Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KASBIY PEDAGOGIK FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
PEDAGOGIK FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH · Chinaliyeva Ayjamal · Shamshiddinova Roza
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
Основное содержание данной статьи обогащено мнениями о применении личностно-ориентированного образования и целях его использования на основе теоретических и научно-практических данных по повышению профессиональной компетентности учителей начальных классов. Annotation: The main content of this article is enriched by reflections on the use of person-centered education and the goals of its use, based on the theoretical and scientific-practical data studied on the preparation of primary school teachers for innovative activities. Dunyo ta’lim tizimida o‘zining mavqeini tobora yuksaltirishni hamda jahondagi eng rivojlangan davlatlar safidan o‘rin olishni istagan har bir mamlakat eng avvalo, Xalq ta’limi sohasida faoliyat yurituvchi pedagoglarni qayta tayyorlash; ularning malakasini oshirish tizimi oldiga muayyan vazifalarni yuklaydi. Ushbu vazifalar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish bilan belgilanadi. Shu boisdan ham, dastavval, bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonlarida ularga ta’lim berishning va kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning eng zamonaviy va innovatsion ta’lim usullaridan foydalanish ahamiyati yuqori sanaluvchi muammodir. Zamonaviy pedagogika va psixologiyada kasbiy kompetensiyani rivojlantirish masalasi hamisha oldi o‘rinlarda bo‘lib kelgan. Va bugungi zamonaviy ta’lim sharoitlarida ham ushbu muammo dolzarb sanaladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, Xalq ta’limi sohasidagi asosiy fundamental bo‘g‘in sanaluvchi boshlang‘ich ta’limda markaziy o‘rinda turuvchi boshlang‘ich 53 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference sinf o‘qituvchilarini yetishtirishda ularda kasbiy kompetensiyani rivoj toptirish juda muhimdir. Xususan, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda turli ta’lim usullarida foydalanish yanada ahamiyatli. Masalan, bu jarayonda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limdan foydalanish ham manfaatli bo‘ladi. O‘qituvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligi ularning kasbiy faoliyatga doir bilimlar, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, o‘z-o‘zini rivojlantirish singari asosiy kasbiy faoliyat sohalarida aks etadi. Bu esa o‘z navbatida, o‘qituvchining o‘z fanini o‘qitishga doir bilimlarni mukammal bilishi va harakatga keltirishi, ta’lim jarayonini loyihalash, tashkil qilish va baholash uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni egallashi, shuningdek, o‘qitish va tarbiyalash jarayonini ta’lim sohasidagi innovatsion ilmiy yutuqlar, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida intensiv tashkil etish, uzluksiz va tizimli o‘z-o‘zini rivojlantirishni talab etadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy faoliyatiga tayyorligi, axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi va qaror qabul qilish, o‘quv vazifalarini belgilash, maktab o‘quvchilarining xususiyatlarini o‘rganish, diagnostika usullari va differensial vazifalarni qo‘llash qobiliyatini talab qiladi, kognitiv faoliyatni tashkil etishning faol shakllaridan foydalanishni talab qiladi. Bundan tashqari, o‘quvchilarning bilim faolligini rag‘batlantirish, o‘quv faoliyati natijalarini ob’yektiv baholash, sinfda psixologik qulay muhit yaratish, hamkasblarning pedagogik tajribasini o‘rganish va ulardan foydalanish, jumladan, boshqalar uchun ularga hissiy ta’sir qilish usullarini o‘zlashtirish muhimdir. Aynan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limdan foydalanishning ahamiyati haqida batafsil so‘z yuritishdan avval, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim nima ekanligini yodga olish mana shu nuqtada lozim deb topildi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim — ta’lim jarayonining asosiy ob’yekti o‘quvchi, talaba, tarbiyalanuvchi bo‘lib, uning shaxsi, qadr-qiymatini yuqori o‘ringa qo‘yadigan, asosiy e’tiborni intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashini boyitish, ma’naviy-axloqiy tafakkurini rivojlantirishga qaratadigan pedagogik faoliyat turi. Yuqorida berilgan qisqa nazariy ma’lumotga tayanib aytish mumkinki, bo‘lajak boshlang‘ich sing o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limdan foydalanish natijasida talabaning, ya’niki bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kelajakda o‘z 54 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference kasbiy faoliyatini yo‘lga qo‘yishda uchrashi mumkin bo‘lgan to‘siqlarga nisbatan erta tayyorlash yoki shu to‘siqlarni yenga olish kuchini uyg‘otish hamdir. Bundan tashqari bo’lajak boshlang;ich sinf o‘qituvchisida kasbiy faoliyatni boshlashda katta motivatsiya vazifasini ham o’taydi. Ma’lumki, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limnining bir necha turlari mavjud. Bu turlardan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy komptenesiyasini takomillashtirishda unumli va albatta, o‘rinli foydalana bilish maqsadga muvofiq sanaladi. Chunki shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim turlari o‘z mohiyatig
Доказательный фрагмент
«Основное содержание данной статьи обогащено мнениями о применении личностно-ориентированного образования и целях его использования на основе теоретических и научно-практических данных по повышению профессиональной ком…»
Образец извлечения
Демо-превьюОсновное содержание данной статьи обогащено мнениями о применении личностно-ориентированного образования и целях его использования на основе теоретических и научно-практических данных по повышению профессиональной ком… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- boshlang ich, lajak boshlang, shaxsga naltirilgan, ich sinf, kasbiy kompetensiyasini, qituvchilarining kasbiy, sinf qituvchilarining
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025