К содержанию
РецензированоUZ2026

KANALLARDAGI SUVLARNING DEFORMATSIYASI DAVOMIYLIGI SABABLARINI KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA TAHLIL QILISH

TAHLIL QILISH · Fayzullayev Joxon Toshpo‘Lat o‘g‘li · Axmatov Samandar Nurilla o‘g‘li

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ochiq kanallarda suvlarning deformatsiyasi davomiyligini aniqlash va bu jarayonning sabablarini kompyuter texnologiyalari yordamida tahlil qilish masalalari yoritilgan. Gidravlik jarayonlarni o’rganib chiqib modellashtirish, monitoring va raqamli tahlil usullari orqali deformatsiya xususiyatlarini aniqlash va ularga ta’sir etuvchi omillar baholangan. Amaliy misollar va dasturiy vositalar yordamida suv oqimi o‘zgarishlarini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatlari o’rganib ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so'zlar. deformatsiya, suv oqimi, kompyuter modellashtirish, monitoring, kanal, gidravlika, tahlil. Aннотация: В статье рассматриваются вопросы определения продолжительности деформации воды в открытых руслах и анализа причин этого процесса с использованием компьютерных технологий. Характеристики деформации и факторы, влияющие на них, определялись путем моделирования, мониторинга и численного анализа гидравлических процессов. Демонстрируются возможности мониторинга изменений расхода воды в режиме реального времени с использованием практических примеров и программных средств. Ключевые слова: деформация, поток воды, компьютерное моделирование, мониторинг, канал, гидравлика, анализ. O‘lkamizdagi suv xo‘jaligi inshootlarining samaradorligi, ayniqsa ochiq kanallardagi suv oqimlarining barqarorligi, suv resurslaridan oqilona foydalanish va sug‘orish tizimlarining ishonchliligi bilan o’zaro bog‘liq. Kanallarda sodir bo‘ladigan deformatsiyalar - suv oqimining yo‘nalishi, tezligi va chuqurligidagi o‘zgarishlar - ko‘plab omillar natijasida yuzaga keladi. Bunday holatlarning davomiyligi va sabablari an’anaviy kuzatuv usullari orqali baholanishi qiyin kechadi. Hozirda zamonaviy kompyuter texnologiyalarining joriy etilishi bu jarayonlarni raqamlashtirish, vizualizatsiya qilish va tahlil qilish imkonini beradi. Ayniqsa, simulyatsiya (model yaratish), real vaqt monitoring tizimlari va 39 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ma’lumotlarni tahlil qilish algoritmlari orqali deformatsiyaga olib keluvchi omillarni aniq baholash mumkin. Deformatsiya davomiyligiga ta’sir etuvchi omillar  Kanal geometriyasi (nishablik, uzunlik, chuqurlik)  Suv miqdori va tezligi  Tub va qirg‘oq materiallari  Gidravlik to‘siqlar (to‘g‘onlar, damba, sug‘orish inshootlari)  Tabiiy omillar: yomg‘ir, shamol, suv osti oqimlari 1. Deformatsiya davomiyligi va sabablarini aniqlashdagi muammolar Kanallarda yuzaga keladigan deformatsiyalar ko‘pincha quyidagi sabablar bilan bog‘liq: Qattiq yog‘in yoki suv to‘planishi natijasida suv sathining keskin ko‘tarilishi. Kanalning noto‘g‘ri loyihalanishi yoki eroziyaga uchragan joylari. Suv bosimining uzoq davom etishi natijasida devorlarning yemirilishi. Tabiiy omillar: shamol, daryo oqimi yo‘nalishining o‘zgarishi. Mazkur omillar doimiy ravishda o‘zgarib turadi, shuning uchun ularni monitoring qilish va baholash doimiy e’tiborni talab qiladi. 2. Kompyuter texnologiyalari yordamida deformatsiyani tahlil qilish usullari 2.1. Gidravlik modellashtirish dasturlari Hozirda quyidagi dasturiy vositalar deformatsiya jarayonlarini o‘rganishda tahlil qilishda keng qo‘llaniladi: HEC-RAS (Hydrologic Engineering Center’s River Analysis System) ochiq kanallarda suv oqimini modellashtiradi, deformatsiya holatlarini simulyatsiya qiladi. AutoCAD Civil 3D - kanalning relyefi va geometrik shakllarini yaratish, aniqlik bilan tahlil qilish imkonini beradi. SWMM (Storm Water Management Model) - yomg‘ir suvining oqim tahlili va tizimdagi o‘zgarishlarni hisoblaydi. 2.2. Real vaqtli monitoring tizimlari IoT qurilmalar (suv sathi sensori, oqim tezligi o‘lchagichlar) orqali uzluksiz ma’lumot yig‘iladi. SCADA tizimlari – kanaldagi suv inshootlari holatini masofadan boshqarish va kuzatish imkonini beradi. GIS texnologiyalari yordamida suv kanallari xaritada tasvirlanadi va o‘zgarishlar aniqlanadi. 3. Deformatsiya davomiyligini bashorat qilish 40 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Sun’iy intellekt va mashinaviy o‘rganish algoritmlari yordamida deformatsiyaning qancha davom etishini oldindan bashorat qilish mumkin. Masalan: Regression analysis — deformatsiya sabablarini statistik asosda baholaydi. Neural networks — avvalgi kuzatuvlar asosida deformatsiya ehtimolini taxmin qiladi. Big Data analitikasi — katta hajmdagi sensorli ma’lumotlarni tahlil qilish orqali tendensiyalarni aniqlaydi. 4. Amaliy natijalar va takliflar Tajriba sifatida Qashqadaryo viloyatining ayrim sug‘orish tarmoqlarida suv sathi sensorlari o‘rnatilib, 6 oy davomida monitoring olib borilgan. Ushbu kuzatuvlar natijasida: Har qanday yog‘inlardan keyin 1,5–2 soat oralig‘ida deformatsiya boshlanishi aniqlangan.Uzluksiz suv bosimi 6 soatdan ortiq davom etsa, kanal tubida yoriqlar paydo bo‘lishi kuzatilgan.GIS xaritalar yordamida aynan ko‘proq deformatsiyaga uchraydigan hududlar aniq belgilangan. KANALLARDAGI SUVLARNING DEVORMATSIYASI DAVOMIYLIGI Shunday qilib, olib borilgan tahlillar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ochiq kanallarda suvlarning deformatsiyasi davomiyligini aniqlash va bu jarayonning sabablarini kompyuter texnologiyalari yordamida tahlil qilish masalalari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ochiq kanallarda suvlarning deformatsiyasi davomiyligini aniqlash va bu jarayonning sabablarini kompyuter texnologiyalari yordamida tahlil qilish masalalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
deformatsiya, suv oqimi, kompyuter modellashtirish, monitoring, tahlil., kanal, gidravlika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники