Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TALCOTT PARSONSNING AGIL SXEMASI
NEW RENAISSANCE · Muzaffarov Mahdiy Mamnun o’g’li
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
This article considers the issue of understanding and analyzing social systems based on the AGIL model developed by Talcott Parsons. The AGIL model identifies four main functions necessary for the stable functioning of any system - Adaptation, Goal Attainment, Integration, and Latency. The article analyzes these functions separately, highlighting their interrelationships, manifestations in modern society, and critical approaches to the model. Keywords: AGIL model, Talcott Parsons, social system, functionalism, structural theory, integration, social stability. СХЕМА AGIL ТАЛКОТТА ПАРСОНСА Абстрактный. В данной статье рассматривается вопрос понимания и анализа социальных систем на основе модели AGIL, разработанной Талкоттом Парсонсом. Модель AGIL определяет четыре ключевые функции, необходимые для устойчивого функционирования любой системы: адаптация, достижение цели, интеграция и задержка. В статье данные функции анализируются по отдельности, освещаются их взаимосвязи, проявления в современном обществе и критические подходы к модели. Ключевые слова: модель AGIL, Талкотт Парсонс, социальная система, функционализм, структурная теория, интеграция, социальная стабильность. Talcott Parsons va strukturaviy funksionalizm 126 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 Talcott Parsons XX asr sotsiologiyasining eng ta’sirli nazariyotchilaridan biridir. Uning sotsiologik qarashlari strukturaviy funksionalizm asosida shakllangan bo‘lib, u ijtimoiy tizimlarni o‘zaro bog‘liq elementlardan iborat barqaror tuzilma sifatida tasvirlaydi. Parsons o‘zining "The Social System" asarida (1951) ijtimoiy tizimni individual harakatlar, me’yor va qadriyatlar asosida tahlil qilgan[1]. Strukturaviy funksionalizmga ko‘ra, jamiyatning har bir elementi butun tizimga xizmat qiladi va o‘z funksiyasiga ega. Parsons bu nazariyani Emile Durkheimning ijtimoiy birdamlik haqidagi g‘oyalari va Max Weberning harakatlar nazariyasidan ilhomlanib rivojlantirgan[2]. U, ayniqsa, tizim ichidagi elementlarning funksional muvozanatini ta’minlovchi asosiy kategoriyalarni aniqlab berdi. AGIL sxemasi tushunchasi Parsons AGIL modelini har qanday tizim – ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy – o‘z mavjudligini saqlab qolishi uchun bajarishi kerak bo‘lgan to‘rtta asosiy funktsiya sifatida ta’riflaydi[3]. Ushbu to‘rtta element quyidagilar: • A – Adaptation (Moslashuv): Tizimning tashqi muhitga moslashuvi, resurslarni boshqarish. • G – Goal Attainment (Maqsadga erishish): Tizim oldiga maqsadlar qo‘yadi va ularga erishadi. • I – Integration (Integratsiya): Tizim ichidagi qismlar o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlaydi. • L – Latency (Me’yoriy naqshlarning saqlanishi): Tizimning qadriyatlar va motivatsiyalarni saqlash funksiyasi. Parsons ushbu modelni ishlab chiqishda tizim ichida harakat qiluvchi komponentlar qanday qilib o‘zaro aloqada bo‘lishini va qanday qilib tizimni barqarorlashtirishini tushuntirishga intilgan[4]. AGIL sxemasi nafaqat ijtimoiy tizimlarga, balki har qanday murakkab tizimlarga ham tadbiq qilinishi mumkin. AGIL modelining to‘rtta funksiyasi A – Adaptation (Moslashuv) Moslashuv funktsiyasi tizimning atrof-muhit bilan resurs almashinuvi va unga moslashishini anglatadi. Iqtisodiy tizim bunga misol bo‘la oladi, chunki u jamiyatga moddiy resurslar yetkazib beradi (Parsons, 1951). Agar tizim atrofdagi sharoitlarga moslasha olmasa, uning barqarorligi xavf ostida qoladi. G – Goal Attainment (Maqsadga erishish) Bu funktsiya tizimning o‘z oldiga maqsad qo‘yish va unga erishish salohiyatini bildiradi. Siyosiy tizimlar, hukumatlar va rahbarlik tuzilmalari bu vazifani bajaradi. Masalan, 127 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 davlat organlari ijtimoiy siyosat orqali jamiyatning muayyan maqsadlarini amalga oshiradi (Alexander, 1983). I – Integration (Integratsiya) Integratsiya funktsiyasi tizimning turli qismlarini uyg‘unlashtirish, nizolarni boshqarish va ijtimoiy tartibni ta’minlashni bildiradi. Bu, masalan, huquqiy institutlar va axloqiy qadriyatlar orqali amalga oshiriladi (Wallace & Wolf, 2006). L – Latency (Yashirin funktsiyalar yoki me’yoriy naqshlarni saqlash) Bu funktsiya tizim ichidagi madaniy naqshlarni, qadriyatlarni, motivatsiyalarni saqlashni o‘z ichiga oladi. Ta’lim va oilaviy tizimlar bu vazifani bajaradi, chunki ular ijtimoiylashtirish jarayonida avloddan-avlodga qadriyatlarni uzatadi (Turner, 2001). AGIL modelining amaliy qo‘llanilishi AGIL modeli turli ijtimoiy tizimlarni tahlil qilishda samarali uslub hisoblanadi. Quyidagi misollar bu modelning real hayotda qanday qo‘llanishini ko‘rsatadi: 1. a) Tibbiyot tizimi: A – Sog‘liqni saqlash tizimi atrof-muhitdan moliyaviy va inson resurslarini oladi. G – Davolash, kasalliklarga chora ko‘rish orqali sog‘liqni saqlash maqsadlariga erishadi. I – Shifokor, bemor va boshqa xodimlar o‘rtasidagi integratsiya muhim rol o‘ynaydi. L – Tibbiy etik me’yorlar va kasbiy qadriyatlar yashirin tarzda tizimn
Доказательный фрагмент
«This article considers the issue of understanding and analyzing social systems based on the AGIL model developed by Talcott Parsons.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article considers the issue of understanding and analyzing social systems based on the AGIL model developed by Talcott Parsons. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- AGIL model, Talcott Parsons, social system, functionalism, structural, AGIL modeli, ijtimoiy tizim, ijtimoiy barqarorlik., funksionalizm, strukturaviy nazariya, integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025