К содержанию
РецензированоRU2025

AGIOMATNLAR TARJIMASIGA AKSIOLOGIK YONDASHUVNING IFODALANISHI

Egamberanova Dilafruz Baxtiyorovna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

В последние годы аксиологический подход становится ведущей научной теорией во всех областях научных исследований. Этот подход выступает как важная теория не только в философии и аксиологии, но и в таких дисциплинах, как физика, химия, математика, информатика, история, религиоведение, лингвокультурология, литературоведение, искусствоведение и переводоведение. В данном параграфе, прежде чем перейти к вопросам необходимости и значимости аксиологического подхода при переводе агиографических терминов, мы сочли целесообразным уточнить его лексикографическое определение и сущность. Ключевые слова: аксиология, агиографический термин, научность, феномен, вера, ценность, аксиологическая доминанта, исследование, ксенолалия Выпуск журнала №-25 Часть–4_ Май –2025 273 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Annotation: In recent years, the axiological approach has emerged as a leading scientific theory in research across all fields. This approach has become a significant theory not only in philosophy and axiology but also in disciplines such as physics, chemistry, mathematics, computer science, history, religious studies, linguoculturology, literary studies, art studies, and translation studies. In this paragraph, before addressing the necessity and significance of the axiological approach in translating hagiographic terms, we found it appropriate to clarify its lexicographic definition and essential meaning. Keywords: axiology, hagiographic term, scientific nature, phenomenon, belief, value, axiological dominant, research, xenolalia Kirish qism: AKSIOLOGIYA (yun. Axia - qimmat, qadr va logos-ta’limot)- qadriyatlar to‘g‘risidagi fan degan ma’noni anglatadi. “Aksiologiya” ning ta’rifi, qo‘llanilishi va sohalararo kesishuv masalalari zamonaviy lingvistika uchun ahamiyatli bo‘lgani holda, mazkur fenomenning mazmun-mohiyatiga doir izlanishlarning ildizi antik davrga borib taqaladi. Faylasuflar o‘z ishlarida mazkur fenomen va unga yondosh tushunchalar, aksiosfera, aksiokonsept, aksiologik yondashuv, aksiologik dominant, antropologik paradigma kabi bir qator masalalarni yoritganlar. XIX asrning 60 yillarida nemis faylasufi G. Lotse ilk bor mazkur fenomenga baholash me’zoni sifatida yondashadi. E. Fon Gartmann tomonidan falsafaning bir yo‘nalishi sifatida talqin qilingan “aksiologiya” terminini fransuz faylasufi P. Lapi ilk bor ilmiy muomalaga kiritadi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga kelib mazkur yo‘nalishda turli xil tadqiqotlar maydonga keldi. XX asrning oxirlariga kelib, ijtimoiy sohalar, aniqrog‘i sosiologiyada ham mazkur mavzu doirasida ilmiy munozaralar avj oldi. Asosiy qism: Aksiologiya sosiologiyada qadriyatshunoslik ya’ni, qadriyat bilan bog‘liq masalalar, jamiyatda inson xulq-atvorining o‘ziga xos xususiyatlarini bevosita belgilaydigan mexanizm sifatida talqin qilindi. Lingvomadaniyatshunoslik hamda sosiolingvistika yo‘nalishida ham madaniyat va qadriyat, aksiologik komponentlar, aksiosfera, aksiologik konseptlar, aksiologik strategiya kabi bir qancha Выпуск журнала №-25 Часть–4_ Май –2025 274 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT masalalar atrofida tadqiqotlar olib borildi. Mazkur tadqiqotlar natijasida va zamonaviy yondashuvlar asosida yirik fundamental ishlar yaratildi hamda bu tadqiqotlar turli xil rakurslarda amalga oshirildi. Agiografik tadqiqotlarni tarjimashunoslik nuqtai nazaridan o‘rganish mazkur yo‘nalishga xos bo‘lgan so‘zlarning diniy matnlardan boshqa, ya’ni badiiy, siyosiy, ijtimoiy hamda psixologik yo‘nalishdagi matnlarda ham uchrashi mumkinligini namoyon etadi. Har qanday termin o‘z yo‘nalishidan tashqari maydonda qo‘ llanilganda ma’lum bir semantik xususiyatlarini o‘zgartiradi. Mazkur hodisa agiografiyaga oid terminlarni qayta ko‘rib chiqib, aynan qanday so‘zlar agio- terminlarga tegishli bo‘la olishi masalasini oldimizga qo‘yadi. Xususan badiiy matnlarda agiografik terminlarni aniqlash, ularning berilishi bilan bog‘liq muammolarni ham o‘rganib chiqishni taqozo etadi. Tadqiqot jarayonida agiografik matnlarni tahlil etish va ularning ma’nosini ochib berishda turli yondashuvlar mavjudligi aniqlandi. Jumladan, Bolonya universiteti tadqiqodchisi M.Marko buyuk insonlar hayotiga bag ‘ishlab yozilgan asarlar va ularda berilgan noto‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlash jarayonida agiografik asarlarni tahlil etib o‘tgan. Uning fikricha, agiografik matnlar ham asosan aniq bo‘lmagan manbalar asosida yoziluvchi badiiy asarlar turiga kiradi. Badiiy biografiyaning ko‘p va xilma-xil shakllar taksonomiyasi o‘ziga xos biografiya poetikasining tavsifi va uning adabiy masalalarini hamda adabiyot1dan tashqari (tarixiy, sosiologik, falsafiy va hatto siyosiy) ta’sirlarni tahlil qiladi. Uning epistemologik mazmunini voqelikning izohlovchi kategoriyasi sifatida baholash mumkin. Insonning mavjudligini hikoya qilish usuli asrlar davomida madaniy sharoit va yozuv uslublariga, ikkinchidan individuallikka berilgan e’tiborga qarab o‘zgarib kelgan. Ushbu mezonlarning xilma-xilligi “Hayot”, “Afsona”, “Agiografiya”, “Maqtov”, “Portret” nomlari

Доказательный фрагмент

«В последние годы аксиологический подход становится ведущей научной теорией во всех областях научных исследований.»

Образец извлечения

Демо-превью

В последние годы аксиологический подход становится ведущей научной теорией во всех областях научных исследований. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
axiology, hagiographic term, scientific nature, phenomenon, belief, aksiologik dominant, tadqiqot, ksenolaliya, aksikologiya, agiografik termin, e’tiqod, ilmiylik, fenomen, qadriyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники