Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
EGZISTENSIALIST MOTIVLAR
NEW RENAISSANCE · EGZISTENSIALIST MOTIVLAR · Shirinmoh To‘rayeva
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
O. Genrining “So‘nggi yaproq” va Jan Dominik Bobbining “Skafandr va kapalak” asarlarida uchraydigan bemorlik motivi adabiy tahlil etilgan. Bunda “bemor” tushunchasining etimologiyasi, psixologiya, tibbiyot, falsafa va adabiyotdagi talqinlari chuqur yoritiladi. Bemorlik bu ikki asarda nafaqat jismoniy kasallik, balki insonning ichki ruhiy holati, umid va najot istagini ifodalovchi badiiy vosita sifatida ko‘riladi. Asarlardagi qahramonlarning ruhiy sinovlari va iroda kuchi bemorlik motivi orqali tahlil qilinadi. Tezisda bemorlik motivining adabiy asar mazmunini boyitishdagi ahamiyati, uning ramziy va estetik yuklamalari asoslangan holda tadqiq etilgan. Kalit so‘zlar: egzistensialist motivlar; “So‘nggi yaproq”; “Skafandr va kapalak”; qadriyat; o‘zlikni anglash. Insoniyat qadimdan beri salomatlik va kasallik, hayot va o‘lim muammolari bilan yuzma- yuz bo‘lib kelgan. Har bir davrda bu holat nafaqat tibbiy, balki falsafiy, ruhiy, va estetik nuqtai nazardan ham tahlil etilgan. Adabiyot esa inson ichki kechinmalarining eng nozik qatlamlarini aks ettiruvchi san’at turi sifatida bemorlik holatini chuqur yoritib beradi. Chunki bemorlik — bu nafaqat jismoniy holat, balki insonning ruhiy dunyosi, umid, iztirob, najot va iroda kabi murakkab ichki jarayonlarining badiiy ifodasidir. Adabiyot inson qalbi, ruhiyati va hayot haqidagi mushohadalarini badiiy shakllarda ifoda etuvchi kuchli vositadir. Unda bemorlik holati faqat jismoniy dard emas, balki chuqur ruhiy, ijtimoiy va falsafiy ma’nolar bilan boyitilgan. Egzistensialist motivlar — bu adabiyotda insonning borliqdagi holati, ma’no izlash, yolg‘izlik, erksizlik va tanlov oldidagi azob kabi egzistensial (ya’ni mavjudlikka oid) tushunchalarni yorituvchi g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishdir. Bemor obrazlar orqali muallif hayot va o‘lim o‘rtasidagi nozik chegarani, insonni ruhiy zaiflashishdan najotga olib chiqadigan kuchlarni namoyon qilar ekan, bu jihatdan bemorlik motivi ko‘plab jahon adabiyotidagi asarlarning markazida turadi. Jumladan, O. Genrining “So‘nggi yaproq” hikoyasi va Jan Dominik Bobbining “Skagandr va kapalak” asari zamirida ham aynan bemorlik holati insoniylik, umid va ijodiy qudrat mavzulari bilan bog‘langan holda tasvirlanadi. Mazkur ishimizda aynan bemorlik tushunchasining genezisi, tibbiyot, psixologiya, falsafa va adabiyotdagi talqinlari hamda yuqoridagi ikki asarda u qanday badiiy vazifani bajarayotgani atroflicha tahlil qilinadi. 42 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 O. Genrining “So‘nggi yaproq” novellasi va Jan Dominik Bobbining “Skafandr va kapalak” asarlari ana shunday badiiy-falsafiy uyg‘unlikda bemorlikni markaziy motiv sifatida qamrab oladi. So‘zimiz avvalida bemorlik haqida to‘xtalsak. Bemorlik bu odam organizmida normal holatning buzilishi bo‘lib, sog‘liqnimg yomonlashuvi, jismoniy yoki ruhiy noqulaylik, faoliyatning cheklanishi bilan ifodalanadi. U turli sabablarga ko‘ra yuzaga keladi: infeksiyalar, stress, jarohatlar, ruhiy bosim va boshqalar. Bemorlik bu shunchaki kasallik emas, balki odamning o‘zini sog‘lom his qilmasligi, oddiy hayot tarzini davom ettira olmasligi holatidir. U vaqtinchalik ham surunkali ham bo‘lishi mumkin. Umuman olganda bemorlik bu inson tanasi yoki ruhiyatida yuzaga kelgan muvozanatning buzilishi holatidir. Bemor so‘zining genezisi ya’ni kelib chiqishi fors tilidan kirgan bo‘lib, “be” (inkor qo‘shimchasi – yo‘q, emas) va “-mor” (mehr, ahvol, sog‘liq, muhabbat) so‘zlaridan tashkil topgan. Bu so‘z aslida “mehrdan, sog‘liqdan mahrum bo‘lgan kishi” degan ma’noni anglatadi. Fors tilida “mor”(ilon) so‘zi bilan “bemor” so‘zidagi “-mor” o‘xshash tovushlarga ega bo‘lsa-da, ular har xil ildizlardan kelib chiqqan. Ammo forslar “mor” ya’ni ilonga ham “kasallik tarqatuvchi jonivor” sifatida qaraydilar… O‘zbek tilida esa u “kasal”, “dardman”, “davolanishga muhtoj inson” ma’nolarida ishlatiladi. Bemor nafaqat tibbiy, balki psixologik, falsafiy va badiiy mazmunni o‘zida mujassam etgan muhim semantik birlik hisoblanadi. Tibbiyotda u organizmning normal holatidan chetlanishi, sog‘liqni buzilishi holatini bildirsa, psixologiyada insonning ruhiy holati, stress, tushkunlik yoki umidsizlik kabi ichki kechinmalari bilan bevosita bog‘liq holda talqin etiladi. Falsafada esa bemorlik inson hayotining cheklanganligi, o‘lim va mavjudlik muammolari, zaiflik va ongning uyg‘onishi holati bilan qamrab olinadi. Egzistensialistlar fikricha bemorlik holati ko‘pincha insonni o‘z hayotining mohiyatini chuqur anglash sari boshlaydi. Badiiy adabiyotda esa bemorlik kuchli badiiy vosita sifatida ishlatiladi. U orqali muallif insoniy mehr, fidoiylik, umid, sabr-toqat, ruhiy sinovlar va hayotga bo‘lgan ichki intilishni yoritadi. “So‘nggi yaproq” va “Skafandr va kapalak” asarlarida bemorlik motivini ko‘rib chiqishimiz mumkin. O. Genrining “So‘nggi yaproq” novellasidagi qahramon Jonsi zotiljam (o‘pka yallig‘lanishi) kasaliga chalinib yotib qoladi. Yaproqlar to‘kilsa men ham o‘laman degan tushkunlik kayfiyati – ruh
Доказательный фрагмент
«O. Genrining “So‘nggi yaproq” va Jan Dominik Bobbining “Skafandr va kapalak” asarlarida uchraydigan bemorlik motivi adabiy tahlil etilgan. Bunda “bemor” tushunchasining etimologiyasi, psixologiya, tibbiyot, falsafa va…»
Образец извлечения
Демо-превьюO. Genrining “So‘nggi yaproq” va Jan Dominik Bobbining “Skafandr va kapalak” asarlarida uchraydigan bemorlik motivi adabiy tahlil etilgan. Bunda “bemor” tushunchasining etimologiyasi, psixologiya, tibbiyot, falsafa va… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o‘zlikni anglash., “Skafandr va kapalak”, egzistensialist motivlar, qadriyat, “So‘nggi yaproq”
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024