К содержанию
РецензированоRU2025

ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ К СОВРЕМЕННОМУ УПРАВЛЕНИЮ ШКОЛОЙ

Ph.D., dotsent Umidjon Axunov (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy maktab boshqaruviga yangicha yondashuvlari yoritilgan. Shu bilan birga ta’lim jarayonini boshqarishni innovatsion yondashuvlarining bir nechta omillari, innovatsion boshqaruvni amaliy yondashuvlarining ayrim turlari xususida fikr yuritilgan. Kalit so’zlar: Pedagogik menejment, ta’lim sifati, innovatsion boshqaruv, pedagogik faoliyatga boshqarish, pedagogik jarayon, texnologik yangiliklar, pedagogik yondashuvlarning diversifikatsiyasi, hamkorlik va kommunikatsiya, boshqaruv modellarining modernizatsiyasi, resurslarni optimal boshqarish, o‘quv jarayonini moslashtirish, pedagogik jamoa yaratish, axborot texnologiyalaridan foydalanish, samaradorlikni oshirish . Hozirgi kunda ta’lim tizimi jahon bo‘ylab o‘zgarishlar va yangilanishlarni o‘z ichiga olgan murakkab jarayon sifatida rivojlanmoqda. Yangi texnologiyalar, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va boshqaruvning innovatsion usullari ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ro‘l o‘ynaydi. Shu nuqtai nazardan, boshqaruvning innovatsion yondashuvlari ta’lim tizimining rivojlanishida zaruriy elementlardan biri hisoblanadi. Ta’lim sifatini amalga oshirish muammosi ta’lim muassasasining barcha turlari uchun asosiy vazifalardan biridir. Bu boradagi ustuvor yo‘nalishlardan biri pedagogika oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining tashkiliy-boshqaruv faoliyatiga qobiliyati va kompetentlik tayyorgarligi darajasini oshirishdan iborat. Ta’lim tizimini modernizatsiya qilishning eng muhim yo‘nalishi bu tizimni boshqarish modelini o‘zgartirishdir. Bevosita maqsad - ta’lim siyosatining barcha sub’ektlarining vakolatlari, funktsiyalari va majburiyatlari aniq taqsimlangan va muvofiqlashtirilgan holda optimal boshqaruv modelini ishlab chiqishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasini 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida prezident Sh.M.Mirziyoyev takliflari asosida ko‘plab maktabgacha taʼlim va yangi umumtaʼlim maktablari zamon talablari asosida barpo qilinadi. Bugungi kunda fan-texnika rivojlanishi umumtaʼlim maktablarida olib boriladigan katta islohotlar taʼlim-tarbiyaning mazmunini o‘zgartirishini shuningdek, taʼlim tizimini zamon talablari asosida boshqarishni talab etmoqda. Nazariy mashg‘ulotlar “Pedagogik menejment” kursini ishlab chiqishga, amaliy mashg‘ulotlar “O‘qituvchining boshqaruv faoliyati” seminarini qo‘llash asosida amalga oshirilishi kerak. “Pedagogik menejment” kursi “O‘qituvchining boshqaruv faoliyati” kursini chuqur qayta ko‘rib chiqish natijasi bo‘lib, uning nomi ta’lim tizimlaridagi menejmentning mohiyatini yanada aniqroq aks ettiradi. Maktabda taʼlim - tarbiya jarayonini mukammal tashkil etish uchun zamonaviy menejment (boshqarish) tamoyillariga asoslangan boshqarishning yangi yondashuvlari va usullari va tizimini tashkil etish taʼkidlab o‘tilgan. Sharq mutafakkirlari ham rahbarlikning o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritganlar. Jumladan, IX-X aslarda yashab o‘tgan buyuk faylasuf Abu Nasr Farobiy o‘zining “Fozil odamlar shahri” asarida rahbarlikning o‘ziga xos jihatlari haqida fikr yuritib, “Jamiyatga adolat o‘rnatish , shahar davlatni boshqarish yo‘llari, shahar hokimi qanday bo‘lishi lozimligi, rahbar uchun zarur bo‘lgan xislatlar” haqida to‘xtalib, rahbar uchun eng muhimi - bu donishmandlik“, deya eʼtirof etgan. Pedagogik faoliyatga boshqarish deb, pedagogik jarayonni rejalashtirishni tashkil etish, rag‘batlantirish natijalarini nazorat qilish va tahlil qilish tushuniladi. Demak, boshqarish so‘zi bugun modernizatsiya qilinib menejment so‘zi bilan ma’nosini anglatadi. 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 4- maqsadida Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “fuqarolarga xizmat qilishga yo‘naltirish” adpi.uz universaljurnal.uz 88 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil tamoyili asosida transformatsiya qilishga bag‘ishlangan. Bu ayni vaqtda boshqaruvga nisbatan e’tiborning ustunlik darajasini ifodalaydi. Boshqaruvning innovatsion yondashuvlari tushunchasi. Innovatsion boshqaruv — bu yangi texnologiyalar, metodologiyalar va boshqaruv usullarini qo‘llash orqali ta'lim tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan yondashuvdir. Boshqaruvning innovatsion yondashuvlari o‘quv jarayoniga o‘zgarishlar kiritish, yangiliklarni sinovdan o‘tkazish va ta’lim tizimining tashkilot ichida samarali boshqarishni ta’minlashni maqsad qiladi. Ta’lim jarayonini boshqarishning innovatsion yondashuvlari bir nechta omillar bilan bog’liq:  Texnologik yangiliklar: Onlayn platformalar, raqamli texnologiyalar va interaktiv ta’lim vositalari ta’lim boshqaruvini soddalashtiradi va samarali qiladi.  Pedagogik yondashuvlarning diversifikatsiyasi: Ta’limning individual va guruhda o'qitish yondashuvlari, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga yo’naltirilgan metodlar, hamda o’quvchilarni o‘z-o‘zini boshqarishga o‘rgatish.  Hamkorlik va kommunikatsiya: Ta’lim muassasalarida ma’muriyat, o‘qituvchi va o

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada zamonaviy maktab boshqaruviga yangicha yondashuvlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada zamonaviy maktab boshqaruviga yangicha yondashuvlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
samaradorlikni oshirish ., Pedagogik menejment, ta’lim sifati, boshqaruv modellarining modernizatsiyasi, resurslarni optimal boshqarish, pedagogik jarayon, педагогический управление деятельностью, создание педагогического коллектива, педагогический процесс, педагогические подходы диверсификация, axborot texnologiyalaridan foydalanish, pedagogik yondashuvlarning diversifikatsiyasi, оптимальное управление ресурсами, технологические инновации, адаптация образовательного процесса, innovatsion boshqaruv, инновационный менеджмент, texnologik yangiliklar, pedagogik faoliyatga boshqarish, модернизация моделей управления, Педагогический менеджмент, o‘quv jarayonini moslashtirish, pedagogik jamoa yaratish, hamkorlik va kommunikatsiya, информация использование технологий для повышения эффективности., качество образования, сотрудничество и коммуникация, oltin stafilokok
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники