К содержанию
РецензированоRU2025

НАВЫКИ АУДИРОВАНИЯ И ПОНИМАНИЯ СТУДЕНТОВ ГЕРМЕНЕВТИЧЕСКОЕ ОБРАЗОВАНИЕ В РАЗВИТИИ

RIVOJLANTIRISHDA GERMENEVTIK TA’LIMOT · Kaziyeva Turg‘unoy Tursunboyeva (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqola talabalarning tinglab tushunish va anglash qobiliyatlarini rivojlantirishda germenevtik ta’limotdan foydalanish usullari va texnologiyalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada germenevtika nazariyasining ta’lim jarayonidagi o‘rni, tinglashni chuqur anglash va talqin qilishning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Germenevtik yondashuvni amaliyotga tatbiq etish orqali talabalarning analitik fikrlash va kritik tahlil qilish ko‘nikmalari oshishi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: germenevtika, tinglab tushunish, anglash qobiliyati, ta’lim texnologiyalari, germenevtik doira, kontekstual tahlil, refleksiv tinglash, dialog-suhbat texnologiyasi, ma'nolar interpretatsiyasi, tanqidiy fikrlash. Zamonaviy ta’lim paradigmasi doirasida talabalarning kognitiv qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish masalasi tobora dolzarblashib bormoqda. Ayniqsa, tinglab tushunish va anglash ko‘nikmalari - intellektual faoliyatning fundamental asosi sifatida alohida e'tiborni talab etadi. Bu jarayon shunchaki eshitilgan ma'lumotni mexanik qayta ishlab chiqish emas, balki axborotni chuqur idrok etish, uni tizimlashtirish, tahlil qilish, ma'no qatlamlarini ochish va shaxsiy tajriba bilan uyg‘unlashtirish kabi murakkab intellektual operatsiyalarni qamrab oladi. Bugungi raqamli jamiyatda axborot hajmi keskin oshib borayotgan, turli g‘oyalar va qarashlar o‘rtasidagi raqobat kuchayib borayotgan bir sharoitda, talabalarning tinglab tushunish va anglash salohiyatini samarali rivojlantirish metodologiyasini ishlab chiqish muhim ilmiy-pedagogik vazifa hisoblanadi. Ushbu muammoga yechim izlash jarayonida germenevtik ta’limot muhim metodologik tayanch bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Germenevtika – matnlarni talqin qilish haqidagi ta’limot sifatida uzoq tarixiy evolyutsiyani bosib o‘tgan falsafiy-metodologik yo‘nalish bo‘lib, dastlab diniy matnlarni sharhlash nazariyasi sifatida shakllangan bo‘lsa, XIX-XX asrlarga kelib, umuman inson tafakkuri va madaniyatining universal tushunish mexanizmlarini o‘rganadigan fundamental falsafiy ta’limotga aylandi. Germenevtika matnni nafaqat so‘zma-so‘z ma'nosida, balki uning konteksti, yaratilish shart- sharoitlari, muallifning niyati, o‘quvchining tajribasi va boshqa komponentlarni inobatga olgan holda tushunish va talqin qilish tamoyillarini taqdim etadi. Ushbu maqolada germenevtik ta’limotning asosiy g‘oyalari va tamoyillarini tinglab tushunish va anglash ko‘nikmalarini rivojlantirish kontekstida qayta osmislash, germenevtik yondashuvga asoslangan pedagogik strategiyalar, usullar va texnologiyalarni tizimlashtirish hamda ularning amaliy tatbiqini tadqiq etish maqsad qilib qo‘yilgan. Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati shundaki, u germenevtik falsafa va zamonaviy pedagogik nazariyalar o‘rtasidagi integratsiyani chuqurlashtiradi, tinglab tushunish va anglash jarayonlarining murakkab mexanizmlarini tushunishga yangicha yondashuv taqdim etadi. Amaliy jihatdan esa, tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini takomillashtirish, o‘qitish metodikasini boyitish, ta’lim samaradorligini oshirish va talabalarning intellektual salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi. Germenevtika nazariyasi, dastlab diniy matnlarni talqin qilishda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, bugungi kunda kengroq doirada qo‘llanilmoqda. U matnni yoki nutqni to‘liq va aniq tushunishga erishish uchun kontest, vaqt, madaniyat kabi omillarni hisobga olishni taqozo etadi. Germenevtikaning asosiy maqsadi – o‘quvchining matnni faqat yuzaki emas, balki chuqurroq, har tomonlama tushunishiga yordam berishdir. Bu nafaqat til o‘rganish jarayonida, balki talabalarning fikrlash jarayonlarini rivojlantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Tinglab tushunish qobiliyati til o‘rganishda va akademik faoliyatda muvaffaqiyatli bo‘lish uchun zaruriy ko‘nikmadir. Talabalar adpi.uz universaljurnal.uz 85 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil nafaqat tinglab, balki eshitilgan ma’lumotni anglab, izoh berishlari kerak. Germenevtik ta’limotning asosiy tamoyillari bunga yordam beradi. Masalan, matnni tinglagan talaba faqat o‘sha matnni anglabgina qolmay, uning orqasida yotgan ijtimoiy, madaniy va tarixiy kontekstni ham tushunishga harakat qiladi. Germenevtika nafaqat ma’lumotni qabul qilishni, balki uni tahlil qilishni, savollar berishni, va eng muhimi – talqin qilishni talab qiladi. Bu jarayon talaba uchun faqat bilim olish emas, balki unga tanqidiy va analitik yondashuvni o‘rgatadi. Germenevtik ta’limotni amaliyotda qo‘llash uchun bir qancha texnologiyalar va metodlar mavjud. Ulardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz: 1. Matnning kontekstual talqini-Talabalar matnni o‘qishdan oldin yoki eshitishdan oldin uning tarixi, madaniy konteksti va yaratilish sharoitlarini o‘rganishadi. Bu yondashuv matnni yuzaki emas, balki chuqurroq tushunishga yordam beradi. 2. Savollar berish- germenevtik yondashuvda savollar berish muhim rol o‘ynaydi. Talaba

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola talabalarning tinglab tushunish va anglash qobiliyatlarini rivojlantirishda germenevtik ta’limotdan foydalanish usullari va texnologiyalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola talabalarning tinglab tushunish va anglash qobiliyatlarini rivojlantirishda germenevtik ta’limotdan foydalanish usullari va texnologiyalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dialogue-conversation technology, hermeneutics, germenevtika, interpretation of meanings, tanqidiy fikrlash, ta’lim texnologiyalari, tinglab tushunish, anglash qobiliyati, hermeneutic framework, kontekstual tahlil, educational technologies, reflexive listening, listening comprehension, comprehension skills, contextual analysis, critical thinking, ma'nolar interpretatsiyasi, dialog-suhbat texnologiyasi, refleksiv tinglash, germenevtik doira
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники