К содержанию
РецензированоRU2025

УЛУЧШЕНИЕ РЕЧЕВЫХ НАВЫКОВ СТУДЕНТОВ В МОДУЛЬНОЙ СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ ТЕХНОЛОГИИ ОЦЕНКИ И РАЗВИТИЯ

Kamoliddinova Maftuna Xusniddin qizi

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada modulli o‘qitish tizimida talabalar nutqiy qobiliyatini baholash va rivojlantirish texnologiyalari to‘liq yoritilgan bo‘lib, aynan oliy ta‘lim muassasasi talabalarining nutqiy qobilyatini mo‘dul asosida baxolash va hisobga olish ishlari tahlil etilgan. Modulli o‘qitishning o‘ziga xosliklari to‘la bayon etilgan. Kalit so‘zlar: Mo‘dulli ta‘lim, fan, ishlab chiqarish, innovatsion pedagogik texnologiyalar, nutq, baholash. “Modulli o‘qitish tizimi” — zamonaviy ta‘lim texnologiyalaridan biri bo‘lib, o‘quv jarayonini tizimli va bosqichma-bosqich tashkil etishga asoslanadi. Ushbu tizimning asosiy maqsadi ta‘lim oluvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini ta‘minlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda mustaqil o‘rganish qobiliyatini shakllantirishdir. Mo‘dulli o‘qitish tamoyillari quyidagilardir: 1. Faoliyatlilik tamoyili: O‘quv materiali mutaxassisning kasbiy faoliyati mazmuniga muvofiq tuziladi. Modullar faoliyat yondashuvi yoki tizimli faoliyat yondashuvi asosida ishlab chiqiladi 2. Modullilik tamoyili:  Dinamik tuzilma: Fan mazmunini to‘la qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan shaklda taqdim etish imkoniyati.  O‘quv usullari xilma-xilligi: Dialog, mustaqil o‘rganish, imitatsion o‘yinlar va seminarlar kabi faollashtiruvchi usullardan foydalanish.  Pogonasimon o‘rganish: Har bir modul oddiydan murakkabga qarab yo‘naltirilgan. 3. Muammolilik tamoyili: O‘quv materiali “muammoli vaziyatlar” va “amaliy mashgulotlar” asosida tuziladi. Modulli o‘qitish tizimi afzalliklari esa o‘qitishning uzluksizligi bo‘lib, fanlar va modullar orasida metodik jihatdan asoslangan muvofiqlik o‘rnatiladi.  Individuallashtirish: Talabalarning qobiliyatiga ko‘ra tabaqalanishi va o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish imkoniyati.  Jadallashtirish: Axborotni «siqib» berish orqali auditoriya soatlaridan samarali foydalanish.  Moslanuvchanlik: O‘quv materialini muntazam ravishda yangilash imkoniyati. Har bir modul 3-6 soatlik maruzaviy mashgulotlar, amaliy (seminar) va laboratoriya mashgulotlaridan iborat boladi]. O‘quv materiali quyidagilarni o‘z ichiga oladi:  Nazariy materiallar (ma‘ruza, o‘quv-uslubiy tarqatmalar).  Individual topshiriqlar va mustaqil ishlar.  Nazorat topshiriqlari. Samaradorlik omillari esa -Moddiy-texnik bazasi, ya`ni ta`lim muassasasining jihozlanganligi va shu bilan birgalikda malakali kadrlar masalasi aynan professor-o‘qituvchilar tarkibining malakaviy darajasi. Baholash tizimi samaradorligi reyting tizimi asosida bilim, malaka va ko‘nikmalarni nazorat qilish.Talabalarning tayyorgarligi masalasi esa dastlabki modullardan so‘ng o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini tahlil qilish.Modulli o‘qitish tizimi malakali mutaxassislar tayyorlashda samaradorlikni oshiradi. Ushbu tizimdan foydalanib, talabalar bilim, ko‘nikma va o‘quvga ega bo‘lishadi.Modulli o‘qitishning asosiy maqsadlari o‘qitishning uzluksizligini taminlash bo‘lib, fanlar va modullar orasida metodik jihatdan asoslangan muvofiqlik o‘rnatiladi. Buning natijasida ta‘lim jarayoni keskinliklarsiz davom etadi.Talabalarning adpi.uz universaljurnal.uz 75 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil qobiliyatiga ko‘ra tabaqalanishi va o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish imkoniyati yaratiladi. Har bir talaba o‘z o‘rganish suratiga mos ravishda materialni o‘zlashtira oladi. O‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun sharoit yaratishda esa modullar strukturasi talabalarga mustaqil ish qilish, nazariy va amaliy mashg`ulotlarni bajarish imkoniyatini beradi.O‘qitishni jadallashtirish Axborotni «siqib» berish orqali auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va oquv vaqti tarkibini optimallashtirish.Fanni samarali o‘zlashtirishga erishish Modullar mazmunini mantiqiy va kompakt guruhlarga ajratish, fundamental tushunchalarni chuqurlashtirish orqali bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. Qo‘shimcha tamoyillar:  Faoliyatlilik tamoyili: O‘quv materiali mutaxassisning kasbiy faoliyati mazmuniga muvofiq tuziladi.  Dinamiklik: O‘quv materialini muntazam ravishda yangilash imkoniyati.  Moslashuvchanlik: Talabalarning individual ehtiyojlariga mos ravishda o‘quv dasturlarini shakllantirish. Bu maqsadlar modulli o‘qitishning samaradorligini oshirishga va malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. MODUL TA’LIM TEXNOLOGIYASI - oefen.uz MODULLI O‘QITISHNING MOHIYATI Mavzu: Maxsus fanlarni modulii o‘qitish texnologiyalari. 2. https://oefen.uz/uz/documents/referatlar/umumiy/modul-ta-lim-texnologiyasi 3. https://conferencepublication.com/index.php/aoc/article/download/1041/1125/307 3 4. https://staff.tiiame.uz/storage/users/167/presentations/hi1T5rkQI97ikMhTWm81 Kl31BMYAah84xps74oVX.pdf adpi.uz universaljurnal.uz 76

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada modulli o‘qitish tizimida talabalar nutqiy qobiliyatini baholash va rivojlantirish texnologiyalari to‘liq yoritilgan bo‘lib, aynan oliy ta‘lim muassasasi talabalarining nutqiy qobilyatini mo‘dul asosid…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada modulli o‘qitish tizimida talabalar nutqiy qobiliyatini baholash va rivojlantirish texnologiyalari to‘liq yoritilgan bo‘lib, aynan oliy ta‘lim muassasasi talabalarining nutqiy qobilyatini mo‘dul asosid… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
baholash., production, речь, Modular education, speech, оценка., Модульное образование, ishlab chiqarish, Mo‘dulli ta‘lim, инновационные педагогические технологии, assessment., innovative pedagogical technologies, innovatsion pedagogik texnologiyalar, nutq, fan, производство, science, наука
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники