Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING CHET TIL TA’LIMIDAGI O‘RNI
TA’LIMIDAGI O‘RNI · Mamajonova Shoiraxon Murodjon qizi
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
This article discusses that in the methodology of teaching foreign languages, modern educational technologies should include the following aspects: collaborative learning, project-based methods (project technologies), student-centered learning, distance education, the use of language portfolios, as well as the effective use of computer and audiovisual technologies. These methods allow for the rapid and convenient exchange of documents, information retrieval, and storage of large volumes of data. In digital technologies, the key focus is on computers and software that ensure data processing and storage. Zamonaviy ta’lim tizimida rivojlanishning jadal sur’atlari, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini har bir ta’lim bosqichiga joriy etish orqali o‘zining aniq ko‘rinishini oladi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari 53 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference vositalari, dasturiy ta’minotdan tortib, apparatli texnik vositalar va qurilmalargacha, shuningdek, axborotni uzatish va almashish uchun mo‘ljallangan tizimlarni qamrab oladi. Bu vositalar, qurilmalar va tizimlar zamonaviy kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlarini izlab topish va ulardan samarali foydalanish orqali, ma’lumotlarni yig‘ish, ishlab chiqarish, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va uzatish kabi turli operatsiyalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ushbu jarayonlar ta’limni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalarning barcha sohalarga kirib kelishi so‘zsiz ta’limning yangi sifatini talab qiladi. Ta’limning asosiy vazifasi ta’lim oluvchilarni kun sayin to‘lib toshayotgan axborot - ta’lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsata olishga o‘rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash sharoitini yaratib berish zarur. Olimlarning tadqiqotlari, jumladan, N.S. Kramarenko, A.Y. Kvashin, S.D. Karakozova, A.Y. Uvarova, O.B. Akimova resurslarning cheklanganligi va ta’lim xodimlarining raqamli savodxonligi yetarli yemasligi sababli raqamli transformatsiya ta’lim tashkilotlariga kech va notekis ta’sir ko‘rsatishini hamda so‘nggi o‘n yilliklarda amalga oshirilgan ta’lim islohotlari juda qiyin bo‘lganligini ko‘rsatdi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, o‘quv jarayoni ishtirokchilari uchun raqamli texnologiyalarning mavjudligi o‘quv ishlari samaradorligini oshirish uchun zarur, ammo yetarli bo‘lmagan shartdir. Raqamli transformatsiya tufayli zamonaviy sharoitda oliy ta’lim tizimining rivojlanishi o‘quv jarayonini qurishga, shu jumladan ilg‘or o‘quv texnologiyalaridan foydalangan holda zamonaviy elektron axborot-ta’lim muhitini yaratishga, ta’limni boshqarish strategiyasini amalga oshirishga va individual xususiyatlarga asoslangan o‘quv materiallarini moslashtirishga yangi talablarni qo‘yadi. Elektron ta’limni jadal joriy etish va raqamli ta’lim muhitini rivojlantirish sharoitida ta’lim formatlari o‘zgarib bormoqda, ta’lim paradigmasi oflayn va onlayn ta’limni birlashtirish sharoitida amalga oshiriladigan gibrid o‘quv jarayoniga o‘tmoqda. Ma’lumki, leksikani o‘rganish ancha murakkab jarayondir. Talabalar faqatgina ko‘p sonli yangi so‘zlarni yodlab qolish bilan cheklanib qolmay, balki ularni bir necha bor turli kontekstlarda uchratishi va amalda qo‘llay olishi ham zarur. Bundan tashqari, faqat alohida so‘zlarni emas, balki ularning turli birikmalarini ham o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Ko‘pgina til kurslarida barcha zarur leksik birliklarni qamrab olish uchun vaqt yetishmaydi, shuning 54 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference uchun talabalarning bir qismi auditoriyadan tashqari mustaqil ravishda o‘zlashtirilishi kerak. Axborot texnologiyalari talabalarga so‘zlarni osonroq o‘lashtirishga yordam bera oladi, chunki tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, agar so‘zlar qiziqarli shaklda taqdim etilsa va talabalarning hissiyotiga ta’sir qilsa, ularni yaxshiroq eslab qolishi mumkin. Shunday qilib, texnologiyalar talabaga leksik zahirani dars jarayoniga joriy etishning turli, ba’zan esa qiziqarli va kreativ usullarini topishda yordam beradi. Hozirgi kunda texnologiyalar inson hayotining ajralmas qismiga aylanib, ular nafaqat grammatika bo‘yicha bilimlarni tekshirish, balki turli matnlarni yozishda yordamchi vosita sifatida ham qo‘llanilmoqda. Masalan, avtomatik tarjima qiladigan veb-saytlar, matn tahrirlash dasturlariga o‘rnatilgan imlo va grammatik nazorat funsiyalari, Google’da natijalarni taqqoslash imkoniyati beruvchi Googlefight kabi platformalar shular jumlasidandir. Bunday texnologiyalar nafaqat til o‘rganish jarayonida, balki kundalik hayotda ham foydalidir. Ular yordamida inson o‘z xatolarini tuzatib, nutqini ravon va aniq shaklda bayon eta oladi. Rus olimasi N.K.Ryabseva so‘zlariga ko‘ra, “...kompyuter texnologiyalarining qo‘llanilishi ta’lim jarayoniga yangilik olib kiradi, til o‘rganish jarayonini qiziqarli va g‘ayrioddiy qiladi, zamonaviy tendensiyalarga mos keladi hamda o‘quvchi
Доказательный фрагмент
«This article discusses that in the methodology of teaching foreign languages, modern educational technologies should include the following aspects: collaborative learning, project-based methods (project technologies),…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses that in the methodology of teaching foreign languages, modern educational technologies should include the following aspects: collaborative learning, project-based methods (project technologies),… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- axborot kommunikatsiya, joriy etish, academic modern, modern science, science international, international scientific-online, scientific-online conference
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025