К содержанию
РецензированоRU2025

АРТ-ТЕРАПИЯ С КУКОЛЬНЫМ ТЕАТРОМ ТИП 6-7 РАЗВИТИЕ ИНТЕРЕСА К ОБУЧЕНИЮ У ДЕТЕЙ МАЛОГО ВОЗРАСТА.

magistranti Abduxolisova Gulsanam O`ktambek qizi (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu tezisda, qo`g`irchoq terapiyasi yordamida 6-7 yoshli bolalarning bilim olishga qiziqishini rivojlantirish, bolalarni ijodkorlikka va ularning ongida mehr-muhabbat, jamoa bo`lib ishlash , yaxshilik va yomonik haqidagi tushunchalarni paydo qilishga qaratilgan.Chunki, bolalikda olingan har qanday bilim bolaning ongida bir umr saqlanib qoladi. Kalit so`zlar: Qo`g`irchoq teatri, soya teatri, qo`lqop teatri, fonus hayol, dekoratsiya, fantaziya, stol teatri. Mustaqillikka erishgan ilk kunlarimizdan boshlab mamlakatimizda yoshlarimizni jismonan baquvvat, sog‘lom, ma’naviyatli bo‘lishi uchun yoshlarga oid davlat siyosati olib borildi. Shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish joyizki, hozirgi kunda Prezedint Sh.M.Mirziyoev tomonidan ham sog‘lom avlodni tarbiyalashga, ma’naviy boy, axloqan yetuk, intellektual rivojlangan, yuqori bilimli shaxsni shakllantirish, yoshlarni har tomonlama komil inson etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ma’naviy ma’rifiy islohotlarda teatr san’atini izchil ravnaq toptirish, ijodkorlar mehnatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, yurtdoshlarimizni ezgulikka chorlaydigan badiiy asarlar yaratish, ayniqsa professional qo‘g‘irchoq teatrini rivojlantirish masalasi ustuvor maqsad qilib olingan. Buning isbotini 2017-2021- yillarda mamlakatni rivojlantirish dasturi bo‘lgan “Xarakatlar strategiyasi” va “Besh muhim tashabbus”da ko‘rishimiz mumkin. Art terapiyaning maqsadiga kelsak, ular juda xilma-xildir: o`z-o`zini bilish, o‘z-o`zini ifodalash, shaxsning ichki integratsiyasi, tashqi haqiqat bilan imegratsiya, shaxsiy tajribani kengaytirish. Spontan modellashtirish voki rasm chizish art terapiyaning asosiy vositalari bo`lib, ular muzey ishlarida ham qo`llaniladi Tasviriy ijod - fantaziya va voqelikning sintezini ta'minlovchi eng yaxshi vosita bo`lib, kattalar yoki bolalarda bunga san'at yordamisiz erishishi qiyin. Psixoterapiyaning bu sohasidagi ikkinchi muhim tushuncha sublimatsiyadir. Ongsiz instinktlar va tushunchalarni san'at orqali ifodalashdan iborat. Qo‘g‘irchoq terapiyasi bolalar bilan ishlashda qo‘llaniladi va sevimli qahramon (ertaklar, multfilmlar, o'yinchoqlar) tasviri bilan identifikatsiya qilishga asoslanadi. Bu usul turli xulq-atvor buzilishlari, qo‘rquvlar, kommunikativ sohani rivojlantirishdagi qiyinchiliklar va boshqalar uchun qo‘llaniladi. Qo‘g‘irchoq terapiyasi texnologiyasi bola uchun biror belgi yordamida travmatik vaziyat bilan bog‘liq «o‘yin» hikoya tarzida amalga oshiriladi. O‘yin davomida hikoyaning dramaturgiyasini bola o‘z qcvliga olishi va u qahramonga hamdardlik bildirib, u bilan muammoni aniqlashini ta'minlash zarur Hikoya ochilar ekan, bolaning hissiy zo‘riqishi ortishi kerak. Uning uchun syujet oxiridagi ziddiyatning «yuzaga chiqishi» bilan, maksimal darajaga yetishi bilan, zo‘ravon hissiy reaksiyalar (yig‘i-sig‘i, kulish) bilan almashtirilib, zo‘riqish chiqarish bilan» «o‘sib boruvchi» asosga quriladi. «Spektakl» ni tugatgach bola o‘zini yengil his qilishi kerak. Qo‘g‘irchoq terapiyasi usuli uchta asosiy tushunchaga asoslanadi: «o‘yin» - «qo‘g‘irchoq» - «qo‘girchoq teatri». O‘yin - bu bola va kattalar uchun nutq shakli. Bu his-tuyg‘ularni ifodalash, munosabatlarni o‘rganish va o‘zini anglash vositasi. Bolalar o‘yini bola uchun mazmunli va ahamiyatlidir, chunki o‘yin orqali ularga so‘z topish qiyin bo‘lgan joylar mavjud bo‘ladi. Bolalar o‘yinchoqlardan aytib berish, uyaladigan narsalarni qilish va ko‘ngli qolgan his-tuyg‘ularni ifodalash foydalanish mumkin. adpi.uz universaljurnal.uz 54 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Shunday qilib bola dunyosi bu harakat va faoliyat dunyosi bo‘lib, qo‘g‘irchoq terapiyasi bolani hijolat qilmasdan yoki travmatizatsiya qilmasdan, bu dunyoga kirishga imkon beradi va bolaning manfaatlarini o‘qituvchining tuzatish vazifalari bilan birlashtiradi. Qo‘g‘irchoq terapiyasida tuzatuvchi harakatlaming asosiy usuli bola va kattalar o‘rtasidagi o‘zaro ta'sirning oraliq obyekti sifatida ishlatiladi. Qo`g‘irchoqni qo‘liga qo‘yib, bola unga eng yaxshi his-tuyg‘ularini quvonch bilan «o‘tkazadi», muammolar va qo‘rquvlarni unutadi, o‘zida yashirin zaxiralarni topadi. Qo‘g`irchoq terapiyasini amalga oshiradigan quyidagi funktsiyalami ajratib ko‘rsatish mumkin: kommunikativ - emotsional aloqani o‘rnatish, bolalarni jamoaga birlashtirish; dam olish - hissiy stressni yengillashtirish; ta'lim-hayotiy vaziyatlaming o‘yin modellarida shaxsning namoyon bo‘lishmi psixokorreksiya qilish; rivojlanayotgan - aqliy jarayonlarning rivojlanishi (xotira, diqqat, idrok va boshqalar), vosita mahoratlari va hokazo. Mаktаbgасhа tа’lim muаssаsаsi bоlаlаrning tеаtr fаoliуаtlаrini tаshkil еtish uсhun jоуni tаууоrlаshi vа bеzаshi bоlаlаrdа bu fаоliуаtgа nisbаtаn dоimiу qiziqishni shаkllаntirishi muhim. Qо‘g‘irсhоq о‘уini хаlq оg‘zаki ijоdigа аsоslаngаn sаn’аt hisоblаnib dаstlаb uning уоzmа mаtni bо‘lmаgаn. U uzоq уillаr kuzаtish, mаshq qilish, уоdlаsh, mаlаkа h

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda, qo`g`irchoq terapiyasi yordamida 6-7 yoshli bolalarning bilim olishga qiziqishini rivojlantirish, bolalarni ijodkorlikka va ularning ongida mehr-muhabbat, jamoa bo`lib ishlash , yaxshilik va yomonik haq…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda, qo`g`irchoq terapiyasi yordamida 6-7 yoshli bolalarning bilim olishga qiziqishini rivojlantirish, bolalarni ijodkorlikka va ularning ongida mehr-muhabbat, jamoa bo`lib ishlash , yaxshilik va yomonik haq… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fantasy, glove theater, fonus hayol, dekoratsiya, stol teatri., Qo`g`irchoq teatri, lantern illusion, fantaziya, table theater., Puppet theater, decoration, qo`lqop teatri, soya teatri, shadow theater
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники