Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“TA’LIMNI AXBOROTLASHTIRISH SHAROITIDA BOʻLAJAK MUTAXASSISLARNING MULOQOT MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH YOʻLLARI”
EDUCATION SYSTEM · MUTAXASSISLARNING MULOQOT MADANIYATINI · RIVOJLANTIRISH YOʻLLARI” · Tahmina Yoldosh · E-mail: Tahminayodosh@gmail.com
Наука и инновации в системе образования · 2026
Аннотация
In the context of informatization of education, the development of a culture of communication of future specialists is aimed at using new methods and technologies of teaching. The culture of communication is important for young specialists not only in achieving success in the professional sphere, but also in effectively establishing relationships in the social environment. This study recommends modern pedagogical methods and interactive technologies for the development of a culture of communication. Keywords: Informatization of education, culture of communication, future specialists, pedagogical methods, interactive technologies, modern education, information technologies. 19 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Ta’limni axborotlashtirish sharoitida foydalanish bo‘lajak tarjimonlarning professional muloqot madaniyatini shakllantirish jarayonida tizimli va samarali interaktivlikni ta’minlaydi, ularga ega bo‘lish kasbiy muammolarni yangi, sifat jihatidan yuqori darajada hal qilish samaradorligini ta’minlaydi. O‘zbekistonda xorijiy ta’lim tajribalari asosida ta’limning yagona axborot- ta’lim portallarini shakllantirish, fanlarning yagona axborot-metodik ta’minotini yaratish imkonini beradigan fan portallarini yaratish, axborot resurslaridan ta’lim jarayonida foydalanish metodikalarini ishlab chiqish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, vositalari bilan jihozlash, talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning jahon ta’lim resurslari, zamonaviy axborot resurs markazlari ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish muhim vazifalardan hisoblanadi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida yaratilayotgan sharoitlardan maqsadli foydalanish, ta’lim sifatini oshirish imkonini beruvchi zamonaviy ish tajribalar, o‘qitishning ilg‘or yon-dashuvlarini ommalashtirish, o‘quv jarayonida axborot texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan tadbirlar, treninglar, ilmiy munozaralar, davriy konferentsiyalarni muntazam tashkil etish ham oldimizda turgan asosiy masala sifatida qaralmoqda. Shundan kelib chiqib, "ta’lim tizimining barcha bosqichlarida qog‘oz shaklidagi materiallarni raqamlashtirish formatlaridan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash hamda xuddi shunday yondashuvga ko‘ra mavjud o‘quv jarayonini raqamlashtirish doirasini muttasil kengaytirib borish lozim"1. Ta’limni axborotlashtirish sharoitida foydalanishga asoslangan professional muloqot madaniyatini shakllantirish jarayonini uning barcha subyektlari talabalar, o‘qituvchilar, professional tarjimonlar hamjamiyati vakillari, jamoat tuzilmalari vakillari interaktiv o‘zaro ta’sirining maqsadli jarayoni sifatida tavsiflanishi mumkin, bu ularning makon va vaqtdagi joylashuviga bog‘liq emas va ma’lum bir didaktik tizimda amalga oshiriladi. Ta’limni axborotlashtirish sharoitida foydalanish asosida bo‘lajak tarjimonlarning kasbiy muloqot madaniyatini shakllantirish jarayoni talaba tarjimonlarning maqsadli va nazorat ostida intensiv mashg‘ulotlari va mustaqil ishlarini tashkil etish, shuningdek, ularning professional faoliyatining bilimlari, ko‘nikmalari va usullarini o‘zlashtirishga qaratilgan faol o‘quv va kognitiv faoliyatini tashkil etish va rag‘batlantirishni o‘z ichiga oladi. 20 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Professional muloqot madaniyatini shakllantirish jarayoni barcha zarur ishtirokchilarni o‘z ichiga oladi va o‘quv jarayonining barcha xususiyatlari bilan tavsiflanadi: - o‘qituvchi, talaba, o‘quv qurollari (boshqa vositalar bilan integratsiyalashgan telekommunikatsiyalar), - tegishli o‘qitish usullari va tashkiliy shakllari. Professional muloqot madaniyatini shakllantirish jarayonining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1) kasbiy muloqot madaniyatining maxsus ko‘nikmalarini (kommunikativ, axborot, dizayn va boshqalar); 2) professional ko‘nikmalarini rivojlantirish: a) moslashuvchan professional fikrlash, diqqat, idrok, xotira; b) fonemik eshitish, baland ovozda eshitish, taqlid qilish, farqlash, oldindan bilish qobiliyatini rivojlantirish, taxmin qilish mexanizmini rivojlantirish; 3) Turli sohalaridagi muammolarni hal qilish uchun zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish hisobiga fanlararo aloqalarni chuqurlashtirish; 4) dunyoning turli madaniyatlarini qiyosiy tahlil qilish asosida ijtimoiy- madaniy ufqlarni kengaytirish; 5) qadriyat yo‘nalishlarini o‘zlashtirish (vatanparvarlik, ma’naviyat, bag‘rikenglik, global tafakkurga ega tarjimon shaxsini tarbiyalash va boshqalar); 6) motivatsiyasini rivojlantirish; 7) tarjimon faoliyatiga xos bo‘lgan madaniyatlararo muloqotning tipik kommunikativ vaziyatlarida professional faoliyat tajribasini egallash.2 Metodologiya va metodlar. Tadqiqotning metodologik asosi pedagogik kommunikatsiya, muloqot madaniyati, axborot texnologiyalarining ta’limdagi roli kabi ilmiy-izlanishlarga asoslangan. Metod sifatida quyidagi
Доказательный фрагмент
«In the context of informatization of education, the development of a culture of communication of future specialists is aimed at using new methods and technologies of teaching.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn the context of informatization of education, the development of a culture of communication of future specialists is aimed at using new methods and technologies of teaching. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Informatization of education, culture of communication, future, interaktiv texnologiyalar, muloqot madaniyati, pedagogik metodlar, bo‘lajak mutaxassislar, zamonaviy ta’lim, axborot texnologiyalari., Ta’limni axborotlashtirish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025