Авторефераты диссертацийYavmutov Dilshod ShoyimardonkulovichНомер УДК:330.332.1(575.146)2026
BOSHLANG’ICH SINFLARDA “ONA TILI VA O`QISH SAVODXONLIGI” DARSLARIDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
MANAGEMENT AND ECONOMY · PEDAGOGIK ASOSLARI · Nisanbayeva Akmaral · Sabirova Dilbar
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026
Аннотация
The article highlights the importance of the introduction of the term "creativity" into the educational process and its direct connection with the creativity of the teacher, the role of the teacher's creativity in creating the necessary educational resources for mother tongue education, preparing a project for the mother tongue education process, organizing the educational process in an interesting and lively way, successfully conducting scientific research aimed at teaching the subject, and actively participating in national conferences on teaching the mother tongue and reading literacy. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar dunyoqarashini har tomonlama qaror toptirishda ona tili ta’limi muhim ahamiyat kasb etsa-da, uzoq yillar mobaynida bu jarayon an’anaviy o’qitishga asoslanib kelingan. Ta’lim jarayoniga “kreativlik” tushunchasining tatbiq etilishi boshqa fanlar qatori ona tili ta’limida ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Chunki bu davr 49 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference talabi hisoblanadi. So‘nggi yillarda yetakchi xorijiy mamalakatlarning ta’lim tizimida bu masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buni Bronson, Ken Robinson, Fisher, Frey, Begetto, Kaufman, Ali, Treffinger va boshqa olimlar tomonidan olib borilgan ko‘plab tadqiqotlar natijalarida ko‘rish mumkin. Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning umumiy mohiyatini anglab olish uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’nosini tushunish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko‘ra, “kreativlik – o‘z qiymatiga ega original g‘oyalar majmui”dir. Gardner esa o‘z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: “kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo‘lib, u o‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum qiymatga ega bo‘lishi lozim”. Kreativlik (lot. “create” – yaratish, bunyod etish, “creative” –yaratuvchi, ijodkor) –shaxsning yangi g‘oyalarini ishlab chiqarishga tayyorligini tavsiflovchi va mustaqil omil sifatidagi ijodiy qobiliyati. Biz noan’anaviy ta’limni tashkil qilishimiz va amaliyotga joriy qilishimiz zarur. Buning uchun avval darsni qanday tashkil etish, nimalarnidir yangilik sifatida ta’lim tizimiga olib kirishimiz va o’zimizga moslashtirib olgandan keyingina uni quyidagicha o’quvchilarda sinov sifatida qo’llab ko’rishimiz kerak: 1) ta’lim jarayonini qiziqarli, jonli, jo‘shqin tashkil etish; 2) ona tili ta’limi jarayoni loyihasini tayyorlash; 3) ona tili fanidan nazorat hamda sinov topshiriqlarini shakllantirish. Chunonchi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026-yillarga moʻljallangan “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmonida ham “Ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun ta’lim sifatini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon tajribasida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish zarur” deb alohida uqtirib o‘tilgan. Ona tili va o’qish savodxonligi fanini o’qitishda tamoyillar bo’lib, 4- tamoyilda o’qish savodxonligida tez, to’g’ri, ongli va ifodali o’qish kompetensiyalarini shakllantirish, o’quvchilarni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza qiluvchi, keng mushohadali, zukko kitobxon darajasiga olib chiqish, tevarak-atrof va butun dunyoda ro’y berayotgan o’zgarishlar to’g’risida o’z fikrini mustaqil ayta oladigan, tanqidiy hamda kreativ fikrlash ko’nikmasini oshirishga qaratilgan. Shu jumladan, Xalqaro o’quvchilarni baholash dasturi PISA testlari 15 yoshli maktab o’quvchilarining turli fanlardagi (o’qish, matematika, tabiiy fan) savodxonligini aniqlab olish hamda olgan bilimlarini amaliyotda qo’llash 50 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference qobiliyaatini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Bizda ham hozirda ushbu test materiallariga jiddiy tayyorgarlik ishlari keng miqyosda olib borilmoqda. Test materiallari, ayniqsa, o'quvchilarni faqat javob berishgagina emas, savolning bir nechta javoblarini ongida tahlil qilib, keyin javob berishga unfashionable bilan ajralib turadi. Mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini ham sinovdan o'tkazadi. Xulosa qilib aytganda, oʻquvchilarda ona tili darslarida kreativ fikrlashni rivojlantirish mazmuni shuni koʻrsatdiki, kreativ yondashuv nafaqat pedagogik texnologiyani tanlashga, balki birinchi oʻrinda, oʻqituvchining shaxsiyatiga ham bogʻliq. Qachonki oʻqituvchi oʻquvchilarni noodatiy tarzda mushohada qilishga, muammoga turli tomondan qaragan holda yechim topishga oʻrgata olsagina, biz yuqorida ta’kidlab oʻtgan pirovard maqsadimizga erishgan boʻlamiz. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026-yillarga moʻljallangan “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni. -T.,2022. 2. Y.Gʻulomov, I.Rasulov, X.Rustamov, B.Mirzaaxmedov. Oʻzbek tili oʻqitish metodikasi. Qoʻllanma. Toshkent-1975. 121-bet. 3.https://cyberleninka.ru/article/n/bo
Доказательный фрагмент
«The article highlights the importance of the introduction of the term "creativity" into the educational process and its direct connection with the creativity of the teacher, the role of the teacher's creativity in cre…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article highlights the importance of the introduction of the term "creativity" into the educational process and its direct connection with the creativity of the teacher, the role of the teacher's creativity in cre… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ona tili, mother tongue, tongue education, tili limi, ahamiyat kasb, kreativlik tushunchasining, solution social
Смежные источники
Цифровая экономикаMARKETING STRATEGIES, Shadieva Madina Djaloliddin kizi2026
Научные исследования и инновации в индустрии 4.0.Н Талипова2022
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021