1950-yillardan boshlab, o‘yin terapiyasi nazaryasi va amaliyoti gumanistik yondashuv ichida rivojlana boshladi. 1990-yillarda esa kognitiv xulq-atvorni davolashda o‘yinni ishlatishga qiziqish ortgan. O‘yin terapiyasi –o‘yinlardan foydalanishga asoslangan bolalar va kattalarga ta’sir qilishning psixoterapevtik usulidir. O‘yin terapiyasi bolalarda ijtimoiy odob va ko'nikmalarni shakllantirish uchun ajoyib usuldir. Bolalar o‘yin orqali o‘zaro munosabatlar, hissiy aloqalar va guruhda hamkorlik qilishni o‘rganadilar. Quyidagi bir necha usullar o‘yin terapiyasi yordamida bolalarda ijtimoiy odobni shakllantirish uchun xizmat qiladi: 1. Rollarni ijro etish: Bolalar turli rollarni ijro etish orqali boshqalarning nuqtai nazarini tushunishni va empatiya rivojlantirishni o'rganadilar. Bu ularga ijtimoiy vaziyatlarni va muammolarni hal qilishni o‘rganishga yordam beradi. Masalan, "Do‘kondan narsa sotib olish" yoki "Maktabda dars" kabi rollarni ijro etishlari mumkin. 2. Jamoaviy o‘yinlar: Jamoaviy o‘yinlar bolalarga hamkorlik qilish, navbat kutish va birgalikda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Masalan, lego konstruksiyalarini birgalikda qurish yoki jamoa bo‘lib turli vazifalarni bajarish. adpi.uz universaljurnal.uz 40 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil 3. Maslahatli o‘yinlar: Bolalar maslahatli o‘yinlar orqali muammolarni hal qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Bu ularga ijtimoiy vaziyatlarda qiyinchiliklarni yengishda yordam beradi. 4. Nizolarni hal qilish o‘yinlari: Nizo holatlarida o‘yinlar bolalarga nizolarni hal qilish va murosaga kelishni o‘rganishga yordam beradi. 5. Emotsiyalarni ifodalash o‘yinlari: Bolalar o‘yin orqali o‘z emotsiyalarini ifodalash va ularga boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Bu ularga boshqalar bilan sog‘lom munosabatlar o‘rnatishda yordam beradi. Bu usullar yordamida bolalar o‘z ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantirib, yaxshi ijtimoiy odobni shakllantiradilar. O‘yin terapiyasi bolalar uchun qiziqarli va samarali usuldir. 6. Qoidalarga rioya qilish: Qoidali o‘yinlar bolalarga tartib-intizom va qoidalarga rioya qilishni o‘rgatadi. Stol o'yinlari, sport o‘yinlari va karta o‘yinlari bu maqsadga erishish uchun juda mos keladi. 7. Ijodiy o'yinlar: Bolalar ijodkorliklarini rivojlantirib, o'z his-tuyg'ularini ifoda etishni o'rganadilar. Rasm chizish, hikoya yozish yoki qo'shiqlar kuylash bu maqsadga xizmat qilishi mumkin. O'yin terapiyasining asosiy maqsadi bolalarni qiziqtiradigan va ularning rivojlanishiga yordam beradigan vaziyatlarni yaratishdir. Bu orqali bolalar ijtimoiy ko'nikmalarni va odob-axloq qoidalarini o'rganishadi. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, o‘yin terapiyasi
Доказательный фрагмент
«Mazkur tezisda maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning ijtimoiy odobini shakllantirishda o‘yin terapiyasidan foydalanishning afzalliklari haqida ma’lumot beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tezisda maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning ijtimoiy odobini shakllantirishda o‘yin terapiyasidan foydalanishning afzalliklari haqida ma’lumot beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- play therapy, работа в команде, Ijtimoiy odob, jamoa bo‘lib ishlash, muammolarni hal qilish., эмоциональная интеллект, ответственность, emotional intelligence, игровая терапия, mutual respect, problem solving., Социальный этикет, решение проблем., Social etiquette, hissiy intellekt, взаимное уважение, o‘zaro hurmat, o‘yin terapiyasi, responsibility, teamwork, mas’uliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026