Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XALQARO HUQUQDA DAVLATLARNING VORISLIK MASALALARI
Sobirova Ruxshona Otabek qizi · State Succession in International Law
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
В данной статье рассматриваются вопросы правопреемства (successio) государств в международном праве. Анализируются правовые основы понятия правопреемства в контексте межгосударственных отношений, его историческое развитие и формы выражения в нормах современного международного права. Также в статье рассматриваются случаи правопреемства, возникающие в результате получения независимости бывшими колониями, распада или объединения государств, и их правовые последствия в отношении международных договоров, финансовых обязательств, дипломатических и имущественных отношений. Исследование основано на международных правовых актах, практических примерах и теоретико-правовых подходах. Ключевые слова: международное право, правопреемство государств, successio, договоры, распад государств, имущественные отношения, колонии, дипломатические отношения, правовые последствия. Kirish. Xalqaro huquqda davlatlarning vorislik masalalari dolzarb va murakkab huquqiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Ayniqsa ikkinchi jahon urushidan beri davlat vorisligi juda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda, chunki u har qachongidan ham ko’proq davlat va ular o’rtasidagi huquqiy munosabatlarga ta’sir qiladi.Dekolonizatsiya tugashi bilan 100ga yaqin yangi davlatlar vujudga keldi. Misol tariqasida, Germaniya qatra birlashdi, Sobiq Sovet Ittifoqi, Yugoslaviya va Chexoslovakiya tarqalib ketdi. Mazkur holatda esa davlartlarning mulklari, shartnoma va qarzlariga nisbatan vorislik masalalari yuzaga keldi. Davlatlarning huquqiy vorisligi, asosan, bir davlatning tugashi, yangi davlatning tashkil topishi yoki davlatlararo chegaralarning o‘zgarishi jarayonida yuzaga keladi. Bunday vaziyatlarda davlatlar o‘zaro huquq va majburiyatlarni qabul qilishlari kerak bo‘ladi, bu esa xalqaro huquqning izchilligi va davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning barqarorligini Выпуск журнала №-25 Часть–4_ Май –2025 360 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi. Xususan, xalqaro shartnomalar, mol-mulk, qarzlar va xalqaro tashkilotlardagi o‘rinlar kabi masalalarda huquqiy vorislik katta rol o‘ynaydi.Xalqaro munosabatlarda davlatlarning vorislik jarayoni ko‘pincha keskin siyosiy va huquqiy bahslarga sabab bo‘ladi. Davlatlarning bo‘linishi yoki birlashishi, yangi davlatlarning paydo bo‘lishi natijasida yuzaga keladigan huquqiy vorislik masalalari davlatlararo nizolar, xalqaro iqtisodiy qarzlar, mulkiy nizolar va xalqaro tashkilotlardagi o‘rinlarni taqsimlash masalalarini yechishni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, xalqaro huquq davlatlarning vorislik masalalarini tartibga solish bo‘yicha aniq va samarali qoidalarni belgilashi lozim.Ushbu ishning asosiy maqsadi – xalqaro huquqda davlatlarning vorislik masalalarini batafsil o‘rganish, ularning xalqaro munosabatlardagi ahamiyatini tahlil qilish va mavjud huquqiy normalarning dolzarbligini ko‘rsatishdir. Ish davomida vorislikning xalqaro shartnomalar, mol-mulk, qarzlar va xalqaro tashkilotlardagi o‘rinlarga ta’siri hamda bu jarayonlarda davlatlarning qanday yondashuvlarni qo‘llashi o‘rganiladi. Asosiy qism. Huquqiy vorislik muammolari 1949-yildayoq Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xalqaro huquq komissiyasining kun tartibiga kiritilgan edi. Hozirgi kunga kelib davlatlarning huquqiy vorisligi masalalari kodlashtirilgan va ikki xalqaro konvensiyada o’z aksini topgan. Bular: 1978-yilgi xalqaro shartnomalarga nisbatan davlatlar huquqiy vorisligi to’g’risidagi Vena konvensiyasi va 1983-yilgi Davlat mulki, davlat arxivlari va davlat qarzlariga nisbatan davlatlar huquqiy vorisligi to’g’risidagi Vena konvensiyasidir.1 Ularning mazmuniga kelganda, ikkala konvensiyaham “davlatlar huquqiy vorisligi” tushunchasini bir xilda talqin etadi, ya’ni u biror bir hududning xalqaro munosabatlari uchun mas’ul bo’lishda bir davlat o’rnini ikkinchi davlat egallashini anglatadi.2 1978-yilgi Vena Konvensiyasi quuyidagi hollarda vujudga keladigan davlatlarni shartnomalarga bo’lgan huquqiy vorisligini tartibga soladi: 1)avvalgi tobe hududlarda yangi mustaqil davlatlar tashkil topishi; 1 R.A.Tuzmuhamedov, R.T.Hakimov. Xalqaro huquq asoslari. T, 1998. 20-21-betlar. 2 Vienna Convention on succession of States in respect of Treaties, 2005. Выпуск журнала №-25 Часть–4_ Май –2025 361 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 2)bir necha davlatlarning birlishishi yoxud bir necha mustaqil davlatlarga bo’linib ketishi; 3)kelishuvlarga muvofiq bir davlatga tegishli bo’lgan huquqning bir qismining boshqa bir davlatga berishi. Konvensiyada bir qator ijobiy jihatlar mavjud va ular quyidagilarda namoyon bo’ladi: -yangi mustaqil davlatning o’zining xalqaro huquqiy aloqalarini mustaqil belgilash huquqi; -ozod bo’lgan davlatning o’z tabiiy boyliklariga bo’lgan mustaqil belgilash huquqi; -o’zining yurisdiksiyasi ostida bo’lmagan hududlarda chet el harbiy bazalarini barpo etish holatlarining noqonuniyligi; -merosxo’r davlatning xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan me’yorlarga rioya etish majburiyatining mustahkamlanishi mavjuddir. 1983-yilda qabul qilingan Davlat
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются вопросы правопреемства (successio) государств в международном праве.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются вопросы правопреемства (successio) государств в международном праве. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- international law, state succession, successio, treaties, state, davlatlarning parchalanishi, diplomatik munosabatlar, shartnomalar, mustamlaka, huquqiy oqibatlar., xalqaro huquq, mulkiy munosabatlar, davlat vorisligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026