Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEKISTONDA DAVLAT XIZMATLARINI SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINING STRATEGIK YO’NALISHLARI
RIVOJLANISHINING STRATEGIK YO’NALISHLARI · Ashuraliyev Ikromjon Sadirddin o’g’li
Современное образование и развитие · 2023
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekistonda davlat xizmatlari tizimining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va hozirgi holati tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy davrda davlat boshqaruvini takomillashtirish jarayonida davlat xizmatlarining tutgan o‘rni, ularni raqamlashtirish, soddalashtirish va aholi uchun ochiqligini ta'minlash bo‘yicha strategik yo‘nalishlar ko‘rib chiqiladi. Kalit so’zlar: davlat xizmati, islohotlar, boshqaruv, strategik rivojlanish, raqamlashtirish, davlat boshqaruvi, yagona darcha, elektron hukumat Kirish O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng davlat boshqaruvi tizimida keng ko‘lamli islohotlar boshlangan bo‘lib, ularning muhim tarkibiy qismi sifatida davlat xizmatlarini shakllantirish va rivojlantirish jarayoni alohida ahamiyat kasb etadi. Aholiga qulay, shaffof va tezkor xizmatlar ko‘rsatish bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida Yangi O’zbekistonni barpo qilish yo’lida davlat boshqaruvini modernizatsiyalash, fuqarolar bilan samarali muloqot tizimini yaratish va xizmatlar sifati hamda ularning qamrovini oshirish borasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ham davlat boshqaruvini xalq manfaatlariga xizmat qiladigan zamonaviy tizimga aylantirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan1. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF–158-son Farmoni https://lex.uz/docs/6600413 Выпуск журнала №-25 Часть–5_ Май –2025 26 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Davlat xizmatlari tizimi – bu nafaqat davlat boshqaruvi samaradorligining o‘lchovi, balki fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlovchi muhim omildir. Elektron hukumat, raqamli xizmatlar, yagona darcha tizimlari orqali aholi va tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatishning soddalashtirilishi zamonaviy davlat boshqaruvi uchun zaruriy shartga aylangan. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonda davlat xizmatlarini zamonaviylashtirish, ularni xalqaro talablar asosida takomillashtirish va raqamlashtirish muhim strategik vazifa hisoblanadi. Ushbu mavzuning asosiy maqsadi – O‘zbekistonda davlat xizmatlari tizimini zamonaviy raqamli jamiyat talablariga mos holda takomillashtirish, uning shakllanishi va rivojlanishidagi strategik yo‘nalishlarni aniqlashdir. Tadqiqot doirasida quyidagi vazifalar belgilangan: - davlat xizmatlari evolutsiyasi va nazariy asoslarini o‘rganish; - xorijiy mamlakatlar tajribasi bilan O‘zbekiston tajribasini qiyosiy tahlil qilish; - raqamli hukumat tizimini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash; - mavjud muammolarni tahlil qilish va ularning yechimlariga doir takliflar ishlab chiqish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, unda O‘zbekistonda davlat xizmatlari tizimi tarixiy rivojlanish bosqichlari, raqamlashtirish jarayoni va xizmatlar sifati nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Shu bilan birga, xorijiy davlatlar tajribasi asosida O‘zbekiston uchun mos keluvchi xizmat ko‘rsatish modellariga oid takliflar ishlab chiqishdir. Tadqiqotda qo‘llanilgan asosiy metodlar quyidagilardan iborat: - dialektik usul – tizimning bosqichma-bosqich rivojlanishini o‘rganishda; - tizimli yondashuv – davlat xizmatlari tizimini butun sifatida tahlil qilishda; - empirik usul – real holatlar, statistikalar va sotsiologik so‘rovlar asosida xizmatlar samaradorligini baholashda. Выпуск журнала №-25 Часть–5_ Май –2025 27 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Mavzu bo‘yicha adabiyotlar tahlili: Davlat xizmatlarini nazariy jihatdan ko‘plab siyosatshunos va huquqshunos olimlar o‘rganishgan ular davlat boshqaruvi va davlat xizmatlarini o‘rganishda o‘ziga xos yondashuvlardan foydalangan. Nemis sotsiologi, faylasufi , tarixchisi va siyosiy iqtisodchisi Max Veber davlat xizmatining byurokratik modelini asoslab berdi. U byurokratiyani rasmiy qoidalar va ierarxiya asosida faoliyat yuritadigan, malakali mutaxassislar tomonidan boshqariladigan tizim sifatida ta’riflagan2. Davlat xizmati ko‘rsatish bir tomondan davlat yoki uning homiyligidagi boshqa tuzilmalar, boshqa tomondan fuqarolar yoki yuridik shaxslar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Bugungi ilm-fan ijtimoiy davlat to‘g‘risida yaxlit, umume’tirof etilgan tushunchani yaratmagan. “Ijtimoiy davlat” tushunchasidagi nisbiy mustaqillikka urg‘u bеrilishi davlatning mohiyati, mazmuni va shakli o‘rtasidagi konstitutsiyaviy qat’iy funksional bog‘liqlikni ifodalaydi, dеgan fikr adabiyotlarda ko‘proq ilgari suriladi. Ijtimoiy davlat fеnomеnining mazmunini aniqlashtirish uchun masalaning tarixiga murojaat qilaylik. Ijtimoiy davlat nazariyasi va amaliyoti garchi davlat g‘oyasini oziqlantiruvchi ildizlari ancha oldin - davlatning o‘zi institut sifatida paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, u XX asrning ikkinchi yarmida rivojlandi3. Har bir davlatning taraqqiyoti unda davlat xizmatlarining to’g’ri yo’lga qo’yilganligi bilan ham bo’
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbekistonda davlat xizmatlari tizimining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va hozirgi holati tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbekistonda davlat xizmatlari tizimining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va hozirgi holati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- elektron hukumat, raqamlashtirish, islohotlar, boshqaruv, davlat xizmati, strategik rivojlanish, davlat boshqaruvi, yagona darcha
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025