К содержанию
РецензированоUZ2026

RAQAMLASHTIRISH VA IJTIMOIY TAMINOT TIZIMI

Abramatova Surayyo G’ofur qizi

Современное образование и развитие · 2026

Аннотация

Raqamlashtirish va ijtimoiy ta’minot tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlik va o‘zaro ta’sir bugungi kunda jamiyat rivojining muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy texnologiyalar va raqamli infratuzilmalarning rivojlanishi ijtimoiy ta’minot tizimlarini tubdan o‘zgartirmoqda, ularni yanada samarali, tezkor va fuqarolarga qulay qilishga imkon yaratmoqda. Ushbu jarayonlar nafaqat davlat xizmatlarini takomillashtirish, balki ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlarning sifatini oshirish, ularni kengroq qamrovda amalga oshirish imkonini beradi. Kalit so‘zlar: raqamlashtirish, ijtimoiy ta’minot, himoya, xizmat, ma'lumotlar, tashkilotlar, korrupsiya, jamiyat. Ijtimoiy ta’minot tizimi jamiyatdagi eng zaif qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning hayot sifatini yaxshilash, ijtimoiy adolatni ta’minlashga xizmat qiladi. An’anaviy ravishda ijtimoiy ta’minot tizimi ko‘plab qog‘oz asosida yuritiladigan, murakkab va ko‘p vaqt talab qiladigan jarayonlar majmuasi edi. Bu esa, ko‘pincha, xizmatlarning kechikishi, ma’lumotlarning noto‘g‘ri yetkazilishi va fuqarolarning noroziligiga olib kelardi. Raqamlashtirish esa ushbu muammolarni bartaraf etishda hal qiluvchi omilga aylandi. Raqamlashtirish jarayoni ijtimoiy ta’minot tizimida bir nechta asosiy yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda. Birinchidan, ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash jarayonlari avtomatlashtirilmoqda. Bu esa nafaqat ma’lumotlarning aniqligini oshiradi, balki ular asosida tezkor va samarali qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Ikkinchidan, fuqarolarga xizmat ko‘rsatishning raqamli platformalar orqali amalga oshirilishi kengaymoqda. Endi odamlar o‘zlari uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy yordam turlarini onlayn tarzda ariza berish, hujjatlarni taqdim etish va Выпуск журнала №-25 Часть–5_ Май –2025 47 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT natijalarni kuzatish imkoniga ega bo‘lmoqda. Bu esa xizmat ko‘rsatish jarayonini sezilarli darajada yengillashtirmoqda. Shuningdek, raqamlashtirish ijtimoiy ta’minot tizimining monitoring va nazorat imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Davlat organlari va ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun real vaqtda ma’lumotlarni kuzatish, tahlil qilish va muammolarni aniqlash imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Bu esa tizimdagi korrupsiya va suiiste’mollik holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda raqamli texnologiyalar muhim rol o‘ynamoqda.[1] Ijtimoiy ta’minot tizimining raqamlashtirilishi fuqarolarning teng huquqliligini ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega. Raqamli platformalar orqali xizmatlarga kirish imkoniyati kengayadi, ayniqsa qishloq joylarda yashovchi aholining ijtimoiy himoya tizimidan foydalanish imkoniyati oshadi. Bu esa ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishga, barcha qatlamlar uchun teng imkoniyatlar yaratishga yordam beradi. Bundan tashqari, raqamlashtirish ijtimoiy ta’minot tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Masalan, avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida ijtimoiy yordamni taqsimlash jarayoni tezlashadi, inson omilidan kelib chiqadigan xatoliklar kamayadi. Shu bilan birga, tizimning shaffofligi oshadi, bu esa fuqarolarning tizimga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Raqamli texnologiyalar yordamida ijtimoiy xizmatlarning sifatini oshirish, ularni yanada moslashtirish mumkin bo‘ladi. Ijtimoiy ta’minot tizimining raqamlashtirilishi bilan bog‘liq muammolar ham mavjud. Eng avvalo, raqamli savodxonlik darajasi past bo‘lgan aholining ayrim qatlami uchun xizmatlardan foydalanish qiyinchiliklari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, texnologik infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmagan hududlarda raqamli xizmatlarga kirish cheklangan bo‘lishi mumkin. Bu muammolarni hal qilish uchun davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan maxsus dasturlar ishlab chiqilmoqda.[2] Shu bilan birga, ma’lumotlar xavfsizligi va maxfiyligi masalalari ham dolzarb hisoblanadi. Ijtimoiy ta’minot tizimida shaxsiy ma’lumotlarning katta hajmi yig‘iladi, ularning noto‘g‘ri qo‘llanilishi yoki o‘g‘irlanishi jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Shu bois, raqamlashtirish jarayonida ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha qat’iy talablar va standartlar joriy etilishi zarur. Raqamlashtirish jarayoni ijtimoiy Выпуск журнала №-25 Часть–5_ Май –2025 48 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ta’minot tizimining boshqaruv usullarini ham o‘zgartirmoqda. Endilikda qaror qabul qilish jarayonlari ko‘proq ma’lumotlarga asoslangan va raqamli tahlillar yordamida amalga oshiriladi. Bu esa tizimning samaradorligini oshirib, resurslarni yanada oqilona taqsimlash imkonini beradi. Shu bilan birga, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda innovatsion yondashuvlar va yangi texnologiyalar joriy qilinmoqda. Ijtimoiy ta’minot tizimining raqamlashtirilishi nafaqat davlat darajasida, balki mahalliy darajada ham amalga oshirilmoqda. Hududiy ijtimoiy xizmatlar markazlari raqamli platformalar orqali fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda yangi imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda. Bu esa ijtimoiy himoya tizimining barcha darajalarida samaradorlikni oshirishga yo

Доказательный фрагмент

«Raqamlashtirish va ijtimoiy ta’minot tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlik va o‘zaro ta’sir bugungi kunda jamiyat rivojining muhim jihatlaridan biri hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Raqamlashtirish va ijtimoiy ta’minot tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlik va o‘zaro ta’sir bugungi kunda jamiyat rivojining muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
raqamlashtirish, korrupsiya, ma'lumotlar, jamiyat., ijtimoiy ta’minot, himoya, tashkilotlar, xizmat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники