Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AXLOQIY QADRIYATLARNI QO’LLASHDA IJTIMOIY INSTITUTLARNING O’RNI
Mirkamol Egambergenov (INSTITUTLARNING O’RNI)
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
В данной статье рассматривается понятие нравственных ценностей, их значение в общественной жизни и роль социальных институтов в их реализации. Анализируется функция семьи, образовательных учреждений, религиозных и государственных структур. Автор подчеркивает значение Выпуск журнала №-25 Часть–4_ Май –2025 410 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT нравственных ценностей в построении стабильного общества и раскрывает актуальные проблемы настоящего времени. Ключевые слова: Нравственные ценности, социальные институты, семья, образование, общество. Axloqiy qadriyatlar – bu jamiyatda qabul qilingan, odamlar xatti-harakatlarini tartibga soluvchi, ularning o‘zaro munosabatlariga yo‘naltiruvchi umumiy tamoyillardir. Ushbu qadriyatlar jamiyatning barqarorligi, fuqarolarning ongli faoliyati va madaniy rivojlanishida asosiy omillardan biridir. Ijtimoiy institutlar – oila, maktab, diniy tashkilotlar, OAV va davlat muassasalari – ushbu qadriyatlarni shakllantirish va mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek: “Milliy o‘zlikni saqlab qolish va uni boyitish, ayni vaqtda global dunyoga ochilish — bu murakkab, ammo zarur yo‘l.”(Mirziyoyev Sh.M. "Yangi O‘zbekiston strategiyasi", 2021-yil, 25-bet). Axloqiy qadriyatlar yuksak insoniy fazilatlar – halollik, adolat, mehr-oqibat, sabr-toqat, fidoyilik kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Bu qadriyatlar inson ongida shakllanib, ularning amaliy faoliyatida namoyon bo‘ladi. Axloqiy qadriyatlar shaxsiy hayotda – yaqinlarga, do‘stlarga, qo‘shnilarga bo‘lgan munosabatda – muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, ular ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, masalan, ish joyida, ta’lim muassasalarida, davlat boshqaruvida ham asosiy tamoyil sifatida xizmat qiladi. Insonning axloqiy fazilatlari uning jamiyatdagi obro‘si, ijtimoiy mas'uliyati va fuqarolik burchini ado etishda muhim omildir. O‘zbekiston xalq ma’naviyatining buyuk namoyandasi Abdulla Avloniy axloqiy tarbiyaning jamiyat hayotidagi o‘rnini quyidagicha ifodalagan: “Axloq degani – insonni inson qiladigan odob va fazilatlar majmuidir.” (Avloniy A. “Turkiy guliston yoxud axloq”, 1913-yil, 12-bet). Zamonaviy jamiyatda axloqiy qadriyatlarning ahamiyati yanada ortib bormoqda. Axborot texnologiyalari, globallashuv va madaniy xilma-xillik fonida axloqiy mezonlar ko‘p hollarda tanazzulga yuz tutmoqda. Shu sababli, axloqiy qadriyatlarni asrash va yosh avlod ongiga singdirish dolzarb vazifadir. Bu borada nafaqat oila va ta’lim muassasalari, balki davlat siyosati, ommaviy axborot vositalari va diniy institutlar ham muhim rol Выпуск журнала №-25 Часть–4_ Май –2025 411 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT o‘ynaydi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, axloqiy qadriyatlar jamiyat taraqqiyoti va insoniylik poydevori sifatida e’tirof etilishi kerak. Ular nafaqat kishilar orasidagi tinchlik va totuvlikni ta’minlaydi, balki xalqning umumiy madaniy saviyasini, ijtimoiy birdamlikni va ma’naviy barqarorlikni belgilab beradi. Oila – bu jamiyatning eng muhim ijtimoiy instituti bo‘lib, axloqiy qadriyatlarning shakllanishi, avloddan-avlodga uzatilishi va mustahkamlanishida beqiyos o‘rin tutadi. Har bir insonning ilk ijtimoiy tajribasi aynan oilada boshlanadi. Bola ilk bor mehr, muhabbat, hurmat, sabr-toqat, halollik, mas’uliyat kabi tushunchalarni ota-ona va yaqinlarining xatti-harakatlarida ko‘radi hamda o‘rganadi. Bu esa uning shaxs sifatida shakllanishiga, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga asos bo‘ladi. O‘zbekistonda oila qadimdan muqaddas maskan, tarbiyaning beshigi sifatida e’tirof etilgan. Milliy qadriyatlarimizda ota-onani hurmat qilish, kattalarga itoatkorlik, kichiklarga mehr ko‘rsatish singari axloqiy me’yorlar aynan oilada shakllanadi. Bu borada huquqiy asos sifatida xizmat qiluvchi muhim hujjat – “Oila kodeksi”da quyidagicha ta’kidlangan:“Farzandlar ota-onaning parvarishi ostida axloqiy jihatdan barkamol bo‘lib ulg‘ayishi zarur.”(O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi, 1998-yil, 3-modda). Oilaning axloqiy tarbiyadagi o‘rni nafaqat farzandga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishda, balki jamiyatga foydali shaxs yetishtirishda ham muhim sanaladi. Bu borada atoqli pedagog va ma’rifatchi Abdulla Avloniy shunday degan edi:“Oila tarbiyasi – millat kelajagining eng asosiy negizidir.”(Avloniy A. “Turkiy guliston yoxud axloq”, 1913-yil, 24-bet). Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar, ommaviy axborot vositalari va global madaniy ta’sirlar oilaning axloqiy tarbiyadagi roliga muayyan ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu holat ayrim hollarda yoshlarning ma’naviy tanazzulga yuz tutishiga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun ham oilada farzandlar bilan doimiy muloqotda bo‘lish, ularni ijtimoiy muammolardan xabardor qilish va milliy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, oila axloqiy qadriyatlarning boshlang‘ich o‘chog‘i sifatida har doim markaziy o‘rinda turadi. Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyatning kafolati, barkamol avlod tarbiyasining asosiy omilidir. Ta’lim muassasalar
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается понятие нравственных ценностей, их значение в общественной жизни и роль социальных институтов в их реализации.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается понятие нравственных ценностей, их значение в общественной жизни и роль социальных институтов в их реализации. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Moral values, social institutions, family, education, society, ijtimoiy institutlar, Axloqiy qadriyatlar, jamiyat., oila, ta'lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025