К содержанию
РецензированоRU2025

РЕЛАКСАЦИЯ ДЕТЕЙ С ПЕСОЧНЫМ ВИДОМ АРТ-ТЕРАПИИ РАЗВИТИЕ ДВИГАТЕЛЬНЫХ НАВЫКОВ

MOTORIKASINI RIVOJLANTIRISH · magistranti Sirojiddinova Xamidaxon Xasanboy qizi (Andijon davlat pedagogika instituti “Ta’lim va tarbiya)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu tezisda, qum terapiyasi orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish, ijodkorlikka va estetik didni shakllanishiga yordam berishi haqida ma’lumot beradi. Kalit so‘zlar: Qum terapiyasi, psixoterapiya, psixologik holat, mayda motorika, depressiya, stress. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida 2017-yil 16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yildi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik xujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 sentabrdagi Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risidagi PF 5198-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi PQ 3305-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilinadi. “Art terapiya” art-san’at, theorapy-davolash, san’at yordamida davolash degan ma’noni anglatadi. Uning bir necha turlari mavjud. Shu jumladan, qum turi bolalarda mayda qo‘l motorikasini rivojlanishi uchun ahamiyati katta. “Qum terapiyasi” texnikasi Yungning analitik yondashuvining bir qismi sifatida paydo bo‘lgan va asosan ichki o‘sish va rivojlanish manbai sifatida ongsizlikning ramziy mazmuni bilan ishlashga asoslangan. Taxminan 1940-yillarda Shvetsiyada Sharlotta Byuler tomonidan ishlab chiqilgan “tinchlik testi” yoki “Erica usuli” paydo bo‘ladi, u hali ham Shvetsiyada bolalar psixiatriyasida diagnostika vositasi sifatida ishlatiladi. Qum terapiyasi-analitik psixologiya doirasida vujudga kelgan psixoterapiya usullaridan biri. Bolaning ijodiy salohiyatini oshiradi, o‘ziga bo‘lgan ishonchni shakllantiradi, mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish, tajriba va yaratuvchanlik istagini uyg‘otadi. Diqqat, xotira, nutq, fikrlash va taktil sezgilarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qum terapiyasi quyidagi holatlarda tavsiya etiladi.  Boladagi qo‘rquv va bezovtalik holatlarida  Depressiv va bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchining pastligi holatlarida  Psixologik zarbaga uchraganda  Giperaktivlik, nevroz holatlarida  Aqliy rivojlanishdan ortda qolganda  Psixo-emotsional buzilishlarda Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq shakllanishi va rivojlanish jarayoni kechadi. Bu davrda ular o‘z fikrlarini bayon etish yoki tushuntirishda so‘z boyligining kamligi, yetarli darajada rivojlanmagan nutqiy jarayonlar sababli qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bolalar tushuntirishni xohlagan yoki qiynalgan fikrlarini qum terapiyada yashash yoki chizish orqali oson bayon eta oladilar. Qum terapiyada hech qanday qonun-qoidalar va cheklovlar hamda aniq texnikalar bo‘lmaganligi sababli, bolalar xohlagancha, to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini o‘ylamasadan va psixologik stresslarsiz o‘ynashlari mumkin. Qum terapiyasi bolaning yoshi, qiziqishi, ijodkorligi va psixologik holatiga qarab 60 daqiqagacha davom ettirish mumkin. Qum terapiyasi jarayonida bola 3 bosqichdan o‘tadi: adpi.uz universaljurnal.uz 47 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil 1. Xaos 2. Kurashish 3. Muammo yechimi Xaos-bola turli xil o‘yinchoqlar ushlaydi, qum yuzida ular bilan o‘ynaydi yoki qum bilan aralashtiradi. Bu jarayonda bola o‘z hissiyotlari bilan kurashadi. Kurashish-bolaning turli ko‘rinishdagi ruhiy kechinmalari-ichki nizolar, qiyin vaziyat, xafagarchilik, agressiya qum maydoniga ongsiz ravishda ko‘chadi. Natijada bola qum maydonida o‘z hissiyot va kechinmalari bilan kurashadi. Muammo yechimi-bola xayolotidagi syujetlar rivojiga rioya qiladi, tinchlanadi, o‘zini tabiiy va xotirjam tutadi. Qum terapiyada har qanday turdagi qumdan foydalanish mumkin. Oddiy, kinetik yoki olovda qizdirib ishlov berilgan. Qumni quruq yoki nam holatida ham qo‘llash mumkin. Ho‘l qum bola uchun turli xil shakllarni yasash imkoniyatini beradi. K.D.Ushinskiy aytganidek: “Bola uchun eng yaxshi o‘yinchoq bu bir uyum tuproqdir”. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, art terapiyaning qum terapiyasi orqali bolalardagi mayda motorikasini rivojlantirish va vujudga kelgan stressda halos bo‘lishga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizi‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi. PF-5198-sonli Farmoni. 3. M.Artikova-ART TERAPIYA //O‘quv-uslubiy majmua, Andijon 2023.4-5b 4. Лупандина Е.А.Развитие познавательного интереса у детей средствами песочной терапии.Оренбур

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda, qum terapiyasi orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish, ijodkorlikka va estetik didni shakllanishiga yordam berishi haqida ma’lumot beradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda, qum terapiyasi orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish, ijodkorlikka va estetik didni shakllanishiga yordam berishi haqida ma’lumot beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mayda motorika, Sand therapy, stress., psixoterapiya, depression, depressiya, Qum terapiyasi, psychotherapy, psychological state, psixologik holat, fine motor skills
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники