Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DUNYOVIY VA DINIY MARIFAT UYGUNLIGI
Talaba: SULTONOV DILSHODBEK
Современное образование и развитие · 2026
Аннотация
da aynan dunyoiy bilim va diniy qadriyatlar o‘rtasidagi muvozanatga erishish zarurligi, ular bir-birini inkor etmasligi, balki to‘ldirishi haqida fikr yuritiladi. Mavzu zamonaviy jamiyatda ma’naviy barqarorlikni ta’minlash, yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazishdagi dolzarb jihatlarni ochib beradi. 1-Kirish: Insoniyat tarixida ma’rifat har doim taraqqiyotning asosi bo‘lib kelgan. Ma’rifatning ikki asosiy ko‘rinishi — dunyoiy va diniy bilimlar — o‘z mohiyati bilan bir-birini to‘ldiruvchi, inson hayotini har jihatdan yuksaltirishga xizmat qiluvchi manba hisoblanadi. Dunyoiy ma’rifat insonning ilmiy tafakkurini, hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirsa, diniy ma’rifat uni axloqiy-me’yoriy va ruhiy jihatdan tarbiyalaydi. Bugungi globallashuv sharoitida bu ikki yo‘nalishning uyg‘unligi, o‘zaro bog‘liqligi nihoyatda muhim masalaga aylangan. Zero, ilm-fan taraqqiyoti axloqiy qadriyatlar bilan uyg‘un holda rivojlangandagina jamiyatda barqarorlik, adolat va farovonlik qaror topadi. Shu bois, ushbu mavzuni o‘rganish, tahlil qilish zamonaviy jamiyat hayotida juda dolzarb hisoblanadi. 2-Asosiy qism: Dunyoiy va diniy ma’rifat — bir qarashda ikki xil yo‘nalishday tuyulsa-da, aslida ular inson tafakkurining ikki qanotidir. Ularning har biri inson hayotining muayyan sohalarini qamrab oladi va bir-birini to‘ldiradi. Выпуск журнала №-25 Часть–4_ Май –2025 397 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Dunyoiy bilimlar zamonaviy texnologiyalar, tibbiyot, muhandislik, iqtisodiyot, ijtimoiy fanlar kabi sohalarda taraqqiyotga yo‘l ochadi. Bu bilimlar tufayli insoniyat koinotni o‘rganmoqda, kasalliklarga qarshi kurashmoqda, ekologik muammolarni hal qilishga intilmoqda. Bunday yutuqlar, albatta, inson aql-zakovati, ilmiy izlanishlari natijasidir. Diniy bilim esa odamning ruhiy olami, axloqi, halollik, sabr, mehr-oqibat, adolat kabi yuksak fazilatlarni shakllantiradi. Diniy ma’rifat insonni nafaqat o‘ziga, balki jamiyatga ham foydali bo‘lishga, yomon illatlardan yiroq yurishga undaydi. Qur’on, Hadis, fiqh ilmlari, tariqat va tasavvuf maktablari bu borada boy meros qoldirgan. Zamonaviy jamiyatda faqat dunyoiy bilimlar bilan chegaralanib qolish yoki faqat diniy bilim bilan yashash biryoqlama rivojlanishga olib keladi. Ilm-fan axloq bilan uyg‘unlashgandagina ijobiy natijalar beradi. Masalan, texnologik yutuqlar axloqsiz qo‘llanilsa, u zararli qurolga aylanadi. Shu bois, ilmni ma’naviyat bilan boyitish muhim. Alloma Abu Nasr Forobiy, Imom G‘azzoliy, Ibn Sino, Al-Beruniy kabi mutafakkirlar ham bu ikki yo‘nalishni uyg‘un holda o‘rganganlar. Bugungi kunda O‘zbekistonda ham ushbu uyg‘unlikka alohida e’tibor qaratilmoqda. Diniy-ma’rifiy sohalarda islohotlar olib borilib, yurtimizda diniy bag‘rikenglik, ilm-fan rivoji va ma’naviyat uyg‘unligini ta’minlashga intilinyapti. Oliy ta’lim muassasalarida ham diniy va dunyoiy bilimlar uyg‘un holda o‘rgatilmoqda. Dunyoiy va diniy ma’rifat uyg‘unligi — bu insonning har tomonlama barkamol bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan ikki asosiy bilim manbaining o‘zaro mosligi va bir-birini to‘ldiruvchi holatda rivojlanishini anglatadi. Dunyoiy ma’rifat insoniyat taraqqiyoti, ilm-fan, texnologiya, iqtisodiyot va kundalik hayotdagi amaliy bilimlarni qamrab olsa, diniy ma’rifat esa insonni ruhiy-axloqiy jihatdan yuksaltirish, halollik, poklik, sabr-toqat, bag‘rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu ikki yo‘nalish uyg‘un holda bo‘lsa, jamiyatda ham axloqiy barqarorlik, ham ilmiy taraqqiyot birgalikda rivojlanadi. Dunyoviy bilimlar asosida yaratilgan texnik yutuqlar, diniy-axloqiy qadriyatlar bilan boshqarilsa, u insoniyat manfaatiga xizmat qiladi. Aks holda, ma’naviyatsiz ilm zararli qurolga aylanishi mumkin. Выпуск журнала №-25 Часть–4_ Май –2025 398 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Islom dini ham ilm olishga, tafakkur qilishga, adolat va halollikka chaqiradi. Shuning uchun ilmiy izlanishlar va diniy tarbiya o‘zaro uyg‘unlashganda sog‘lom, bilimli, vatanparvar, iymonli avlod shakllanadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda ham diniy va dunyoiy ta’lim o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashga qaratilgan islohotlar olib borilmoqda. Shunday qilib, dunyoiy va diniy ma’rifat uyg‘unligi jamiyat barqarorligi, inson kamoloti va umumbashariy taraqqiyot uchun muhim tamoyil hisoblanadi. Inson tafakkuri va dunyoqarashi turli yo‘nalishlardan shakllanadi. Ularning eng asosiy manbalari bu — dunyoiy va diniy ma’rifatdir. Dunyoviy ma’rifat insoniyat ilmiy tafakkurining natijasi bo‘lib, hayotdagi amaliy bilimlarni, fan-texnika yutuqlarini o‘z ichiga olsa, diniy ma’rifat esa inson ruhiyatini, axloqiy-etik qadriyatlarini, ma’naviy kamolotini shakllantiradi. Mazkur ikki ma’rifiy yo‘nalish o‘zaro qarama- qarshi emas, balki bir-birini to‘ldiruvchi, uyg‘un tushunchalardir. Bugungi globallashuv davrida bu ikki bilim tizimining uyg‘unligi inson shaxsining har tomonlama barkamol bo‘lishiga, jamiyatning sog‘lom rivojlanishiga asos bo‘ladi. Dunyoiy ma’rifat – bu insoniyat tomonidan kashf etilgan fan, texnika, madaniyat, iqtisod, ijti
Доказательный фрагмент
«da aynan dunyoiy bilim va diniy qadriyatlar o‘rtasidagi muvozanatga erishish zarurligi, ular bir-birini inkor etmasligi, balki to‘ldirishi haqida fikr yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюda aynan dunyoiy bilim va diniy qadriyatlar o‘rtasidagi muvozanatga erishish zarurligi, ular bir-birini inkor etmasligi, balki to‘ldirishi haqida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- diniy rifat, dunyoiy diniy, uyg unligi, uyg holda, bir-birini ldiruvchi, dunyoiy rifat, dunyoiy bilimlar
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025