К содержанию
РецензированоUZ2025

M.XARKXAYMERNING “IDROKNING SO‘NISHI” ASARI HAQIDA

NEW RENAISSANCE · Saydahmadova Maftuna Valixonovna

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

In this article, M.Harkhumer’s “Fading of Parception” is considered based on philosophical and theoretical analiysis.In the work, the author puts forword ideas about how human thinking is changing in the conditions of modern society, intelligence is becoming subject to technological and economic procsses and spiritual values are fading away. The article highilhts these ideas in the context of social consciousness,critical thingking and cultural decline. Harkheimer’s ideological connections with other philosophers within the Frankfurt school are also analyzed. Kay words: Fading of Parception, critical thinking, social consciousness, modern civilization mind and consciousness, cultural decline. Zamonaviy jamiyatda tafakkur va idrokning ahamiyati tobora pasayib borayotgani ijtimoiy nazariyotchilar e’tiborini tortgan muhim masalardan biridir. Bu borada Frankfurt maktabining yetakchi vakillaridan biri bo’lgan Maks Xarkxeymerning “idrokning so’nishi” asari alohida o’rinni egallaydi. Asard muallif zamonaviy jamiyatda talqin etilayotgani tanqid qiladi. Harkxeymer inson aqlining tanqidiy va refleksiv xususiyatlari so’nib borayotganini, bu esa jamiyatdagi ijtimoiy nohaqlik va ongni boshqarish uslublarini kuchaytirayotganini ta’kidlaydi. Ushbu maqola Harkxeymerning asaridagi asosiy g’oyalarni tahlil qilish, ularning 110 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 zamonaviy ijtimoiy hayotga ta’sirini ko’rsatish va idrokning susayishi qanday ijtimoiy oqibatlarga olib kelishini yoritishga qaratilgan.1 Harkxeymerning fikricha, inson aqli o’zining asl mohiyatidan ya’ni ma’naviy, tanqidiy va axloqiy yo’nalganlikdan chekinib, faqatgina vositaviy vazifalarni bajaradigan, ya’ni maqsadga erishish vositasi sifatidagi rolga tushib qolgan. Bu holat “instrumental aql” deb ataladi. Aql endi haqiqatni izlash, axloqiy qarorlar qabul qilish emas, balki faqat samaradorlik,nazorat va boshqaruv uchun xizmat qiladi.2 Har bir inson hayoti davomida o’z aql idrokini rivojlantirib turishi zarur. Aqlsiz, idroksiz inson obro’-mansab va maqsadlariga erisha olmaydi. Maks Horkxeymerning “Idrokning so’nishi” asari 1967 yilda chop etilgan. Ushbu asarda Harkxeymer Instrumental aql ya’ni vositaviy aql tushunchasini tanqidiy tahlil qiladi. Muallifga ko’ra, inson aqli tarix davomida o’zining ma’naviy axloqiy vazifalaridan chekinib, faqat amaliy, nazorat qiluvchi, texnologikvosita sifatida ishlatiladigan holatgakelgan. Bunday aql jamiyatda erkinlikni emas, balki Konformizm, avtoritarizm va boshqaruvni kuchaytiradi. Instrumental aqlning mohiyati. Instrumental aqlni quyidagi asosiy jihatlar orqali tushunishimiz mumkin: 1. Vosita-maqsad munosabatlari: Aql endi “nima uchun?”savolini emas, faqat “qanday qilib?” degan savolni beradi. Bu esa maqsadlarni tanlashdagi axloqiy mezonlarni yo’qqa chiqaradi. 2. Inson subyektivligining pasayishi: Aql hayotni anglash vositasi emas,balki uni nazorat qilish usuliga aylangan. Natijada inson o’z faoliyatining ma’nosi va axloqiy oqibatlari haqida o’ylamay qo’yadi. 3. Madaniyat va mafkura orqali idrokni boshqarish: Ommaviy madaniyat va sanoatlashtirilgan tafakkur shakillari aqlning ijtimoiy tanqidiy ro’lini zaiflashtiradi. Fikrlovchi odam iste’molchiga, fikr emas mahsulotga aylanadi. Tarixiy va ijtimoiy asoslar. Harxeymer bu tahlilni Yevropa jamiyatining, ayniqsa Germaniyada fashizmning kuchayishi, sanoat jamiyatining texnologiyalariga to’liq suyanib qolishi va inson erkinliginingcheklanishi fonida o’tkazadi. U instrumental aqlning iltizlarini Yangi davr falsafasi Dekart, Bekon, Kant va Hegel g’oyalari orqali tahlil qiladi,biroq bu faylasuflarning g’oyalarini tanqidiy ruda qayta ko’rib chiqadi.3 1 Horkheimer,M (1967).Zur Kritik der instrumentellen Vernunft .Frankfurt am Main:Fischer Verlag 2 Abdurashidov,H .(2021).Tanqidiy nazariya va ijtimoiy ong. 3 Keller, D.Critical Theory,Marxism and Modernity.-Politiy Press,1989 111 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 Idrok turlari: Obyektiv idrok .Inson hayotini boshqaradigan, axloqiy mezonlar va insoniy qadriyatlarga asoslangan tafakkur shakli. Bu idrok turida inson haqida, adolat, ezgulik kabi mavhum tushunchalarni anglashga va ularga amal qilishga intoladi. Intrumental idrok. Bu esa amaliy natijalarni ko’zlaydi, ya’ni foyda, samaradorlik, texnologik yutuq, iqtisodiy manfat kabimezonlarga asoslanadi. Harkxeymer fikriga ko’ra zamonaviy jamiyat aynan mana shi instrumental idrokga to’liq bo’ysungan, natijda inson axloqiy tanlov qilish qobilyatidan ayriladi4 Xulosa: Maks Horkxeymerning “Idrokning so’nishi” asari chuqur ijtimoiy, madaniy va falsafiy muammolarni yoritadi. U tafakkurning mohiyatini yo’qotishi, idrokning faqargina texnik vositaga aylanishi insoniyat uchun jiddiy havf ekanligini ogohlantiradi. Asar o’quvchini tanqidiy fikrlashga, axloqiy mas’uliyatni his qilishga va insoniylik mezonlarini tiklashga chorlaydi. Uning fikrlash doirasini kengaytiradi, shu bilan bir qatorda ta

Доказательный фрагмент

«In this article, M.Harkhumer’s “Fading of Parception” is considered based on philosophical and theoretical analiysis.In the work, the author puts forword ideas about how human thinking is changing in the conditions of…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, M.Harkhumer’s “Fading of Parception” is considered based on philosophical and theoretical analiysis.In the work, the author puts forword ideas about how human thinking is changing in the conditions of… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
madaniy tanazzul., zamonaviy sivilizatsiya, aql va ong, tanqidiy tafakkur, ijtimoiy ong, Idrokning so’nishi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники