К содержанию
РецензированоUZ2025

XALQARO BUXGALTERIYA STANDARTLARINING MILLIY TIZIMGA TA’SIRI

TIZIMGA TA’SIRI · Axmedov Hasan Ruzibayevich · Xudaynazarova Intizor Obidjon qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada xalqaro buxgalteriya standartlarining (XBS) O‘zbekistonning buxgalteriya hisobi tizimiga ta’siri tahlil qilinadi. Xususan, XBS’ga o‘tishning afzalliklari, mavjud muammolar va milliy standartlar bilan uyg‘unlashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Maqolada amaldagi qonunchilik, buxgalteriya amaliyoti va moliyaviy hisobotlarning xalqaro darajadagi shaffofligini ta’minlash masalalari yoritiladi. Xulosa qismida esa XBS’ni joriy etish orqali O‘zbekiston iqtisodiyotida investitsiya jozibadorligini oshirish va korxonalarning raqobatbardoshligini kuchaytirish istiqbollari bayon etilgan. Kalit so’zlar: Xalqaro buxgalteriya standartlari, milliy buxgalteriya tizimi, moliyaviy hisobot, uyg‘unlashtirish, shaffoflik, investitsiya jozibadorligi, buxgalteriya islohotlari, hisobot sifati. Xalqaro buxgalteriya standartlari (XBS) hozirgi globallashuv sharoitida moliyaviy hisob yuritishning yagona mezoniga aylanishi yo‘lida keng qo‘llanilmoqda. Ular korxonalar faoliyati to‘g‘risida aniq, ishonchli va taqqoslanadigan ma’lumotlar taqdim etishni ta’minlaydi. Bu esa nafaqat ichki boshqaruv tizimi, balki tashqi foydalanuvchilar – investorlar, banklar, auditorlar hamda xalqaro moliyaviy institutlar uchun ham katta ahamiyatga ega. XBS’ning milliy buxgalteriya tizimiga joriy qilinishi moliyaviy hisob yuritish sifatini oshiradi, shaffoflikni kuchaytiradi, xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiradi hamda xorijiy investitsiyalar oqimini rag‘batlantiradi. Shu bilan birga, ushbu standartlar orqali korxonalar o‘z faoliyatini xalqaro bozorlar talablariga moslashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Выпуск журнала №-25 Часть–4_ Май –2025 184 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Milliy tizimga XBS’ni integratsiyalash jarayoni o‘ziga xos murakkabliklarga ega. Avvalo, mavjud buxgalteriya hisobining milliy standartlari ko‘plab hollarda xalqaro talablarga mos kelmaydi. Bu esa huquqiy bazani takomillashtirish, me’yoriy hujjatlarni yangilash va ularni xalqaro standartlarga yaqinlashtirish zaruratini keltirib chiqaradi. Shu jihatdan O‘zbekiston Respublikasi misolida olib qaralganda, so‘nggi yillarda XBS’ni milliy tizimga tatbiq etish bo‘yicha muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilinib, unda XBS’ga o‘tish mexanizmlari belgilandi. Bundan tashqari, ayrim yirik va davlat ishtirokidagi korxonalar uchun XBS asosida hisobot taqdim etish majburiy etib belgilangan. Bunday yondashuv mamlakatda buxgalteriya va moliyaviy hisob tizimini xalqaro darajaga olib chiqishga xizmat qilmoqda. Ammo bu jarayonda muayyan muammolar ham mavjud. Eng avvalo, buxgalteriya sohasi kadrlarining XBS bo‘yicha bilim va malaka darajasi yetarli emasligi kuzatilmoqda. Talab darajasidagi mutaxassislarni tayyorlash uchun oliy ta’lim muassasalarida maxsus o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, malaka oshirish kurslarini tashkil etish zarur. Shuningdek, XBS asosan ingliz tilida ishlab chiqilganligi sababli tarjima va talqin masalalari ham qiyinchilik tug‘dirmoqda. Bu esa standartlarning noto‘g‘ri tushunilishi va amaliyotda xatoliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Texnik va moddiy resurslar, avtomatlashtirilgan buxgalteriya dasturlarining XBS talablariga mosligi masalasida ham muammolar mavjud. Shunga qaramay, XBS’ni milliy tizimga joriy etish ijobiy natijalar beradi. Bu korxonalarning moliyaviy holatini aniq tahlil qilish, samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda xalqaro bozorlar bilan integratsiyalashuvni ta’minlaydi. Shu boisdan bu jarayon bosqichma-bosqich, aniq strategik reja asosida olib borilishi lozim. Kadrlar salohiyatini oshirish, milliy standartlarni XBS’ga yaqinlashtirish, axborot texnologiyalarini moslashtirish kabi yo‘nalishlarda faol ish olib borilishi kerak. Bu nafaqat buxgalteriya hisobining sifatini oshiradi, balki mamlakatning umumiy iqtisodiy taraqqiyotiga ham xizmat qiladi. Выпуск журнала №-25 Часть–4_ Май –2025 185 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 1-rasm. Bugalteriya hisobining milliy standarlar strukturalari. Xalqaro buxgalteriya standartlarining milliy buxgalteriya tizimiga joriy etilishi iqtisodiy shaffoflikni ta'minlash, investitsiyaviy muhitni yaxshilash va xalqaro moliyaviy axborot standartlariga muvofiqlikni oshirishga xizmat qiladi. Bu jarayon orqali buxgalteriya hisobining aniqligi, taqqoslanuvchanligi va ishonchliligi oshadi. Shu bilan birga, milliy qonunchilik va amaliyotga moslashtirish zarurati milliy tizim oldida bir qator muhim vazifalarni qo‘yadi. Mazkur integratsiya jarayoni puxta rejalashtirilgan islohotlar, malakali mutaxassislar tayyorlash va texnik bazani mustahkamlash orqali amalga oshirilgandagina ijobiy natijalar beradi. Demak, xalqaro standartlarga moslashish — bu nafaqat zarurat, balki mamlakatimiz moliyaviy boshqaruvining samaradorligini oshirish yo‘lida muhim omil hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buxgalteriya hisobini takomillashtiri

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada xalqaro buxgalteriya standartlarining (XBS) O‘zbekistonning buxgalteriya hisobi tizimiga ta’siri tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada xalqaro buxgalteriya standartlarining (XBS) O‘zbekistonning buxgalteriya hisobi tizimiga ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
shaffoflik, hisobot sifati., buxgalteriya islohotlari, moliyaviy hisobot, uyg‘unlashtirish, Xalqaro buxgalteriya standartlari, milliy buxgalteriya tizimi, investitsiya jozibadorligi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники