К содержанию
РецензированоRU2025

ДЕТИ С ОГРАНИЧЕННЫМИ ВОЗМОЖНОСТЯМИ С ПОМОЩЬЮ ЭТАПНОГО ВИДА АРТ-ТЕРАПИИ РАЗВИТИЕ РЕЧИ

NUTQINI RIVOJLANTIRISH · Abdulmuhtorova Mohlaroy Bahtiyorjon qizi (Andijon Davlat Pedagogika Instituti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Mazkur tezisda Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nutqida nuqsoni bor tarbiyalanuvchilarning nutqini sahna terapiyasi yordamida rivojlantirish jarayonning samaradorligini oshirishi haqida ma’lumot beradi. Sahna nutqi tarbiyalanuvchilarning ma’naviy, ma’daniy intelektual fazilatlarini rivojlantirishda muhim vosita sifatida hizmat qilishi haqida axborot beradi. Kalit so’zlar: Nutq, sahna terapiyasi, nutqdagi nuqsonlar, orfoepiya, qo’g’irchoq, sahna nutqi, mashqlar, nutq terapiyasi amaliyoti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “ O‘zbekiston – 2030” harakatlar strategiyasida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida qarorlar qabul qildi. Unda ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qoʻllaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, pedagogik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishni ta’minlash boʻyicha farmoyish qabul qilindi. XXI asrda jahon miqyosida ta’lim barqaror taraqqiyotni ta’minlovchi asosiy omil sifatida e’tirof etilib, 2030-yilgacha belgilangan xalqaro ta’lim konsepsiyasida “sifatli ta’lim olish va ijodiy qobiliyatni ragʻbatlantirish” dolzarb vazifa sifatida belgilandi “Art terapiya” art – san’at, theorapy –davolash, san’at yordamida davolash degan ma’noni anglatadi. Uning bir necha asosiy turlari mavjud. Shu jumladan, sahna turining nuqsonli bolalar nutqini rivojlanishi uchun ahamiyati katta. Ma’lumki, mamlakatimizda teatrning deyarli hamma turlari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Teatr bu yunoncha (tiyation) so’zidan olingan bo’lib tomoshaxona degan ma’noni bildiradi. Jajji kichkintoylarimizning sevimli teatri bu qo’g’irchoq teatridir.Bu teatr orqali bolalar o’zlariga yaqin va tanish bo’lgan o’yinchoqlarni, ayiqcha, quyoncha va boshqa qahramonlarni jonli ravishda ko’radilar. Jumladan nutqida nuqsoni bor bolalarda sahna nutqi va uning ahamiyati shundan iboratki teatr bolalarga xursandchilik va quvonch baxsh etish bilan birga katta tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir. Shu sababli sahna ijrosida bolani, nutqida nuqsoni bor bolalarni qatnashtirib, sahna terapiyasidan foydalanib, inson ruhiy olamiga ta’sir ko’rsatish imkoni mavjud. Nutqning uyg’unligini shakllantirish, so’zlarlarni mazmunli va mantiqiy tuzish ko’nikmalarini rivojlantirish maktabgacha yoshdagi bolaning nutq tarbiyasining asosiy vazifalaridan biridir. Shuning uchun izchil nutqning shakllantirishning yangi maxsus uslubiy usullari va vositalarini izlash muhimdir. Sahna nutqi dramatik asarni teatrlashtirishning eng muhim vositasidir. Sahna nutqi nutqida muammosi bor bolalarga chiroyli hayollar, g’oyalar, fikrlar va his tuyg’ularni va nutqidagi nuqsonlarni kamaytirish imkonini beradi. Sahna nutqining asosiy elementlari : -Adabiy til me’yorlariga rioya qilish -Tog’ri talaffuz -Hissiyot detirinaj Adabiy tilning me’yori - umumiy qabul qilingan til vositalaridan foydalanish, tovushlar, urg’u, intonatsiya so’zlar va ularning shakllari. adpi.uz universaljurnal.uz 420 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil To’g’ri talaffuz ya’ni “Orfoepiya” atamasi yunonchada “to’g’ri” degan ma’noni anglatuvchi “ortohs” va “nutq” deb tarjima qilingan “epos” so’zlaridan tashkil topgan. Shunga ko’ra , Orfoepiya “to’g’ri nutqni” o’rganadigan, fan bo’lib talaffuz me’yorlarini, ularning asoslanishi va tilda mustahkamlanishini belgilaydi. Hissiyot detirinaj - bu his qilish, emotsiyani shakllantiradi va bu bolada nutqiy qobiliyatni oshiradi. Nutqida nuqsoni bor bolalarda sahna nutqining asosiy xususiyatlari: Sahna nutqining asosiy xususiyatlari balandlik, jarangdorlik, ovoz balandligi, shuningdek to’g’ri nafas olish texnikasi, talaffuzning ravshanligidir. To’g’ri nafas olmasdan , to’g’ri va chiroyli gapirish mumkin emas. Shuning uchun nutq so’zlashdan oldin nafas olish mashqlarini bajarish kerak. To’g’ri nafas olish texnologiyasini tushunmasdan natijaga erishish mushkul. Nutq texnikasi nutqida nuqsoni bor bolalar nutq qobiliyatini tezda egallashga yordam beradi. Buni nafaqat mashg’ulotlarda , balki uyda mashq qilish ham muhimdir. Bu tarbiyalanuvchiga tezroq yaxshi natijaga erishish imkonini beradi. Nutqida nuqsoni bor tarbiyalanuvchilarning nutqini rivojlantirish uchun darslarning tarkibiy qisimlari til burmalarining talaffuzi, intonatsiyalarini to’g’ri tartibga soluvchi matnlarni o’qish, nafas olish mashqlaridir. 1. Harakatlarni o’z ichiga olgan mashqlar: bular to’g’ri nafas olishni amalga oshirishni osonlashtiradi, to’g’ri nafas olish ko’nikmalarini mustahkamlashga yordam beradi. Qorin bo’shlig’i mushaklarini faollashtiradi. 2. Nafas olishni rivojlantiruvchi mashqlar, bunda tananing turli pozitsiyalari: yotish, o’tirish, turish. Qorin

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nutqida nuqsoni bor tarbiyalanuvchilarning nutqini sahna terapiyasi yordamida rivojlantirish jarayonning samaradorligini oshirishi haqida ma’lumot beradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nutqida nuqsoni bor tarbiyalanuvchilarning nutqini sahna terapiyasi yordamida rivojlantirish jarayonning samaradorligini oshirishi haqida ma’lumot beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Speech, stage speech, нарушения речи, nutqdagi nuqsonlar, sahna nutqi, stage therapy, orthoepy, speech disorders, сцена речь, Логопедия, сценическая терапия, exercises, orfoepiya, кукольный театр, speech therapy practice, puppetry, Nutq, mashqlar, логопедическая практика, sahna terapiyasi, орфоэпия, упражнения, qo’g’irchoq, nutq terapiyasi amaliyoti
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники