К содержанию
РецензированоEN2026

BOSHLANG'ICH SINFLARDA O'QUVCHILARNING LUG'ATINI BOYITISH OMILLARI

BOYITISH OMILLARI · Nisanbayeva Akmaral · Ungalova Zulfiya

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

This article discusses the importance of enriching the vocabulary of primary school students and ways to overcome shortcomings in enriching their vocabulary.This article discusses the importance of enriching the vocabulary of primary school students and ways to overcome shortcomings in enriching their vocabulary. Bugungi kunda boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ona tili va o'qish savodxonligi fani yuzasidan o'z oldiga qo'ygan vazifalaridan biri - bu erkin fikrlay oladigan va fikrini nutqi orqali to'liq, aniq, ravon va ifodali bayon qila oladigan o'quvchilarni yetishtirishdir. O'quvchilar nutqi rivojlanishi va nutqi orqali fikrini to'liq shaklda, til vositalaridan foydalangan holda bayon eta olishi uchun lug'at zaxirasi ham boyib borishi lozim. Biroq, o'quvchilar o'z lug'at zaxirasini boyitishi, ularga aniqlik kiritishi va nutqida doimiy qo'llay olishi uchun o'qituvchidan lug'at ustida ishlash talab etiladi. Metodikada ,,Lug'at ustida ishlash o'quvchining lug'at boyligini oshirishdangina iborat emas, o'quvchining diqqatini so'zning mazmuniga qaratish, so'zning semantikasini, ma'nosini aniqlashtirish, so'zning boshqa so'z bilan semantik bog'lanishini, aloqasini ochish, bog'lanishli nutqda har bir so'zning ma'nosiga ko'ra boshqa so'zlar bilan bog'lanishlariga erishishdir”1 deyiladi Bundan tashqari, Umumiy o'rta ta'limning Milliy o'quv dasturiga2 ko'ra, boshlang'ich sinf o'quvchilari ona tili va o'qish savodxonligi fanidan nutqiy kompetensiya ( og'zaki nutq, yozma nutq, anglash (o'qish va tushunish, tinglab tushunish)) va lingvistik kompetensiyalarni egallashi talab etiladi. 49 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Xususan, lingvistik kompetensiyani egallashda: - olinma so'zlar, atamalarning talaffuzi, imlosi va ma'nolarini bilish; - so'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlarini o'zaro farqlash va nutqda to'g'ri qo'llay olish; - lug'at va lug'at turlarini bilish, lug'atdan foydalanish qoidalariga rioya qilish kabi jihatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Shunga qaramasdan, amalda o'quvchilar lug'ati yetarli darajada boy emasligiga va zaxirasida bor so'zlarni ham nutqida o'rinli qo'llay olmayotganliklariga guvoh bo'lamiz. Bu esa o'z-o'zidan fikrini to'liq bayon qila olmasligiga sabab bo'ladi. O'quvchilarda kuzatilayotgan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun o'qituvchilarga sinf o'zlashtirish darajasi, ularning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, fan va mavzudan kelib chiqib lug'at ustida ishlashga doir turli xil mashq turlari va qiziqarli didaktik o'yinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Quyida boshlang'ich sinflardagi ona tili va o'qish savodxonligi darsliklarida berilgan o'quv materiallari asosida ma'nodosh va zid ma'noli so'zlar bilan o'quvchilar lug'atini boyitishga qaratilgan mashq turlari va didaktik o'yinlarni keltirib o'tamiz. 1.“Ma'nodoshini top” o‘yini. O'quvchilar qo‘llariga varoq tarqatiladi. “Ma’nodoshini top” sarlavhasi ostida ikki ustundan iborat so‘zlar qatori beriladi. O‘quvchilar chap ustundagi so‘zlarning ma’nodoshini o‘ng ustundagi so‘zlardan topib, strelkalar chizib belgilashi lozim. Buni har bir o‘quvchiga yoki kichik-kichik guruhlarga tarqatma shaklida berish maqsadga muvofiq. O‘quvchilar topshiriqni bajarib bo‘lishgach, javoblarini izohlab berishlari so‘raladi. Kim ko‘p so‘zning ma’nosini to‘g‘ri topgan bo‘lsa yoki qaysi guruh ko‘p so‘zning ma’nosini to‘g‘ri topgan bo‘lsa, o‘sha o‘quvchi yoki guruh g‘olib sanaladi. Bizga ma'lumki, 2-sinf ona tili va o'qish savodxonligi darsligida ( 2-qism 37-bet)3 berilgan ,,Yalqov va Qunduz " matn tarkibida, sifat turkumiga oid: yalqov, yengil, bardam, tetik, sog'lom, saxovatli, musaffo so'zlari va ot turkumiga oid: tabib, toqat, mador, istak, kasal, g'ubor, dangasalik, tanballik, quyosh, hayot kabi izohtalab so'zlar qatnashgan. Ushbu so'zlarning izohi tushuntirib berilgach, bu o'yinni tashkillashtirish mumkin. 2.Tushirib qoldirilgan ma'nodosh so'zlarni o'z o'rniga qo'yib, matni ko'chirish. 50 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Bunda o'quvchilarga matn, she'r, maqol yoki topishmoq matnining ayrim so'zlari tushirib qoldirilgan shaklda hamda foydalanish uchun tayanch so'zlar bilan birgalikda beriladi. O'quvchilar tushirib qoldirilgan so'zlarni tayanch so'zlarda berilgan ma'nodosh so'zlar qatoridan foydalanib matnni to'ldirib ko'chirishlari zarur. Mashqni bajarib bo'lishgach, nima uchun aynan shu so'zlar bilan to'ldirganliklari so'raladi. O'quvchilar izohlab berishlari lozim. O'qituvchi esa javoblarni umumlashtirib, ma'nodosh so'zlar orasidagi ma'no farqlarini tushuntirib, xulosalaydi. Masalan, 1-sinf ona tili va o'qish savodxonligi darsligida4 ( 2-qism 45-bet ) berilgan ,,Non olib keldim" she'ri o'quvchilarga tanishtirilgach, yuqoridagi mashqni bajartirish mumkin. Yolg’on emas, ... so'zim ... bir o'zim Ko'cha ... yurib, ... narsani ko'rib Qaytimni yo'qotmasdan Kuchukka tosh otmasdan Olib keldim ... non Uyga kelganda mehmon. Tayanch so'zlar: rost, qa

Доказательный фрагмент

«This article discusses the importance of enriching the vocabulary of primary school students and ways to overcome shortcomings in enriching their vocabulary.This article discusses the importance of enriching the vocab…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the importance of enriching the vocabulary of primary school students and ways to overcome shortcomings in enriching their vocabulary.This article discusses the importance of enriching the vocab… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rost, qaynoq, ancha, do'kondan, ko'p, chekkasidan, chin
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники