Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’QITUVCHI VA O’QUVCHI O’RTASIDAGI KOMMUNIKATIV MULOQOT SAMARADORLIGINI OSHIRISH
MULOQOT SAMARADORLIGINI OSHIRISH · Maxamattayirova Mehrigiyo Mirzohid qizi
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
This article discusses the importance and ways to enhance the effectiveness of communicative interaction between teachers and students. It highlights the role of communication in creating a positive educational environment, increasing student engagement, and improving the quality of education. Recommendations for using modern communication technologies and interactive methods to enhance communication efficiency are also provided. Kalit so‘zlar: Kommunikativ muloqot, o‘qituvchi, o‘quvchi, pedagogik jarayon, interaktiv usullar, ta’lim sifati, axborot texnologiyalari. Ключевые слова: Kоммуникативное общение, учитель, ученик, педагогический процесс, интерактивные методы, качество образования, информационные технологии. Keywords: Communicative interaction, teacher, student, pedagogical process, interactive methods, quality of education, information technologies. Insoniyat tarixida ta’lim-tarbiya eng muhim ijtimoiy institutlardan biri bo‘lib kelgan. Har bir davr o‘zining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlariga mos ravishda ta’lim tizimini takomillashtirishni, ayniqsa, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni yangi bosqichga olib chiqishni talab qilgan. Bugungi globallashuv jarayonida bilim olish faqat tayyor ma’lumotni o‘zlashtirish bilan emas, balki o‘z fikrini ifoda eta olish, tanqidiy fikrlash, 44 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference muloqotga kirishish kabi kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish orqali amalga oshmoqda. Shunday sharoitda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi kommunikativ muloqot ta’lim-tarbiya samaradorligining muhim omiliga aylanmoqda. Kompetensiyaviy yondashuv asosida qurilgan zamonaviy ta’lim jarayoni muloqotni biryoqlama bilim uzatish emas, balki ikki tomonlama, faol, interaktiv hamkorlikka asoslangan jarayon sifatida talqin qiladi. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi samarali muloqot o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini faollashtiradi, ular orasida sog‘lom psixologik muhitni shakllantiradi, shaxsiy yondashuvni yo‘lga qo‘yishga zamin yaratadi. Ayniqsa, o‘qituvchining o‘z fani bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi bilan birga, pedagogik-psixologik saviyasi, nutq madaniyati, empatiya kabi kommunikativ kompetensiyalari yuqori bo‘lishi ham ayni shu jihatdan muhimdir. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar ta’lim jarayoniga kirib kelar ekan, ularning asosiy vazifalaridan biri aynan muloqotni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat. Masalan, onlayn ta’lim platformalari, interaktiv dasturlar, virtual forumlar orqali o‘qituvchi-o‘quvchi muloqoti nafaqat dars vaqtida, balki undan tashqarida ham uzluksiz davom ettirilishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchining bilim olish jarayonida o‘zini mustaqil va erkin his etishiga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “ta’limda sifat, bilimda chuqurlik bo‘lmasa, biz kutilgan yutuqlarga erisha olmaymiz.” Sifatli ta’limning asosi esa – o‘qituvchining pedagogik mahoratida, o‘quvchi bilan yuzaga keladigan muloqotning mazmunli va samimiy bo‘lishidadir. Shu jihatdan, ushbu maqolada o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi kommunikativ muloqotning mazmuni, turlari, samaradorlikka ta’sir etuvchi omillar, shuningdek, zamonaviy usullar orqali uni rivojlantirish yo‘llari chuqur yoritiladi. Tadqiqotning dolzarbligi shundan iboratki, ta’lim jarayonida muloqotni samarali yo‘lga qo‘yish – o‘quvchilarda nafaqat bilim, balki shaxsiy fikr, muloqot ko‘nikmalari va ijtimoiy faollikni shakllantiradi. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyatda ijtimoiy faollik, fuqarolik pozitsiyasi va axloqiy qadriyatlarga ega bo‘lgan shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi kommunikativ muloqot bu ikki tomonlama axborot, fikr, his- tuyg‘u va tajriba almashinuvi orqali ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish vositasidir. Bu jarayon oddiygina savol-javob shaklida emas, balki shaxslararo o‘zaro hurmat, ishonch va faol ishtirok orqali yuzaga chiqadi. Ta’limda muloqotning to‘g‘ri tashkil etilishi o‘quvchining darsga qiziqishini orttiradi, uni faollashtiradi, o‘z fikrini bildirish, savollar berish va tanqidiy yondashuvni 45 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference rivojlantiradi. Bu jarayon orqali o‘quvchi nafaqat bilim oladi, balki muloqot madaniyatini, fikrlash uslubini, ijtimoiy ko‘nikmalarni ham egallaydi. O‘qituvchining kommunikativ kompetensiyasi — uning nutq madaniyati, intonatsiyasi, tana harakati, muomala uslubi, psixologik tayyorgarligi kabi jihatlar muloqot samaradorligida muhim o‘rin egallaydi. Shu bilan birga, o‘quvchining individualligini inobatga olgan holda unga yondashish, uning bilim darajasi, temperamenti, qiziqishi va ehtiyojlaridan kelib chiqib muloqot shaklini tanlash muhim hisoblanadi. Pedagogik muloqot og‘zaki, noverbal, yozma, hamda elektron shakllarda kechishi mumkin. Har bir shaklning o‘ziga xos imkoniyatlari mavjud: og‘zaki muloqot fikrlarni tezkor yetkazish va bahslashish imkonini bersa, noverbal muloqot yor
Доказательный фрагмент
«This article discusses the importance and ways to enhance the effectiveness of communicative interaction between teachers and students.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the importance and ways to enhance the effectiveness of communicative interaction between teachers and students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Communicative interaction, teacher, student, pedagogical, o‘qituvchi, o‘quvchi, ta’lim sifati, axborot texnologiyalari, pedagogik jarayon, interaktiv usullar, Kommunikativ muloqot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026