Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ TILINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY AKT DAN FOYDALANISHNING O’ZIGA XOS YO‘LLARI
Maxmudov Burxonjon Mamirovich · Umarov Jasurbek Jahongir o'g'li
Академические исследования в современной науке · 8-9 · 2026
Аннотация
В статье изложены соображения относительно особенностей использования компьютерных технологий в преподавании английского языка. Основное внимание уделяется теоретическому и практическому использованию информационных технологий и преимуществам данного подхода к изучению английского языка в самостоятельной работе студентов. Ключевые слова: иностранный язык, английский язык, информационные технологии, самостоятельная работа, ИКТ, язык Annotation: This article presents considerations on the features of using computer technologies in teaching English. The main focus is on the theoretical and practical use of information technologies and the advantages of this approach for learning English in students' independent work. Keywords: foreign language, English, information technologies, independent work, ICT, language Biz XXI asrni axborot va kommunikatsiya texnologiyalari asri deb nomladik. Bu bejizga emas, albatta.Chunki biz bu asrda jamiyatning barcha sohalariga nazar tashlaydigan bo’lsak, yangidan-yangi texnologiyalar, yangidan-yangi vositalar, texnikalar yordamida barcha ishlar sifatli va samaradorli, tez va oson amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda zamonaviy kompyuter kommunikatsiya texnologiyalari, nafaqat, ishlab chiqarish, sanoat, qurilish, kosmosni tadqiq qilish va hokazo sohalarda, balki ilmiy, o’quv jarayonlarida ham keng tatbiq qilib kelinmoqda. Hozirgi kunda ta’lim tizimiga masofaviy ta’lim, Internet, Intranet tizimlari atamalari kirib keldi. Hozirgi kunda o’qituvchilar o’quvchilarga ta’lim 127 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference berishda, ularni o’qitishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib kelmoqda. Internet – bu jahon kompyuter tarmoqlari majmui bo’lib, zaruriy ma’lumotlarni qidirishda, turli xil axborot manbalaridagi ma’lumotlardan foydalanish imkonini berishda uning tutgan roli beqiyosdir. Chet tilini bilish uchun internet tizimida ko‘plab electron o‘quv dasturlari mavjud bo’lib, chet tilini o‘qitish jarayonida elektron pochta orqali turli saytlarga a’zo bo’lish orqalitegishli ma’lumotlardan foydalanish ham juda keng tarqalgan. Multimedia texnologiyalari chet tilidagi nutqni tinglashga imkon beradi, bu, shuningdek, so‘zlarni so‘zlarga ajratish va so‘zlarning talaffuzi va imlosini taqqoslash imkonini beradi. Shuningdek, talabaning aytilgan so‘zini yoki iborasinikeyingi nazorat va tuzatish uchun yozib olish mumkin. Multimedia texnologiyalari yordamida tovush kartalari foydalanuvchilarga o‘z nutqlarini yozib olish va keyin uni so‘zlashuvchilarning talaffuzlari bilan solishtirish imkonini beradi. Kompyuterlarning grafik qobiliyatlari rasm yoki animatsiya ko‘rinishidagi har qanday faoliyat turini ifodalashi mumkin. Bu yangi so‘z boyligini o‘rganishda ayniqsa muhimdir. Grammatika darslarida AKTdan foydalanish har qanday mavzuni o‘rganishda juda foydali. To‘g‘ri joylashtirilgan material, muvaffaqiyatli ishlatilgan ranglar dizayni, jadval va jadvallarni qo‘llash o‘qituvchilarga o‘z darslarini yanada qiziqarli va rang-barang tarzda o‘tkazishga yordam beradi. Bundan tashqari, AKT yordamida o‘rganilgan grammatik ko‘nikmalar darajasini boshqarish yanada qiziqarli bo‘lishi mumkin. Biz shunday globallashuv jarayonlarida yashayapmizki, bu jarayonda ingliz tilining tutgan o’rni va ahamiyati kattadir. Ingliz tili Buyuk Britaniya, Kanada, Amerika Qo’shma Shtatlari, Yangi Zelandiya kabi davlatlarning ona tili bo’libgina qolmay, balki dunyoning bir qator rivojlangan davlatlarida ikkinchi til va chet tili sifatida foydalanilmoqda. Shuning uchun ham hozirgi kunda ko’pchilik tomonidan ingliz tili olamshumul, global, jahon tili deb tan olinmoqda. Shuningdek, ingliz tili o’qib-o’rganishda, biznesda va o’zaro hamkorlik maqsadlarida va boshqa bir qator sohalarda haqiqiy manba bo’lib xizmat qilyapti. Hozirgi kunda ingliz tilining O’zbekistonda egallagan o’rni, ahamiyati va maqomi juda ham yuqori darajada deb ayta olaman. Chunki hozirgi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari asrida bu tilni o’rganish zamon talabidir. O’zbekistonning ta’lim muassasalarida chet tillarini o’qitishga katta e’tibor berilmoqda. Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatishni ommalashtirishni yangi 128 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference bosqichga olib chiqish va sohani rivojlantirish uchun tizimli ishlarni tashkil etish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni har tomonlamabarkamol qilib tarbiyalash, buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida bir qancha qarorlar qabul qilindi. Xususan, Prezidentimiz chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida 2021-yildan chet tili o‘qituvchilariga milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi qo’yilishi haqida ta`kidlangandi. Bu esa biz chet tili o`qituvchilarining yelkasiga ulkan mas`uliyatni yuklaydi. Endi an’anaviy dars metodlari o`rniga yangi AKTdan foydalangan holda interfaol, interaktiv usullar a
Доказательный фрагмент
«В статье изложены соображения относительно особенностей использования компьютерных технологий в преподавании английского языка.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье изложены соображения относительно особенностей использования компьютерных технологий в преподавании английского языка. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- foreign language, English, information technologies, til., mustaqil ish, AKT, chet tili, ingliz tili, axborot texnologiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026