Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTON TELEVIDENIYESINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI: TARKIBIY BOSQICHLAR VA TAJRIBA
O‘ZBEKISTON TELEVIDENIYESINING RAQAMLI
Развитие и инновации в науке · 2010
Аннотация
Ushbu tezisda O‘zbekiston televideniyesining raqamli transformatsiya jarayonida kadrlar malakasini oshirishning ahamiyati va zaruriyati tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarni joriy etish va ularni ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish televideniye sohasi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Tezisda kadrlar malakasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari, metodologiyalari va zamonaviy o‘quv uslublari ko‘rib chiqiladi. Raqamli transformatsiya jarayonida o‘quv metodlarini zamonaviylashtirish, interaktiv va amaliy yondashuvlarni joriy etish, mutaxassislarning global o‘quv platformalaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish zarurligi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: O‘zbekiston televideniyesi, raqamli transformatsiya, kadrlar malakasini oshirish, o‘quv metodlari, zamonaviy texnologiyalar, interaktiv ta’lim, media sanoati, global o‘quv platformalari, innovatsiyalar, mutaxassislarning malakasini oshirish O‘zbekiston televideniyesida raqamli transformatsiyaning ilk va eng muhim bosqichi bu – analog efirdan raqamli efirga o‘tish jarayonidir. Analog tizimda ko‘rsatuvlar cheklangan chastotada va kam sifatda uzatilgan bo‘lsa, raqamli uzatish formati – ayniqsa DVB-T va DVB-T2 standartlariga o‘tish orqali – efir sifati, ko‘rsatuvlar soni va qamrov darajasida sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. 2010-yillardan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirilgan ushbu islohotlar ayniqsa viloyatlarda va chekka hududlarda teleko‘rsatuvlarni qamrab olish doirasini kengaytirdi. Raqamli efir texnologiyasi O‘zbekistonda multifunksional signal uzatuvchi vositalarni joriy etish imkonini berdi. Buning natijasida bitta chastotada bir vaqtning o‘zida bir nechta telekanal uzatilishi mumkin bo‘ldi. Analog tizimda har bir kanal alohida chastotani talab qilgan bo‘lsa, raqamli uzatishda multiplex texnologiyasi asosida bir nechta kanal bitta signalga jamlanadi. Bu esa efir resurslaridan samaraliroq foydalanish imkonini yaratdi. Ushbu bosqichda eng muhim texnik yangiliklardan biri – tasvir va ovoz sifatining sezilarli darajada oshishi bo‘ldi. Raqamli uzatish orqali HD (High Definition) formatidagi ko‘rsatuvlar keng joriy etila boshladi. Natijada 25 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference televidenie tomoshabinga yanada aniqroq, toza va chuqur tasvirli ko‘rsatuvlar taqdim eta boshladi. Bu esa tomoshabinlar orasida milliy kontentga bo‘lgan ishonchni kuchaytirdi va televideniega nisbatan ilg‘or texnologik platforma sifatida qarash shakllandi. Biroq raqamli efirga o‘tish jarayoni silliq kechmagan. Aholining muayyan qismi, ayniqsa ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj qatlamlar uchun raqamli dekoder qurilmalari yoki DVB-T2 qabul qiluvchilari bilan ta’minlash zarur edi. Shu sababli hukumat tomonidan subsidiya asosida uskunalar tarqatish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga soliq imtiyozlari berish kabi choralar ko‘rildi. Bu esa butun mamlakat bo‘ylab raqamli efirni ommalashtirishga xizmat qildi va raqamli media transformatsiyasining infratuzilmasi shakllandi. Televideniyeda faqat uzatish emas, balki kontentni yaratish – ya’ni ishlab chiqarish jarayoni ham tubdan o‘zgardi. Raqamli ishlab chiqarish texnologiyalarining joriy etilishi orqali kamera tizimlari, montaj uskunalari, grafik dizayn, tovush yozish va rejissyorlik panellari to‘liq raqamlashtirildi. Bu nafaqat texnik imkoniyatlarni, balki badiiy ifoda vositalarini ham kengaytirdi. Endilikda O‘zbekiston televideniyesi yuqori aniqlikdagi (HD, 4K) kontentni suratga olish, tahrirlash va efirga uzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Studiya jihozlarining yangilanishi natijasida tasvirning sifat ko‘rsatkichlari (yorqinlik, kontrast, detallashtirish darajasi) sezilarli darajada oshdi. Masalan, ilgari televizion dasturlar bir necha kameradan olinib, analog mikserlar orqali uzatilgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda bu jarayon multi-kamera raqamli rejissyor pultlari, live switching tizimlari orqali ancha tez va sifatli bajariladi. O‘zbekistonda "O‘zbekiston 24", "Madaniyat va Ma’rifat", "Yoshlar" kabi kanallarning studiyalari so‘nggi yillarda zamonaviy raqamli uskunalar bilan jihozlandi. Shuningdek, montaj jarayoni ham ancha takomillashdi. Ilgari lenta asosidagi tizimlardan foydalanilgan bo‘lsa, hozirda non-linear editing (NLE) dasturlar – Adobe Premiere Pro, Final Cut Pro, DaVinci Resolve kabi platformalar keng joriy etildi. Bu esa rejissyor va muharrirlarga real vaqt rejimida montaj qilish, rang korreksiyasi, vizual effektlar qo‘shish va arxivlash imkonini beradi. Ko‘rsatuvlarning vizual darajasi badiiy film darajasiga yaqinlashdi. Raqamli ishlab chiqarishning yana bir muhim qismi bu – audio texnologiyalarni yangilashdir. Stereo va dolby audio formatlariga o‘tish orqali ko‘rsatuvlar tovushning fazoviy taqsimoti, ravshanligi va emotsional ta’sir kuchi jihatidan yuqori darajaga chiqdi. Bundan tashqari, subtitr va tarjima xizmatlari ham avtomatlashtirilgan tizimlar orqali amalga oshirila boshlandi. 26 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference Eng mu
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda O‘zbekiston televideniyesining raqamli transformatsiya jarayonida kadrlar malakasini oshirishning ahamiyati va zaruriyati tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda O‘zbekiston televideniyesining raqamli transformatsiya jarayonida kadrlar malakasini oshirishning ahamiyati va zaruriyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- media sanoati, raqamli transformatsiya, kadrlar malakasini oshirish, interaktiv ta’lim, mutaxassislarning malakasini oshirish, global o‘quv platformalari, innovatsiyalar, o‘quv metodlari, O‘zbekiston televideniyesi, zamonaviy texnologiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014